Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi
Shlyuzlarning asosiy texnologik parametrlari: qattiq zarrachalarning bo’tanadagi miqdori (zichligi), oqimining chuqurligi, shlyuzning qiyalik burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga qarab tanlanadi.
Bu parametrlar ishlab chiqarish unumdorligi, ajralish va boyitmaning sifati kabi boyitish ko’rsatkichlarni belgilaydi.
Chuqur to’ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40-50 mm li taxta (doska) dan to’g’riburchakli kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyuzlarning uzunligi 15-18 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan - 0,9 m gacha bo’ladi. Shlyuzning qiyalik burchagi 2-3o. Shlyuz tubiga trafaret to’shaladi. Ko’pincha, trafaretlar orasida cho’kuvchi mayda og’ir minerallarni ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo’ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi.
Mayda zarrachali mahsulotni boyitish uchun sayoz to’ldiruvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kiygiz, dag’al tukli movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar to’shaladi [5].
10.3-jadval. Avtomatik shlyuzlarning texnik xaraktristikasi
Parametrlar
|
3ShA-1М
|
34-KTS
|
346-KTS
|
Yuzaning o’lchami, mm:
uzunligi, kengligi
|
1800х900
|
1800х1800
|
1800х1800
|
Yuzaning umumiy maydoni, m2
|
8
|
16
|
16
|
Yuzalar soni
|
5
|
5
|
5
|
Boyituvchi mahsulotlarni yirikligi, mm
|
|
0,3 gача
|
|
Elektrodvigatel quvvati,kvt
|
1,7
|
1,7
|
0,4
|
Gabarit o`lchamlri, mm:
uzunligi
kengligi
balandligi
|
1650
1345
3320
|
2840
2250
3320
|
2810
2205
3540
|
Оg’irligi, t
|
2,5
|
2,28
|
1,41
|
Shlyuzlarning solishtirma ishlab chiqarish quvvati mahsulotning yirikligi, boyitmaning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m2 sutkani tashkil qiladi.
Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suv keng chegarada o’zgaradi. Mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta bo’lganda sarflanadigan suv miqdori har 1 m3 ruda uchun 3-10 m3, 200-300 mm yiriklikdagi rudani boyitishda suv sarfi keskin oshib, 1 m3 ruda uchun 100 m3 gacha suv sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |