1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja


To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
МАЪРУЗА (3)

To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan 
tarmoqlar. 
To‘lqin uzunligi bo‘yicha marshrutizatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar 
(WR)da, tarmoqning ikkita yakunlovchi bog‘lamalari orasida to‘liq optik to‘lqinli 
yo‘l yaratiladi. Bu optik yo‘l 
yorug‘lik yo‘li
(lightpath) deb ataladi va 3.9-rasmda 
ko‘rsatilganidek yo‘l bo‘ylab har bir zveno uchun to‘lqinli kanalni zahiralash yo‘li 
orqali yaratiladi.
3.9-rasm. Yorug‘lik yo‘lini hosil bo‘lishi 
Barcha ma’lumotlar uzatilganidan keyin yorug‘lik yo‘li bo‘shaydi. WR 
tarmoqlari, bir-biri bilan ihtiyoriy topologiyalar orqali, optik tolali liniyalar bilan 


ulangan 
optik kross-konnektor 
(OXS)lardan tashkil topgan. OXS qurilmalari
ma’lumotlar oqimini qaysi kirish portiga tushganini va ular qanday to‘lqin 
uzunliklariga egaligini farqlash qobiliyatiga ega. Natijada yorug‘lik yo‘lining 
ikkita oxirgi nuqtalari orasidagi oraliq bog‘lamalarda birorta qayta ishlashni, ya’ni 
elektro-optik E/O o‘zgartirishni yoki ma’lumotlarni buferlashni amalga oshirish 
zarurati tug‘ilmaydi. 
Biroq WR tarmoqlarda, kanallarni kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoq 
turlari kabi resurslarni statik taqsimlash qo‘llanilmaydi, bu esa mumkin bo‘lgan 
chastota oralig‘ini juda past qo‘llashga olib keladi.
 
 
Paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar. 
Paketlarni optik kommutatsiyalashga (OPS) ega bo‘lgan tarmoqlarda IP-
trafik, «paket ketidan paket» prinsipi bo‘yicha har bir marshrutizatorda qayta 
ishlanadi va kommutatsiyalanadi. IP-paket sarlavhadan va foydali yuklamadan 
iborat. Paket sarlavhasi marshrutlash uchun zarur bo‘lgan axborotdan iborat va 
foydali yuklama kabi haqiqiy ma’lumotlarni taqdim etadi. 
 
OPS tarmog‘ining kelajakdagi eng oliy maqsadi - optik muhit ichida paket 
sarlavhasini qayta ishlash. Texnologiyaning mazkur sathida bu mumkin emas. 
Bunday muammoning yechimi, optik muhitda foydali yuklamani saqlagan holda 
elektron muhitda sarlavhani qayta ishlash hisoblanadi.
OPSning asosiy afzalligi, chastotalar oralig‘ini taqsimlash uchun statik 
zichlashtirishni qo‘llash yo‘li bilan chastota diapazonini qo‘llashni oshirish 
imkonidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin