Оg’ir suyuqliklаrdа bоyitish uchun qo’llаnilаdigаn sеpаrаtоrlаr
3. Markazdan qochma saralagichlarning tuzilishi va ishlash usullari.
Og’ir muhitlarda boyitish mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishiga asoslangan. Agar boyitilayotgan mahsulotni zichligi ajraladigan minerallar zichligining orasidagi muhitga (suyuqlikka) solinsa, zichligi muhitning zichligidan kichik minerallar suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi, zichligi muhitning zichligidan katta minerallar pastga cho’kadi.
Og’ir muhit sifаtidа ishlаtilаdigаn moddаlаr.Og’ir muhit sifatida organik suyuqliklar, tuzlarning eritmalari va suspenziyalar ishlatiladi.
Organik og’ir suyuqliklar (trixloretan, zichligi 1460 kg/m3, dibrometan, zichligi 2810 kg/m3, va tuzlarning eritmalari zaharliligi, narxining balandligi, boyitish mahsulotlari bilan ko’p miqdorda yo’qolishi va regeneratsiyasiga sarf xarajatning yuqoriligi tufayli sanoat miqyosida deyarli qo’llanilmaydi. Ular asosan laboratoriya tajribalari uchun ishlatiladi. Amalda og’ir suspenziyalarda boyitish keng qo’llaniladi.
Suspenziyalаr hаqidа mа’lumot.Suspenziyaning strukturаsi. Suspenziya yuqori zichlikdagi mayin zarrachalarning suv bilan mexanik aralashmasidir. Suvdagi muallaq zarrachalar og’irlashtirgich yoki suspenzoid deyiladi [1].
Og’irlashtirgich sifatida pirit, pirrotin, barit, magnetit, galenit kabi minerallar yoki temirning kremniy bilan qotishmasi ferrosilitsiy ishlatiladi. Ularning orasidagi ko’proq ishlatiladigani ferosilitsiy, magnetit va galenitdir. Suspenzoid 0,15 mm yiriklikda yanchiladi.
5200 kg/m3 zichlikka ega magnetitdan 2600 kg/m3 gacha zichlikka ega bo’lgan suspenziya tayyorlash mumkin. Agar suspenziya tayyorlash uchun yanchilgan ferrosilitsiy (zichligi 6900 kg/m3) ishlatiladigan bo’lsa, suspenziyaning zichligi 3200 kg/m3 ga yetishi mumkin; agar granulalangan ferrosilitsiy ishlatilsa, suspenziyaning zichligi 3800 kg/m3 gacha yetadi.
Suspenziyaning eng asosiy xossalari uning zichligi, qovushqoqligi va barqarorligidir.
Suspenziyaning zichligi (kg/m3) unda mineral zarracha aralashmalarining ajralish imkoniyatlarini belgilaydi va quyidagi formuladan hisoblanadi:
s = + (- ) s /
bu yerda, - suyuq fazaning zichligi, kg/m3 - og’irlashtirgichning zichligi, kg/m3 s - 1 m3 suspenziyadagi og’irlashtirgichning miqdori, kg.
Suv uchun:
s = 1000 + ( - 1000) s/
Bundan
s = (s - 1000) / ( - 1000)
Rudani og’ir suyuqliklarda samarali boyitish uchun suspenziyaning qovushqoqligi kichik bo’lishi kerak. Shuning uchun suspenziyada katta miqdorda shlamlarning yig’ilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Buning uchun dumaloq shakldagi zarrachali og’irlashtirgichning og’irlik ulushi 80 % ni tashkil qilishi mumkin bo’lgan holda, hajmiy ulushi 25 % dan oshmasligi kerak.
Suspenziyaning barqarorligi og’irlashtirgich konsentratsiyasining turli balandlikdagi qatlamlarda doimiylik darajasi bilan xarakterlanadi.
Mayin zarrachali suspenziyalar yuqori qovushqoqlikka ega bo’lsa ham barqarordir.
Boyitish amaliyotida suspenziyani barqarorlashtirish uchun turli usullar qo’llaniladi: yuqoriga ko’tariluvchi suyuqlik oqimini hosil qilish, mexanik aralashtirish, gorizontal aralashtirish tezligini oshirish, suspenziyaga loy (bentonit) qo’shish va h.k.
Suspenziyada mayin shlam va loyning miqdori qancha ko’p bo’lsa, suspenziya shuncha barqaror bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda uning qovushqoqligi ham ortadi, bu esa mayda zarrachali mahsulotning ajralishini keskin yomonlashtiradi.
Og’ir suspenziyalarda 3÷300 mm yiriklikdagi rudani boyitish mumkin. Agar boyituvchi uskuna sifatida gidrosiklon ishlatilsa, rudaning yirikligini 0,5 mm gacha pasaytirish mumkin [1].
Rudani og’ir suspenziyada boyitishning eng tipik sxemasi quyidagi sxema hisoblanadi. Maydalangan ruda mayin tuyulgan zarracha va shlamlarni ajratib olish uchun elakka tushadi. Og’ir suspenziyada boyitish uchun elak usti mahsuloti tushadi va suspenziyada bu mahsulot yengil va og’ir fraksiyalarga ajraladi. Keyin ikkala fraksiya ham ruda bo’laklaridan og’irlashtirgichni yuvib tushirish uchun elaklarga beriladi. Yuvib tushirilgan og’irlashtirgichning xossalari qayta tiklanib (regeneratsiya), yana suspenziya tayyorlashga jo’natiladi.
Og’irlashtirgichning xossalariga qarab, qayta tiklashning turli usullari qo’llaniladi. Masalan, ferrosilitsiy yoki magnetitni qaytib tiklash uchun magnit separatsiyasi, galenitni qayta tiklash uchun esa flotatsiya usuli muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda.