kelganda xizmatlarni ajratishni ta’minlash maqsadida, to‘lqinli ajratish algoritmini
va FDLni qo‘llaydi.
Paketlarni optik kommutatsiyalashda xizmatlarni ajratish uchun ikkita
algoritm mavjud. Bu algoritmlarni OPS tarmoqlarda QoSni ta’minlashni
asosiy
texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqamiz.
Eltuvchilarni taqsimlash
(Wavelength Allocation, WA).
Bu usulda barcha
erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilar alohida ko‘pginalarga ajraladi va har bir
ko‘pginalar ustunlikning turli sathlari bilan bog’lanadi, ustunlikning yuqoriroq
sathi erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilardan katta qismga ega.
WA usuli
xizmatlarni ajratish uchun faqat to‘lqin uzunligini qo‘llaydi va FDL buferlarini
qo‘llamaydi.
Chegaraviy tashlashli eltuvchilarni kombinatsiyali taqsimlash
(Combined
Wavelength Allocation and Threshold Dropping, WATD). WA ga qo‘shimcha, bu
usulda turli ustunliklar sinfi orasidagi farqni o‘rnatish
uchun tashlab yuborish
chegarasi qo‘llaniladi. Qachon FDL buferini to‘lishi o‘rnatilgan chegaradan oshsa,
past ustunlikka ega paketlar tashlab yuboriladi. Bu jarayon paketning foydali
yuklamasi, sarlavha to‘liq qayta ishlanmagungacha va paket sinflanmagunigacha
ushlab
turiladi,
so‘ngra paketga eltuvchi belgilanadi.
Biroq bunda
kommutatsiyalash tezligini chegaralaydigan “paket paketdan keyin” prinsipi
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: