Sarlavhani qulayligi uchun har biri 4 baytdan iborat bo‘lgan qatorlar to‘plami
ko‘rinishida ifodalangan. Bunday maydonlarning umumiy soni 5 yoki 6 ga teng.
3.4-rasm. IP datagramma sarlavhasining fragmenti (IPv4 turi)
“Versiya” maydoni 4 bit, IP-sarlavhasini identifikatsiyalaydi. “Sarlavha
uzunligi” maydoni sarlavha o‘lchamini aniqlaydi (20 yoki 24 bayt). “Xizmat
ko‘rsatish turi” (Type of Service, ToS) maydoni 8 bitdan iborat. Birinchi 3 ta bit
datagrammani ustunligini aniqlaydi (000 – ustunliksiz, 111 – ustunlikga ega).
Keyingi uchta
bit minimal ushlanib qolish, yuqori o‘tkazish qobiliyati va yuqori
ishonchlilikni (har bir bit birga teng) aniqlaydi. Oxirgi ikkita bit qo‘llanilmaydi.
Shuni aytish kerakki, 1990-yillarda Internet
tarmoqlarida ToS maydoni
qo‘llanilmagan.
“To‘liq uzunlik” maydoni 16 bit, datagrammani to‘liq uzunligini baytlarda
aniqlaydi, ya’ni paketda uzatiladigan sarlavha va ma’lumotlar kiradi. Maydon
uzunligi 16
bitga teng, datagrammaning maksimal uzunligi 2
16
-1=65535 baytga
teng. Qochonki marshrutizatorlar to‘liq o‘lchamdagi datagrammaga ishlov bera
olmasa, uning uzunligiga bog‘liq holda datagramma bloklarga (fragmentlarga)
bo‘linishi mumkin.
“Identifikator”, “Bayroq” va “Fragment ko‘rsatkichi”
maydonlari qabul
qilish oxirida fragmentlardan datagrammani qayta tiklashda qo‘llaniladi.
“Identifikator” maydoni 16 bit, belgilangan punktda fragmentdan
datagrammani qayta tiklash imkonini beradi.
“Bayroq” maydoni 3 bit, qabul qilish oxirida datagrammani qayta tiklash
uchun qo‘llaniladi. “Fragment ko‘rsatkichi” maydoni 13 bit, berilgan datagramma
boshlanishiga nisbatan fragmentni siljishini aniqlaydi.
“Yashash vaqti” maydoni 8 bit, tarmoqda datagrammani mavjud bo‘lish
davomiyligini chegaraviy vaqtini aniqlaydi.
Sakkiz bitli “Protokol” maydoni transport sathda qo‘llaniladigan protokolni
aniqlaydi.
“Sarlavhani nazorat yig‘indisi” maydoni 16 bit,
siklik kod yordamida
sarlavhada (butun datagrammada emas, faqat sarlavhada) xatolikni nazorat qilish
uchun mo‘ljallangan. Bu tekshirish har bir marshrutizator orqali datagramma yoki
uning fragmenti o‘tganda amalga oshiriladi.
Keyingi 2 ta maydon jo‘natuvchi va qabul qiluvchining
adreslari uchun
mo‘ljallangan.
“Opsiya” maydoni, maksimum 4 bayt, turli vazifali testlashtirish va
nazoratni kiritish uchun qo‘llaniladi.
“To‘ldirgich” maydoni “Opsiya” qatorini 32 bit to‘liq uzunligigacha
to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
Datagramma va datagramma fragmetlarini
uzatganda tarmoq uzellarida
tushib qolishi yoki yo‘qolishi mumkin, yoki alohida fragmentlarning katta
kechikishi tufayli datagrammalarni qabul qilish joyida uni yig‘ish jaroyonida
yo‘qolishi mumkin. Shu tarzda 4-tur qo‘llanilganda IP rejim xizmat ko‘rsatish
sifatini minimal sathini ta’minlaydi.
Biroq, hozirgi vaqtda IP-tarmoqlarda turli ko‘rinishdagi trafiklar
uzatilmoqda, shu navbatda haqiqiy vaqtdagi interaktiv trafik kechikishlarga (IP
ustidan so‘zlashuv,
videokonferensiya, interaktiv o‘yinlar va boshqalar),
shuningdek, ishonchlilikka, ruxsatsiz ulanishdan axborotni himoyalash va
boshqalarga sezgir. Bu talablar Internet tarmoqlari
uchun yangi protokollarni
ishlab chiqishga olib keldi va bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida IPv6
protokoli ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: