So‘ngra pastki makro sathning to‘rtta protokoli keladi.
Pastki sath
protokollarining asosiy vazifasi ma’lumotlarni tezkor va ishonchli uzatish
hisoblanadi. Shuning uchun pastki sath protokollari ba’zan transport tarmog‘i
protokollari deyiladi. Transport tarmog‘iga chiqish port orqali amalga oshiriladi.
Har bir jarayon o‘z portiga ega bo‘ladi. Transport tarmog‘iga kirishdan oldin
foydalanuvchining ma’lumoti, uni yaratgan jarayonning sarlavhasini oladi.
Transport tarmog‘i pastki sath protokollarini qo‘llab, jarayon (xabar) sarlavhasiga
ega foydalanuvchining ma’lumotini manzilga (adresga) uzatishni ta’minlaydi.
Internet protokollarining arxitekturalari to‘rtta sathli hisoblanadi. Keyinroq paydo
bo‘lgan ISO etalon modeli protokollarining yetti sathli arxitekturasini TCP/IP ning
keyingi rivojlanishi sifatida qarash mumkin.
Haqiqatdan ham, ikkkita
arxitekturaning farqi shundan iboratki, TCP/IP arxitekturasidagi OSI modelining
uchta yuqori sathlari (amaliy,
taqdim etish, seanslar) bitta amaliy darajaga
birlashtirilgan (4.3-rasm). TCP/IP tarmoq interfeyslarining sathi, OSI modelining
ikkita kanalli va tarmoq sathlariga mos keladi.
TCP/IP amaliy sathi quyidagi an’anaviy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi:
-
elektron pochtani uzatishning oddiy protokoli SMNP (Simple Mail
Transfer Protocol) yordamida ishlatiladigan elektron
pochta va yangiliklarni
almashish;
-
IMAP (Internet Massage Access Protocol), POP (Post Office Protocol) va
X.400 pochta protokollari; NNTP (Network News Transfer Protocol) yangiliklarni
almashish tarmoq protokoli;
-
Telnet protokoli yordamida amalga oshiriladigan virtual terminal;
-
fayllarni uzatish FTP (Fail Transfer Protocol), TFTP (Trivial Fail Transfer
Protocol) NFS (Network File Systems) protokollari yordamida amalga oshiriladi;
-
ma’lumotnoma xizmatlari DNS (Domain Name System) domen nomlari
va X.500 tizimlari yordamida amalga oshiriladi;
-
yordamchi protokollar: shaxsiy identifikatorlarni olish;
-
BOOTR, vaqt - NTP (Network Time Protocol), diagnostika;
-
Echo va tizim haqidagi ma’lumotlar – Finger.
1990-yillar o‘rtalarida URL (Universal Recourse Locator) va URN dan
(Universal Recourse Names) foydalanib gipermatnni uzatish protokoliga HTTP
asoslangan WWW (World Wide Web) texnologiyasi
bazasidagi xizmatlar faol
joriy etildi. Bugungi kunda SIP (Session Initiation Protocol), RTP (Real-time
Protocol), RTCP (Real-time Transport Control Protocol) protokollari, H.323
tavsiyalari asosidagi paketli IP-telefoniya xizmatlari ommaviy hisoblanadi.
Stekdagi alohida o‘rinni quyidagi monitoring va boshqarish protokollari
egallaydi:
-
SMNP (Simple Management Transfer Protocol) –boshqaruv uzatishni
oddiy protokoli ;
-
RMON (Remote Monitoring) – masofaviy monitoring.
Bu protokollar yordamida tarmoqning
holati kuzatiladi va uni
ma’murlashtirish o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: