1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja


Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar. 
OBS tarmoqlari, oldin ko‘rib chiqilgan ikkita WR va OPS tarmoqlarning 
afzalliklariga ega. Bu yerda oraliq uzellarda buferlashtirish va elektr qayta 
ishlashga xojat qolmaydi. Ayni shu paytda OBS chegaralangan vaqt davomiyligida 
kanallarni zahiralash yo‘li orqali tarmoqni qo‘llash koeffitsientini oshiradi.


OBS tarmoqlarida asosiy kommutatsiyalash birligi bu blokdir. Blok (burst), 
kirish uzelidan chiqish uzeliga birgalikda uzatiladigan va oraliq uzellarda 
birgalikda kommutatsiyalanadigan paketlar ketma-ketligidir. 
Bloklar shakllanishi uchun bir qancha yondashishlar mavjud, masalan: 
agregatsiyaning chegaralangan vaqtiga ega bo‘lgan konteynerlash texnikasi 
(Containerization with Aggregation-Time out, CAT). 
Blok ikki qismdan iborat: sarlavha va ma’lumot. Boshqaruvchi blok 
(Control Burst, CB) deb ataluvchi sarlavha, birinchi beriladigan ma’lumotlar bloki 
(Data Burst, DB) deb ataluvchidan alohida uzatiladi va uning DB siga mos kelishi 
uchun butun yo‘l bo‘ylab chastota oralig‘ini zahiralaydi. Undan keyin DBning o‘zi 
SV uchun zahiralangan yo‘l bo‘ylab harakatlanadi. 
3.7.2.
 
IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati 
 
WR tarmoqlarda QoS.
Bu yerda WR tarmoqlarda xizmatlarni ta’minlashni 
asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Bu usullar differensial optik xizmatlar 
(Differentiated optical Services, DoS) modelini kengaytiradi.
DoS modeli yorug‘lik yo‘nalishini ajoyib optik xarakteristikalarini e’tiborga 
tortadi. Bu optik parametrlarga quyidagilar kiradi: xatoliklarni yuzaga kelish 
chastotasi (Bit Error Rate, BER), kechikish, djitter va himoyalash, nazorat va 
ishonchlilik rejimlari. Bu optik parametrlar va rejimlar berilgan yo‘nalishga 
tegishli optik xizmatlar sifatini o‘lchash uchun asos hisoblanadi. Bu 
o‘lchashlarning maqsadi – IP da QoS ekvivalent sinflarida optik xizmatlar sinfini 
aniqlaydi. 
QoS tuzilishi 6 ta komponentdan iborat.
 
Xizmatlar sinfi. 
QoSda xizmatlar sinfi yorug‘lik yo‘nalishi bo‘ylab 
uzatiladigan optik signallarni buzilishi va sifatini xarakterlaydigan parametrlar 
yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu parametrlar kechikish, BERning o‘rtacha qiymati, 
djitter va o‘tkazish oralig‘i yoki funksional vazifalarga asoslangan imkoniyatlar – 
nazorat, himoyalash, ishonchlilik bilan aniqlanishi mumkin.
 


Marshrutlash algoritmi va chastotalar vazifasi. 
Yorug‘lik yo‘nalishini 
yaratish uchun, unga mo‘ljallangan to‘lqin uzunliklari butun yorug‘lik yo‘nalishi 
o‘tadigan trassa bo‘ylab zahiralangan bo‘lishi kerak. Marshrutlarni tanlash uchun 
qo‘llaniladigan algoritm va yorug‘lik yo‘nalishini yaratishdagi to‘lqin uzunligi, 
marshrutizatsiya va to‘lqin uzunligi vazifasini (Routingand Wavelength 
Assignment, RWA) algoritmi sifatida ma’lum. WR tarmoqlarda QoSni ta’minlash 
uchun turli to‘lqinli kanallarning QoS xarakteristikasini hisobga oladigan RWA 
algoritmini qo‘llash zarur. 
Yorug‘lik yo‘nalishlari guruhlari. 
Tarmoqda yorug‘lik yo‘nalishlari guruhlar 
bo‘yicha klassifikatsiyalanadi, ya’ni har bir guruh DoS xizmatiga mos kelishi 
kerak. 
 
Trafikning klassifikatsiyasi. 
Joriy trafik tarmoq tomonidan ta’minlanadigan 
sinflardan biri bilan bog’lanadi. Tarmoq ichida yagona klassifikatsiya qo‘llaniladi. 
 
Yorug‘lik yo‘nalishlari vazifalarining algoritmi. 
Xizmat ko‘rsatish sinflarini 
farqlash uchun adabiyotlarda yorug‘lik yo‘nalishi vazifalarini ko‘plab algoritmlari 
tavsiya etilgan. WR tarmoqlarda QoSni ta’minlash uchun turli to‘lqin uzunligidagi 
kanallarning QoS xarakteristikalarini hisobga oluvchi RWA algoritmini qo‘llash 
zarur.
 
Ulanishni nazorati. 
DiffServ arxitekturasida, DWDM tarmoqlarda, yorug‘lik 
yo‘nalishlarini dinamik ifodalash uchun mo‘ljallangan resurslarni optik 
taqsimlagich mavjud. Resurslarni optik taqsimlagich resurslar (tashuvchilar soni, 
kross-konnektorlar, kuchaytirgichlar) holatini kuzatadi va yorug‘lik yo‘nalishi 
xarakteristikalarini (BERni hisoblash) va funksional imkoniyatlarini (himoyalash, 
nazorat, ishonchlilik) baholaydi. 
Shuningdek resurslarni optik taqsimlagich zanjir bo‘ylab oxirdan oxirgacha 
chaqiriqlarni birinchi o‘rnatishga javobgar, ya’ni yorug‘lik yo‘li bilan kesishadigan 
boshqa optik domenlarni ifodalaydigan.


3.10-rasm.WR tarmog‘i 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan komponentlarning barchasi tarmoqning oxirgi 
qurilmalarida va/yoki resurslarni optik taqsimlagichda mujassamlangan. 3.10-
rasmda oxirgi qurilmalardan iborat, resurslarni optik taqsimlagichli va OXS ichki 
qurilmali WR tarmog‘ini tuzilishi keltirilgan. Ichki OXSlar faqatgina yorug‘lik 
yo‘lini o‘rnatishda, tarmoqni kommutatsiyalanadigan yadrosini konfiguratsiyasi 
uchun zarurdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin