1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Zamonaviy multimediyali ilovalar. IPv4 va IPv6 
sarlavhalarining tuzilishi. 
IPv4 datagramma sarlavhasining tuzilishi. 
Foydali yuklamani tashuvchi IPning barcha datagrammasi o‘zining tarkibiga 
sarlavha va ma’lumotlarni kiritadi. 3.4-rasmda 4-turga mos keluvchi IP 
datagrammasining sarlavhasi ko‘rsatilgan. 4-turni birinchi amalga oshirilgani 
1980-yillar boshiga taalluqli va bu tur hozirgi kunda keng tarqalgan.
Sarlavha turli qo‘shimcha opsiyalarni ta’minlovchi 4 ta baytgacha qo‘shish 
yo‘li bilan kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lgan kamida 20 baytdan iborat. 


Sarlavhani qulayligi uchun har biri 4 baytdan iborat bo‘lgan qatorlar to‘plami 
ko‘rinishida ifodalangan. Bunday maydonlarning umumiy soni 5 yoki 6 ga teng. 
3.4-rasm. IP datagramma sarlavhasining fragmenti (IPv4 turi) 
“Versiya” maydoni 4 bit, IP-sarlavhasini identifikatsiyalaydi. “Sarlavha 
uzunligi” maydoni sarlavha o‘lchamini aniqlaydi (20 yoki 24 bayt). “Xizmat 
ko‘rsatish turi” (Type of Service, ToS) maydoni 8 bitdan iborat. Birinchi 3 ta bit 
datagrammani ustunligini aniqlaydi (000 – ustunliksiz, 111 – ustunlikga ega). 
Keyingi uchta bit minimal ushlanib qolish, yuqori o‘tkazish qobiliyati va yuqori 
ishonchlilikni (har bir bit birga teng) aniqlaydi. Oxirgi ikkita bit qo‘llanilmaydi. 
Shuni aytish kerakki, 1990-yillarda Internet tarmoqlarida ToS maydoni 
qo‘llanilmagan. 
“To‘liq uzunlik” maydoni 16 bit, datagrammani to‘liq uzunligini baytlarda 
aniqlaydi, ya’ni paketda uzatiladigan sarlavha va ma’lumotlar kiradi. Maydon 
uzunligi 16 bitga teng, datagrammaning maksimal uzunligi 2
16
-1=65535 baytga 
teng. Qochonki marshrutizatorlar to‘liq o‘lchamdagi datagrammaga ishlov bera 
olmasa, uning uzunligiga bog‘liq holda datagramma bloklarga (fragmentlarga) 
bo‘linishi mumkin. 
“Identifikator”, “Bayroq” va “Fragment ko‘rsatkichi” maydonlari qabul 
qilish oxirida fragmentlardan datagrammani qayta tiklashda qo‘llaniladi. 


“Identifikator” maydoni 16 bit, belgilangan punktda fragmentdan 
datagrammani qayta tiklash imkonini beradi. 
“Bayroq” maydoni 3 bit, qabul qilish oxirida datagrammani qayta tiklash 
uchun qo‘llaniladi. “Fragment ko‘rsatkichi” maydoni 13 bit, berilgan datagramma 
boshlanishiga nisbatan fragmentni siljishini aniqlaydi. 
“Yashash vaqti” maydoni 8 bit, tarmoqda datagrammani mavjud bo‘lish 
davomiyligini chegaraviy vaqtini aniqlaydi. 
Sakkiz bitli “Protokol” maydoni transport sathda qo‘llaniladigan protokolni 
aniqlaydi. 
“Sarlavhani nazorat yig‘indisi” maydoni 16 bit, siklik kod yordamida 
sarlavhada (butun datagrammada emas, faqat sarlavhada) xatolikni nazorat qilish 
uchun mo‘ljallangan. Bu tekshirish har bir marshrutizator orqali datagramma yoki 
uning fragmenti o‘tganda amalga oshiriladi.
Keyingi 2 ta maydon jo‘natuvchi va qabul qiluvchining adreslari uchun 
mo‘ljallangan. 
“Opsiya” maydoni, maksimum 4 bayt, turli vazifali testlashtirish va 
nazoratni kiritish uchun qo‘llaniladi. 
“To‘ldirgich” maydoni “Opsiya” qatorini 32 bit to‘liq uzunligigacha 
to‘ldirish uchun qo‘llaniladi. 
Datagramma va datagramma fragmetlarini uzatganda tarmoq uzellarida 
tushib qolishi yoki yo‘qolishi mumkin, yoki alohida fragmentlarning katta 
kechikishi tufayli datagrammalarni qabul qilish joyida uni yig‘ish jaroyonida 
yo‘qolishi mumkin. Shu tarzda 4-tur qo‘llanilganda IP rejim xizmat ko‘rsatish 
sifatini minimal sathini ta’minlaydi. 
Biroq, hozirgi vaqtda IP-tarmoqlarda turli ko‘rinishdagi trafiklar 
uzatilmoqda, shu navbatda haqiqiy vaqtdagi interaktiv trafik kechikishlarga (IP 
ustidan so‘zlashuv, videokonferensiya, interaktiv o‘yinlar va boshqalar), 
shuningdek, ishonchlilikka, ruxsatsiz ulanishdan axborotni himoyalash va 
boshqalarga sezgir. Bu talablar Internet tarmoqlari uchun yangi protokollarni 


ishlab chiqishga olib keldi va bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida IPv6 
protokoli ishlab chiqildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin