1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay. 
X.25 protokoli. 
X.25 protokoli asosidagi paketlarni kommutatsiyalash 
tarmog‘i – 1970 yillar oxirlarida, analog uzatish muhiti orqali ikkita uzoqdagi 
punktlar orasida ma’lumotlar uzatishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. 
Ularni qo‘llanilishining asosiy muhiti terminallar va ishchi kompyuterlar orasidagi 
aloqa bo‘lgan. ITU-T da ishlab chiqilgan X.25 protokoli OTO‘B modelining 
uchinchi sathining protokoli hisoblanib, tarmoq orqali paketlarni uzatishni 
ta’minlaydi. X.25 protokolda axborotni butunligini saqlash masalasi tarmoqga 
qo‘yilgan, ya’ni halaqitlarga chidamli kodlarni qo‘llash, so‘rash va tarmoq uzellari 
orasida paketlarni takrorlash yo‘llari orqali erishilgan. 


Qisqa masofali telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan X.25 
protokollarida xatolik ehtimolligi (10
-3
- 10
-4
) katta (ma’lumotlar uzatish uchun), 
bu esa paketlarni yo‘qolishiga va ularni takror uzatish zaruratiga olib keladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni yechimini Fram Relay texnologiyasi 
ta’minlaydi, ya’ni o‘zida X.25 protokolini soddalashtirilgan turini ifodalaydi. 
Fram 
Relay 
protokoli. 
Fram 
Relay 
protokoli 
(kadrlarni 
kommutatsiyalash/retranslyatsiyalash) 
90-yillar 
boshida 
standartlashtirilgan, 
kanalda xatolik ehtimolligi 10
-6 
tartibda. X.25 texnologiyasi singari Fram Relay 
protokoli ulanishni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Fram Relay protokoli OTO‘B 
modelining birinchi ikkita sathida amalga oshiriladi. Fram Relay texnologiyasida 
protokolli bloklar sifatida kadrlar qo‘llaniladi. Fram Relay texnologiyasi kadrlarida 
foydali yuklama maydonining uzunligi 4096 baytgacha oshirilgan, X.25 
protokolida esa 256 bayt.
 
X.25 tarmoqlari paketlar kommutatsiyalanadigan birinchi tarmoqdir va 
bugungi kunda korporativ tarmoqlarni qurish uchun eng ko‘p tarqalgan 
tarmoqdir. 
X.25 ning tarmoq protokoli telefon tarmog‘i bo‘yicha kompyuterlar orasida 
ma'lumotlar uzatish uchun mo‘ljallangan. 
X.25 tarmoqlari xalaqitlari yuqori darajali (analog telefon liniyalari uchun) 
past sifatli liniyalar uchun ishlab chiqilgan va 64 Kbit/s tezlikda ma'lumotlar 
uzatishni ta'minlaydi. 
X.25 tarmoq ulanish o‘rnatilishini tasdiqlovchi, kanal va tarmoq satxlarida 
xatoliklarni to‘g‘rilash protokollari qo‘llanishi sababli past sifatli aloqa 
liniyalarida yaxshi ishlay oladi. 
1. X.25 tarmoqning strukturaviy sxemasi 


1.DTE (data terminal equipment) - ma'lumotlar uzatish apparaturasi (kassa 
apparatlari, bankomatlar, terminalellar, shaxsiy kompyuterlar, foydalanuvchi 
oxirgi qurilmalari). 
2.DCE (data circuit-terminating equipment) - ma'lumotlar uzatish kanalining 
oxirgi 
qurilmasi 
(tarmoqqa 
kirishni 
ta'minlovchi 
telekommunikatsiya 
uskunalari). 
3.PSE (packet switching exchange) - paketlar kommutatorlari. 
X.25 interfeys quyidagilarni ta'minlaydi: 
-olisdagi foydalanuvchini bosh kompyuterga kiraolishini; 
-
olisdagi SHK lokal tarmoqqa kira olishini; 
-
olisdagi tarmoqni boshqa olisdagi tarmoq bilan bog‘lanishini. 
4. X.25 texnologiyasining xususiyatlari 
X.25 texnologiyasining muxim belgilari mavjud: 
Tarmoq 
strukturasida 
maxsus 
qurilma 
PAD 
(Packet 
Assembler 
Disassembler) mavjudligi, u tarmoq bo‘yicha uzatiladigan kompyuterlarda qayta 
ishlashga yo‘naltiradigan, alfavit-raqamli terminallardan bir nechta baytlarni 
paketlarga yig‘ish operatsiyasini bajarishga mo‘ljallangan.Kanal va tarmoq 
satxlarida ulanish o‘rnatilishida foydalanadigan, ma'lumotlar oqimini 
boshqaruvchi va xatoliklarni to‘g‘riloavchi, protokollarning uch satxli steki 
mavjudligi, tarmoqning barcha uzellarida trasport protokollari steki bir 
jinsliligiga yo‘naltirilganligi. 
Lоkаl vа glоbаl tаrmоqning kаttа turidа kаdr yoki pаkеtning mаksimаl 
o‘lchаmi tushunchаsi аniqlаnаdi. Bundа IP prоtоkоlidа o‘zining pаkеti uchun jоy 
аjrаtilishi kеrаk. Bu kаttаlik оdаtdа trаnspоrtlаshning mаksimаl birligi Maximum 
Transfer Unit (MTU) dеb аtаlаdi. Ethernet tаrmоg‘i 1500 bаytgа tеng MTU 
qiymаtgа, FDDI tаrmоg‘idа 4096 bаyt, Х.25 tаrmоg‘idа esа MTU bilаn kаm 
ishlаydi vа u 128 bаytgа tеng. Хоstlаrgа vа mаrshrutizаtоrlаrgа pаkеtlаrni 
qismlаrgа bo‘lish bo‘yichа IP prоtоkоlining ishi 3-rаsmdа tаsvirlаngаn. Оlаylik 
MTU qiymаti 4096 bаytgаchа tеng bo‘lgаn 1 kоmpyutеr FDDI tаrmоg‘igа 
ulаngаn. 


Kоmpyutеr 1 IP sаthgа kirgаnidа trаnspоrt sаthdаgi 5600 bаytli хаbаrni IP 
prоtоkоl ikkitа IP pаkеtgа bo‘lаdi. 
Ulаrning birinchisigа bo‘lаklаsh аlоmаti o‘rnаtilаdi vа pаkеt nоyob 
idеntifikаtоrni o‘zlаshtirаdi, misоl uchun 486. Birinchi pаkеtdа аrаlаsmаydоn 
kаttаligi 0 gа tеng, ikkinchisidа esа 2800. Qismlаrgа аjrаtish аlоmаti ikkinchi 
pаkеtdа 0 gа tеng, bu esа pаkеtning охirgi qismi ekаnligini bildirаdi. IP 
pаkеtning umumiy kаttаligi 2800+20 (IP sаrlаvhаning o‘lchаmi) ni tаshkil 
qilаdi, ya’ni 2820 bаyt FDDI kаdrining mа’lumоtlаr mаydоnigа jоylаshаdi. 
20-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin