Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
Gidrоstаtik vа gidrоdinаmik jаrаyonlаr dеb nimаgа аytilаdi?
Cho’ktirish usulidа bоyitishning mоhiyati nimаdаn ibоrаt?
Sеgrigаtsiya dеb nimаgа аytilаdi?
Cho’ktirish mаshinаlаrining qаysi turlаrini bilаsiz?
Cho’ktirish mаshinаlаrining аsоsiy pаrаmеtrlаri nimаdаn ibоrаt?
10-Ma’ruza
Mavzu: Qiya tеkislik bo’ylаb oqayotgаn suv оqimida boyitish usullari
Reja:
Konsentrаtsion stoldа boyitishning mohiyati
Konsentratsion stollarning asosiy parametrlari va ishlash tartibi
Shlyuzlarda boyitish.
Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi
Konsentrаtsion stoldа boyitishning mohiyati
Konsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda boyitishning eng ko’p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng qo’llaniladi.
Konsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va o’lchamidagi farqga qarab qiya tekislik bo’ylab harakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Konsentratsion stolda samarali boyitishning eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali sinflarga ajratishdir [1].
Konsentrаtsion stolning tuzilishi vа ishlаsh tаrtibi. SKM - 1 A turdagi konsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat - bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramm shaklida ham bo’lishi mumkin. Deka yog’ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va h.k. material bilan qoplanadi. Ular shuningdek, shishaplastdan ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun to’siqlar o’rnatiladi. Bu to’siqlar yog’och yoki rezinadan tayyorlanadi. To’siqlarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi.
Konsentratsion stol unga ko’ndalang o’qi bo’ylab yoki romb va parallelogrammning diogonali bo’ylab qaytarma-ilgarilama yo’nalishda harakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi [1].
Maxovik orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo’nalishiga perpendikulyar ravishda uncha katta bo’lmagan qiyalik berilishi mumkin.
Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagli-ekstsentrik mexanizmdan iborat bo’lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi.
Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning tirgak va tayanchi orasida o’rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (peredniy xod) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish darajasi gayka bilan boshqariladi.
Stol ishlayotgan paytda deka notekis harakatlanadi. Deka oldinga harakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga yetadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi [1].
Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa sekin 0 gacha kamayadi.
Dastlabki mahsulot bo’tana holida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi.
Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir bo’ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo’ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilama-qaytarma harakati natijasida sodir bo’luvchi stol bo’ylab harakat qiluvchi inersiya kuchi.
Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma harakati natijasida ruda aralashmasi deka bo’ylab harakatlanadi. Bunda turli zarrachalarning harakatlanish tezligi bir xil emas: katta inersiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo’ylab harakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga harakatlanish tezligiga nisbatan katta bo’ladi.
Biroq, kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida joylashgan bo’ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning ko’ndalang yuzasi bo’ylab zichligi katta zarrachalarga nisbatan tezroq harakatlanadi.
10.1 -rasm. Konsentratsion stol SKM-1A
1-rama; 2-deka; 3-yurituvchi mexanizm; 4-qisqa ariqcha (dastlabki mahsulot uchun); 5-uzun ariqcha (yuvuvchi suv uchun).
To’siqchalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab qolish va ularni suv bilan tez yuvilib ketishiga qarshilik qilishdir. Chunki suvning yuvish kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. To’siqchalar orasida mineral zarrachalar aralashmasining qatlamlanishi sodir bo’ladi: pastki qatlamda mayda og’ir zarrachalar, keyin yirik og’ir zarrachalar, mayda yengil va oxirida-yirik yengil zarrachalar joylashadi.
Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik yengil zarrachalar yuviladi. Undan keyin oqim bilan to’siqlar orasidan mayda yengil zarrachalar yuvilishni boshlaydi.
Turli xil zichlikka ega bo’lgan minerallarning ajralish sxemasini tuzish uchun T - og’ir mineral zarrachasi, uning inersiya kuchi ta’siridagi harakatlanish tezligi V1, suvning yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning ko’ndalang kesimi bo’ylab harakatlanish tezligi V2. Yengil mineral zarrachasi L uchun bu tezliklar U1 va U2. Yuqorida bayon qilinganidek yengil va og’ir minerallar harakat tezliklaridagi nisbat.
V1 > V2 ; U1 < U2
Og’ir mineral zarrachasi TA, yengil mineral zarrachasi esa LV yo’nalishda harakatlanadi.
10.2–rasm. Mineral zarrachalarning zichligidagi farqqa qarab stol yuzasida harakatlanish sxemasi
Shunday qilib, og’ir va yengil mineral zarrachalari stoldan turli xil nuqtalarda tushadi va bu ularni alohida mahsulotlarga ajratish imkonini beradi. Yonbosh tarafda og’ir minerallar boyitmaga ajraladi, stolning ostki qismining uzatmaga yaqin qismida yengil minerallar chiqindiga ajraladi. Oraliq maydonda (zonada) esa oraliq zichlikka ega minerallar hamda ajralishga ulgurmagan minerallar oraliq mahsulotni tashkil qiladi.
Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan, ularning o’rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruktsiyasi, dekaning tebranish chastotasi va amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi konsentratsion stollar ishlatiladi.
Sanoatda SKP stol (stol konsentratsionniy podvesnoy) - SKP-15, SKP-22, SKP-30 (sonlar dekaning umumiy yuzasi, m2); SKO-(stol konsentratsionniy oporniy); SKO-15; SKO-22; SKO-30 va h.k. markali stollar chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |