Cho'ktirish mashinalarining asosiy parametrlari va ishlash tartibi Cho'ktirish samaradorligi cho'ktirish mashinalarining konstruktsion xususiyatlari va bir qator texnologik va gidrodinamik parametrlarga bog`liq.
Cho'ktirish mashinalarining asosiy parametrlari: solishtirma ishlab chiqarish quvvati; porshen yoki diafragmaning tebranish chastotasi yoki yurishi; o'rindiqning turi, panjara osti suvining sarfi.
Cho'ktirish mashinalarining solishtirma ishlab chiqarish quvvati turli turdagi foydali qazilmalarni boyitishda keng chegarada o'zgarib turadi. Masalan: ko'mirni boyitishda 5 dan 30 t/m2 soat gacha bo'lsa (mahsulot o'lchamiga qarab), temirli va marganesli rudalarni boyitish 5 dan 15 t/m2soat gacha, oltin va volframli rudalarni boyitish 5 dan 20 t/m2 soat ni tashkil qiladi. Mahsulotning yirikligidan tashqari cho'ktirish mashinasining optimal solishtirma ishlab chiqarish quvvatini tanlashga boyitilayotgan mahsulotning zichligi va fraksion tarkibi, cho'ktirish mashinasining konstruktsion xususiyati va shuningdek cho'ktirish mahsulotlari sifatiga qo’yiladigan talablar ta'sir qiladi.
Solishtirma quvvati optimaldan chiqib ketsa, cho'ktirish samaradorligi pasayadi. Solishtirma ishlab chiqarish quvvati juda katta bo'lsa, boyitilayotgan mahsulotning mashinada bo'lish vaqti kamayib, mahsulot yetarli darajada qatlamlanishga ulgurmaydi va uning sifati yomonlashadi.
Xuddi shuningdek, solishtirma ishlab chiqarish quvvati kamayib ketsa, qatlamlangan mahsulot aralashib ketadi va bunda ham mahsulotning sifati yomonlashadi.
Cho'ktirish mashinalarining quvvati panjaraning 1m kengligi yoki 1m2 yuzasiga to’g`ri keladigan solishtirma ishlab chiqarish normasiga asosan aniqlanadi.
Cho'ktirish mashinalarining ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin:
t/soat.
bu yerda, H–mаshinа kаmеrаsidаgi mаhsulоt qаtlаmining bаlаndligi, m.
B–cho`ktirish kаmеrаsining kеngligi, m.
v–mаhsulоtni kаmеrаdа o`rtаchа bo`ylаmа hаrаkаtlаnish tеzligi, m/sеk.
-mаhsulоtning zichligi, kg/m3.
-mаhsulоtning g’оvаklаnish dаrаjаsi, =0,5.
Cho'ktirish vaqtida suv oqimining tebranishlari amplitudasi va chastotasi mahsulotni zichligiga qarab qavatlanishi uchun g’ovaklanishi va muallaq, holga o'tishini muvaffaqiyatli ta'minlay olishi kerak.
Diafragma yoki porshenning yurishi (ruda zarrachalari tebrana boshlashi uchun) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
60/(2n)=h/cn h = 30 ct/n
bu yerda, n - diafragma yoki porshenning tebranishlar chastotasi; min -1 ст - zarrachaning siqilib tushish oxirgi tezligi, m/s.
Cho'ktirish uchun yaxshi shart-sharoit suv oqimining uncha katta bo'lmagan chastotasi va kattaroq, amplitudasida yaratiladi, chunki bu holda mahsulot muallaq holda uzoqroq turadi va uning tezroq qatlamlanishi sodir bo'ladi.
Tebranishlar chastotasi kamayib ketsa cho'ktirish beqaror bo'lib qoladi va uning borishini yaxshilab kuzatish kerak bo'ladi.
Minimal tebranishlar chastotasi quyidagi tenglamadan topiladi;
n > 27,3 ст /h
Amalda ruda zarrachalarini cho'ktirish usulida boyitishda tebranishlar chastotasi zarracha yirikligiga qarab 50 dan 300 min-1 gacha bo'ladi.
Cho'ktirish mashinasidagi panjara tagligining turi ham cho'ktirish jarayoniga ta'sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Agar taglikning balandligi yetarli bo'lmasa, bu uning ba'zi joylarida yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimining uzilib, qatlamlangan mahsulotning aralashib ketishiga olib keladi va aksincha, taglik juda qalin bo'lsa mahsulot yetarli darajada g’ovaklanmaydi va cho'ktirish buziladi.
Mayda mahsulotni boyitishda sun'iy taglik ishlatiladi. Sun'iy taglik zarrachalarining o'lchami panjara teshiklari o'lchamidan 3÷4 marta katta bo'lishi kerak.
Magnetit, ferrosilitsiy, sulfidlar va po'lat, cho'yan zoldirlar klassifikatsiyalanmagan yoki mayda rudani cho'ktirishda ishlatiladi. Chunki mayda teshikli to'rlar tez ishdan chiqadi va teshiklari yopilib qoladi. Sun'iy taglik yirik teshikli to’r ishlatishga imkon beradi.
Yirik mahsulotni cho'ktirishda tabiiy taglik balandligi
h=(5-10)d max tenglama bilan aniqlanadi,
bu yerda, d max - cho'ktirishga tushayotgan mahsulot tarkibidagi eng katta bo'lakning o'lchami.
Sun'iy tagliklarning qalinligi esa panjara osti mahsulotining chiqishiga qarab qabul qilinadi. Sun'iy taglikning balandligi qancha katta bo'lsa, uning o'tkazish qobiliyati shuncha kam bo'ladi va aksincha, qancha kam bo'lsa, shuncha ko'p mahsulot o'tkazadi. Shuning uchun boy rudalarni cho'ktirishda sun'iy taglik qalinligi kambag’al rudalarni cho'ktirishdagidan kam bo'lishi kerak. Sun'iy taglik ustidagi mahsulotning balandligi boyitilayotgan ruda tarkibidagi eng katta zarra o'lchamidan 20 marta ortiq bo'lishi kerak.
Cho'ktirish jarayonida suv sarfiga alohida ahamiyat berish kerak. Suv cho'ktirish mashinasiga ruda bilan va qo'shimcha tarzda panjara ostiga beriladi. Panjara osti suvi cho'ktirish mashinasini boshqarishda muhim omil hisoblanadi [1]. Panjara ostiga suv yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimi tezligini oshirish va pastga harakatlanadigan suv oqimi tezligini pasaytirish uchun beriladi. Bu bilan yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimi yordamida taglikni optimal g’ovaklantirishga va pastga harakatlantiruvchi suv oqimi yordamida uni samarali qatlamlanishiga sharoit yaratib beriladi. Pastga harakatlanuvchi suv oqimi tezligining kamayishi yengil zarrachalarning taglikning yuqori qavatidan pastga surilishini ham kamaytiradi.
Panjara osti suvining sarfi dastlabki mahsulotning xossasiga bog’liq bo'lib, o'rtacha har tonna ruda uchun 2,5 m3 ni tashkil etadi.
Cho'ktirish mashinasining meyorda ishlashini ta'minlovchi muhim shartlardan yana biri boyitilayotgan mahsulotni mashinaga sekin va bir tekis berish hisoblanadi.