1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə2/13
tarix20.11.2023
ölçüsü40,08 Kb.
#165412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.majmua

2.Ikkilamchi sintezlangan moddalar – ikkilamchi metabolitlar. Bularga o’simliklar to’kimasida sintez bo’ladigan metabolitlardan tashkari kolgan hamma birikmalar kiradi. Ikkilamchi metabolitlar o’simliklar to’kimasida birlamchi sintez bo’ladigan birlamchi metabolitlardan tashkari kolgan hamma birikmalar kiradi. Ikkilamchi metabolitlar o’simliklar to’kimasida birlamchi sintezlangan moddalardan hamda ular ishtirokida vujudga keladi.
Ikkilamchi metabolitlar o’simliklardagi birlamchi metabolizmda, yahni fotosintez, nafas olish , nuklein kislotalar, lipidlar, oksillar biosintezi va shunga o’xshash asosiy fiziologik-biokimyoviy jarayonlarda katnashmaydi. Ikkilamchi birikmalar barcha o’simliklarga yoki ularning ko’pchilik turlariga xos emas. Ikkilamchi metabolitlar ko’pchilik hollarda o’simliklarning alohida bitta oilasiga, hattoki bitta turiga xos bo’lgan. Hujayrada ikkilamchi metabolitlar, asosiy metabolizm moddalariga nisbatan juda kam mikdorda sintezlanadi hamda ular sintezlangan hujaraga nisbatan butun organizm uchun ko’prok zarurdir. O’simliklarda boradigan jarayonlarni ikkilamchi metabolizmga taalukli ko’rsatkichlari juda ham anik emas.
Mamlakatimizda fenol birikmalarini o’rganishni yo’lga ko’ygan olim akademik S.Yu.Yunusovdir (1909 – 1997). Akademik S.Yu.Yunusov tashabbusi bilan mamlakatimizda va MXDda yagona o’simlik moddalari kimyosi-ilmiy tadkikot instituti tashkil kilingan. Ushbu institut hozirgi vaktda nafakat mamlakatimizning, balki dunyo mikyosida o’z sohasi bo’yicha etakchi institutlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, akademik S.Yu.Yunusov tomonidan 1967 – yilda dunyo mikyosida eng nufuzli jurnallardan biri hisoblangan hamda bir vaktning o’zida rus va ingliz tillarda nashr etiladigan “Tabbiiy birikmalar kimyosi” (Ximiya prirodnix soedineniy) jurnalida mamlakatimiz va chet el olimlarining boshka tabiiy moddalar kimyosiga oid mahlumotlar bilan birgalikda fenol birikmalariga oid makolalar ham doimiy ravishda chop etib turibdi.
O’simliklarda ikkilamchi metabolitlar minglab sintezlanishi mumkin. Ammo uzok vakt mobaynida ularning o’simlik organizmi uchun ahamiyati nomahlumligicha kolgan. Hozirgi vaktda o’simliklardan 45000 va undan ortik ikkilamchi metabolitlar ajratib olingan. O’simliklardagi 15-25% genlar undagi ikkilamchi metabolizm uchun xizmat kiladi. Umuman, ikkilamchi metabolitlar o’simliklarning muhit bilan munosabatida asosiy elementlardan biridir.
O’simliklar tarkibidagi biologik faol birikmalar o’simlikning o’sish davrida - ontogenezda va turli faktorlar ta’sirida domiy o’zgarishda bo’ladi. Ular sintezlanadi asta-sekin ko’payadi, mahlum davrda ko’p mikdorda to’planadi, keyinchalik kamaya boradi va butunlay yo’kolib ketishi mumkin.
Fiziologik faol moddalar yagona manbai inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan engil xazm bo’ladigan uglevodlar, vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar, mineral xushbo’y, alkaloidlar, efir-moylari va b.larning manbai bo’lib o’simliklar xizmat kiladi.
Tarkibida fiziologik faol birikmalar tutuvchi o’simliklardan davolash maksadida ko’llash mumkin bo’lgani uchun ularni dorivor o’simliklar deb ataladi. Fiziolgik faol moddalar katoriga ko’pgina birikmalarni kiritish mumkin. Ulardan eng asosiylari: alkaloidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, oshlovchi moddalar, flavanoidlar, smolalar, efir moylari, vitaminlar, fitonstidlar va boshkalar.
Доривор маҳсулотларни тайёрлашда юқорида айтиб ўтилганларни ҳисобга олган ҳолда, керакли вақтида йиғилса, таркибидаги асосий таъсир қилувчи моддалар етарли миқдорда бўлиб, маҳсулот эса юқори сифатли бўлади.
Юқорида қайд этилганидек, ўсимликларнинг кимёвий таркиби жуда ҳам мураккаб бўлиб, турли органик ва минерал моддалардан ташкил топан. Уларнинг ҳаммаси доривор бўлмайди ва касалликларни даволашда шифобахш таъсир кўрсатмайди. Айримлари эса дори турларини тайёрлашда халақит беради, доривор маҳсулотни сақлаш вақтида уларнинг сифатини бузилишига олиб келади ёки асосий таъсир этувчи кимёвий бирикмаларни тез парчаланишга сабабчи бўлади. Шунинг учун доривор ўсимликлар таркибида учрайдиган моддалар тиббиёт ва фармация нуқтаи назаридан уч гуруҳга бўлинади:

Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin