“Versiya” maydoni 4 bit, paket IPv6 sarlavhasiga egaligini ko‘rsatadi.
“Trafik sinfi” maydoni 8 bit va “Oqim belgisi” maydoni 20 bit, aniq manba
adreslari jufti va belgilangan punkt uchun xizmat ko‘rsatish
sifatining dastlabki
belgilangan sathini aniqlaydi.
Internetda xizmat ko‘rsatish sifati tarmoqning o‘tkazish qobiliyati, paketlarni
kechikishi va djitter, shuningdek paketlarni yo‘qolishi orqali aniqlanadi.
“Foydali yuklama maydoni uzunligi” maydoni 2 bayt, sarlavha uzunligidan
tashqari baytlarda paket uzunligini aniqlaydi. Shuningdek maydon uzunligi 16-
bitga va paketning maksimal uzunligi 2
16
-1=65535 baytga teng.
“Keyingi sarlavha” maydoni 8 bit, IPv6 asosiy sarlavhasidan keyingi
keluvchi qo‘shimcha sarlavhalar turini aniqlaydi. Qo‘shimcha
sarlavhalar
joylashgan maydon, IP sarlavhasi, TCP va UDP sarlavhalari orasiga joylashtiriladi.
Qo‘shimcha sarlavhalar o‘ziga katta funksiyalar yig‘indisini kiritadi, ular
marshrutlash, fragmentlash, axborot xavfsizligi, autentifikatsiyadir.
“Qadamlar sonini chegaralash” maydoni 8 bit, 4-turdagi “Yashash vaqti”
maydonining vazifalarini bajaradi.
Jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning adreslari har biri 16 baytga ega (128
bayt) ya’ni 4-turga qaraganda 4 marta ortiq.
IPv6 protokolni kiritish bilan bog‘liq ishlar 10 yildan ko‘p
vaqt davomida
olib borilishiga qaramay, IP tarmoqlarda apparat-dasturiy
modulning asosiy
qismini 4-turning IP protokoli amalga oshiradi. Bu bilan bog‘liq holda, IPv6 yangi
tur protokollar oilasiga o‘tishda muammolar yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: