1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
МАЪРУЗА (3)

FTP fayllarni qayta jo‘natish protokoli.
Olisdagi serverda joylashgan 
ma’lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri mijozning so‘rovi bo‘yicha fayl 
nusxasini uzatish hisoblanadi. Internet tarmog‘ida bu maqsad uchun FTP (File 
Transfer Protocol) standart protokoli – fayllarni qayta jo‘natish protokoli 
qo‘llaniladi. Eng eski protokollardan biri hisoblanadigan FTP protokoli (u oldingi 
asrning 70 - yillarning boshlarida ishlab chiqilgan) ilovalar sathi protokollariga 
kiradi va ma’lumotlarni uzatish uchun TCP transport protokolidan foydalanadi. 
FTP protokoli mijozlar (mijozlar guruhi) va ma’lumotlarni saqlaydigan 
server (FTP serveri) orasida ma’lumotlar fayllarini almashish uchun qo‘llaniladi, 
binobarin, har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va so‘rash/olish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bunday fayllar matnlar, grafik tasvirlar, tovushlar, video va multimediali 
ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. FTP protokoli foydalanuvchining (mijoz) 
kompyuteriga dasturiy ta’minotni yuklash uchun ham ishlatiladi. FTP protokoli 
yordamida foydalanuvchi oladigan fayllarni to‘g‘rilashi (o‘chirishi, qayta 
nomlashi, ulardan nusxa ko‘chirishi va h.k.) mumkin. Ko‘pgina FTP-serverlarda 
yozish uchun ochiq bo‘lgan va server orqali fayllarni olishni ta’minlaydigan 


katalog (incoming, upload nomlarli va boshqalar) mavjud. Bu foydalanuvchilarga 
serverni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga imkon beradi. 
XX asrning 90-yillar boshlanishigacha FTP protokoliniing hissasiga Internet 
tarmog‘idagi trafikning taxminan yarmi to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda ham 
protokol olisdagi serverlar va xostlarga ulanish uchun qo‘llanilmoqda, lekin uning 
o‘rniga Butun Dunyo To‘ri texnologiyasiga asoslangan ulanish usullari kirib 
kelmoqda. 
HTTP gipermatnli xabarlarni yuborish protokoli va Butun Dunyo To‘ri.
1989 yilda Tomas Berners-Li Jenevadagi Yadro tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa 
kengashida (SERN) ishlashi bilan endi Butun Dunyo To‘ri (World Wide Web) 
sifatida ma’lum bo‘lgan loyihani taklif etdi. Loyihani amalga oshirish uchun 
Tomas Berners-Li, ularsiz zamonaviy Internetni tasavvur qilish mumkin 
bo‘lmagan uchta asosiy vositani - URI identifikatorlari, HTTP protokoli va NTML 
tilini ishlab chiqdi. 
Texnik
nuqtai nazardan WWW ni HTTP sifatida ma’lum bo‘lgan yagona 
protokol yordamida muloqot qiladigan ko‘pgina mijozlar va serverlar sifatida 
qarash foydali bo‘ladi. Butun Dunyo To‘rida gipermatnni yaratish, saqlash va aks 
ettirishni osonlashtirish uchun HTML gipermatnni belgilash tili qo‘llaniladi. HTTP 
va HTML protokollarining kombinatsiyasi matnlar, grafikalar, tovush, video va 
boshqa multimediali fayllarni Internet global tarmog‘i orqali yetkazishni 
ta’minlaydi. 
SIP protokoli.
IETF da VoIP tizimi uchun signalizatsiya protokollarini 
yaratish sohasidagi ishlar 
draft-ietf-mmusic-cip-OO
spetsifikatsiyasini ishlab 
chiqilishi bilan boshlandi, bunda keyinchalik SIP/1.0 nomini olgan 
Session 
Invitation Protocol
protokoli tavsif etilgan. 
Bu hujjat faqat aloqa seansini o‘rnatilishiga so‘rovni spetsifikatsiyalaydi, 
lekin istiqbolda bu spetsifikatsiya o‘sha vaqtda yaratilgan konferensiyalarni 
multimediali arxitekturaga integratsiyalanishiga yo‘naltirildi, bu hujjatning nomi 
MMUSIC - Multiparty Mulimedia Session Control



SIP protokoli foydalanuvchilar orasida aloqa seanslarini o‘rnatish uchun 
qo‘llaniladi. 
H.323 protokoli. 
IP-telefoniya tarmoqlarini qurish uchun birinchi tavsiya 
H.323 tavsiyasi bo‘ldi. ITU tarixan UFTT muammolari bilan shug‘ullandi va taklif 
etilgan tavsiya haqiqatda IP-tarmoq ustiga qo‘yilgan ISDN (Integreted Services 
Digital Network) tarmog‘ini aniqlagan. Xususan, IP-telefoniya tarmog‘ida H.323 
bo‘yicha ulanishni o‘rnatish jarayoni Q.931 tavsiyaga asoslanadi va ISDN 
tarmoqlardagi jarayonga deyarli aynan o‘xshash bo‘ladi. 
H.323 tarmog‘ining asosiy qurilmalari terminal, shlyuz va konferensiyalarni 
boshqarish qurilmasi hisoblanadi.
SMTP elektron pochta protokoli.
Elektron pochta IP-tarmoqlardagi eng eski 
ilovalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda elektron pochta orqali ma’lumotlarni 
almashish kuniga millionlab insonlar tomonidan qo‘llanilmoqda. Mijoz va server 
orasidagi ma’lumotlarni almashishning yana bir shakli hisoblanadigan bu 
almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta xabarlarini 
yetkazishning oddiy protokoli) protokoli yordamida qo‘llaniladi. RFC 822 tasnifi 
xabarning ikki qismini – sarlavha va asosni aniqlaydi. Har ikkala qismlar 7-
razryadli 
ASCII 
kodi 
bilan 
kodlanadi. 
Shaxsiy 
pochta 
manzillari 
(foydalanuvchini ismi@tarmoq osti) ko‘rinishidagi 
formatga ega bo‘ladi. Pochta qutilarining bu manzillari SMTP sathida taniladi.
Odatda pochta xabari mijozdan SMTP lokal serveriga uzatiladi, ya’ni 
mijozlarning so‘rovi bo‘yicha pochtaning yetkazilishiga javob beradi. Serverda 
pochtaning qayta ishlanish jarayoni, har bir yuboruvchi va oluvchining manzili, 
shuningdek yuborish vaqtiga ega bo‘lgan keluvchi xabarlarni to‘plashdan iborat. 
Dastlabki xabarni olgan lokal server yuborish punktidagi olisdagi serverning IP-
manzilini identifikatsiyalaydi va bu olisdagi server bilan TCP seansini o‘rnatishga 
urinishni amalga oshiradi. Ulanish o‘rnatilganidan keyin, yuborish serverida 
pochta xabaridan nusha ko‘chiriladi. Server-yuboruvchi muvaffaqiyatli uzatishga 
tasdiqlanishni olishi bilan, xabar lokal server xotirasidan o‘chiriladi. Keyin olisdagi 


foydalanuvchi o‘z serveriga ulanishni olishi va yetkazilgan xabarni qabul qilishi 
mumkin. 
MIME protokoli.
SMTP protokolini ishlab chiqishda elektron pochta faqat 
oddiy matnni uzatish uchun foydalanilishi ko‘zda tutilgan. 1993 yilda RFS 822 
tasnifi har xil turlardagi ma’lumotlar – audio, video, Word hujjatlarini uzatishni 
ta’minlash uchun kengaytirilgan. Bu maqsadlar uchun MIME (Multiprpose 
Internet Mail Extension – Internetning ko‘p maqsadli pochta kengaytirilishi) 
qo‘llaniladi. MIME protokoli elektron pochta yordamida har xil turlardagi 
ma’lumotlarni, shu jumladan ASCII kodidan farqli bo‘lgan kodlash turi 
qo‘llaniladigan tillardagi matnlar, musiqa, grafika va filmlarni uzatish 
mexanizmlarini aniqlaydi. MIME formatini o‘zgartirish odatda elektron xabarlarni 
uzatishda va qabul qilishda pochta serverlari yoki mijoz pochta dasturlari orqali 
amalga oshiriladi. 
21-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin