uzatishni ta’minlaydi. Protokolning asosiy vazifasi shundan iboratki, RTP
protokoli bilan taqdim etiladigan xizmat ko‘rsatish sifati sathi haqida
ishtirokchilarni xabardor qiladi. RTCP protokoli uzatilgan va yo‘qolgan paketlar
soni, kechikish va djitter qiymati haqidagi axborotni yig‘adi.
Turli arxitekturaga ega tarmoqlar orasida paketlarni uzatishni IP stekining
asosiy protokoli ta’minlaydi. IP datagrammali protokol paketlarni ishonchli
uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko‘pgina tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatishda
o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.
Shuningdek tarmoq sathida quyidagi protokollar qo‘llaniladi:
-
ICMP (Internet Control Message Protocol) boshqarish protokoli,
xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar haqida tarmoq uzellariga axborot uzatadi;
-
adreslar muammolarini yechish protokollari: ARP (Address Resolution
Protocol) tarmoq uzelining fizik adresiga (MAC –stansiya adresi) IP adresni
o‘zgartiradi; RARP (Reverse Address Resolution Protocol) teskari funksiyani
bajaradi, ya’ni MAC adres yordamida IP adresni aniqlaydi.
18-
Dostları ilə paylaş: