1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


Konsentratsion stollarning asosiy parametrlari va ishlash tartibi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə30/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Konsentratsion stollarning asosiy parametrlari va ishlash tartibi
Konsentratsion stollar ishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
1. To’siqchalarning balandligi;
2. To’siqchalar orasidagi masofa;
3. Dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasi;
4. Dekaning bo’ylama va ko’ndalang qiyalik burchagi;
5. Berilayotgan suv tartibi;
6. Stolning solishtirma ishlab chiqarish quvvati.
To’siqchalarning joylashishi, balandligi va ular orasidagi masofa birinchi navbatda boyitilayotgan mahsulotning xususiyatiga, shuningdek dekaning qiyaligiga, suv sarfi va tezligiga, stolning ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq.
To’siqlar balandligi va ular orasidagi masofa - boyitilayotgan rudaning yirikligiga bog’liq. Odatda rudani boyitishda to’siqlarning balandligi 4-15 mm, ular orasidagi masofa esa 20-45 mm ni tashkil qiladi. Mahsulot yirikligi ortgan sari bu parametrlar ham ortadi.
Mahsulotning stol yuzasida qatlamlanish samaradorligi dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasiga bog’liq bo’lib, u ham o’z navbatida boyitilayotgan mahsulot zichligi va yirikligiga bog’liq.
Yirik zarrachali mahsulotni boyitishda mahsulot katta qalinlikda joylashadi, bu holda to’siqlar orasida kattaroq yuqoriga ko’tariluvchi suv oqimi hosil bo’ladi va dekaning qadam uzunligi kattaroq bo’lishi talab qilinadi. Dekaning tebranishlar chastotasi esa bunda uncha katta bo’lmaydigan qilib tanlanadi. Mayda zarrachali mahsulotni boyitishda esa tebranishlar amplitudasi kichik, chastotasi esa katta qilib tanlanadi.
Masalan, yirikligi 3 mm bo’lgan mahsulotni boyitish uchun tebranishlar chastotasi 200 min-1, amplitudasi esa 24 mm, yirikligi < 0,5 mm bo’lgan mahsulot uchun esa tebranishlar chastotasi 300-350 min-1 ga ko’tarilib, amplitudasi esa 12-14 mm gacha kamaytirilishi kerak.
Stol yuzasining ko’ndalang qiyalik burchagi ham boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog’liq. Qiyalik burchagining ortishi bo’tana oqimining tezligi va suvning yuvilish tezligining ortishiga olib keladi. Buning natijasida og’ir zarrachalar stolning yonbosh tarafiga yetib kelmasdan stol yuzasidan yuvilib tushib ketish ehtimoli ortadi [1].
Mahsulot qancha yirik bo’lsa, stolning qiyaligi shuncha katta bo’lishi mumkin. Mayin zarrachali mahsulot uchun stolning qiyalik burchagi minimal bo’lishi kerak. Odatda stol yuzasining qiyalik burchagi 1-10o orasida bo’ladi.
Yuzaning qiyalik burchagi faqatgina mahsulotning yirikligiga emas, balki to’siqlarning balandligiga ham bog’liq. Ularning balandligi va mahsulotning yirikligi ortgan sari yuzaning ko’ndalang qiyalik burchagi ortadi.
Konsentratsion stolda boyitish samaradorligiga dastlabki mahsulot (bo’tana)ning zichligi va yuvuvchi suvning sarfi katta ta’sir ko’rsatadi. Bo’tananing haddan ziyod suyulib ketishi og’ir minerallarning yo’qolishiga olib keladi. Stol yuzasida suvning yetishmasligi zarrachalar ajralishini yomonlashtiradi va ishlab chiqarish unumdorligini pasaytiradi.
Stolga kelib tushadigan bo’tananing optimal zichligi 20-25 % hisoblanadi. Yuvuvchi suvning sarfi mahsulotning yirikligi va yuzaning qiyalik burchagiga bog’liq holda belgilanadi.
Boyitilayotgan mahsulot qancha yirik bo’lsa, yuvuvchi suvning tezligini shuncha oshirish mumkin. Yuzaning qiyalik burchagi katta bo’lsa, yuvuvchi suvning miqdorini kamaytirish mumkin. Odatda konsentratsion stolda ishlatiladigan suvning miqdori har bir tonna ruda uchun 1-2 m3 ni tashkil qiladi.
Konsentratsion stolning ishlab chiqarish unumdorligi rudaning xossasiga, yuzaning maydoniga, stolning ishlash tartibi va boshqa omillarga bog’liq.
Stolga ortiqcha mahsulot berilsa mineral zarrachalar qatlamlanishga ulgurmaydi, chunki to’siqlar orasidagi bo’shliq og’ir minerallar bilan o’ta to’lgan bo’ladi va yangidan tushayotgan mahsulot esa suv bilan tez yuvilib tushib ketadi.
Stolga mahsulot kamroq berilsa, mineral zarrachalar samaraliroq ajraladi, lekin bunda stolning imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmagan bo’ladi (ishlab chiqarish quvvati nuqtai nazaridan).



Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin