1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə5/13
tarix20.11.2023
ölçüsü40,08 Kb.
#165412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.majmua

Vitaminlar – tarjima qilinganda “Hayot aminlari” mahnosini beradi, fiziologik faol moddalar bo’lib, organizmning normal faoliyati uchun juda zarurdir. Vitaminlar X1X – XX asrlarda kashf etilgan birikmalardir. Hozirgi vaktda vitaminlarning 30 ga yakin turi aniklangan. Fiziologik jihatdan eng muhimlari katoriga vitamin A, V2 (riboflavin), V1 (tiamin), V6 (piridoksin), V12, V15, S (askorbin kislotasi), D, E, F, K, R (rutin), RR (nikotin kislotasi), foliy,pantoten paraaminbenzoy kislotalari, inozit, xolin, biotin va boshqalar.
Glikozidlar - barcha monosaxaridlar va oligosaxaridlarning yukori reakstion qobiliyatga ega bo’lgan gidroksil gruppasi biron-bir ug­levod tabiatiga ega bo’lmagan modda bilan uzaro reakstiyaga kirishishi natijasida hosil buladigan birikmalar glikozidlar yoki geteroglikozidlar deb ataladi. Bu gruppaga kiradigan birikmalarning ximiyaviy tabiati turlicha bo’lib, umumiyligi fakat hammasi ham shakarlarning va ko’pincha monosaxaridlarning hosilasi bulishidir. Glikozidlar tarkibidagi uglevod tabiatiga ega bulmagan moddalar aglikonlar yoki geninlar deb ataladi. Aglikon sifatida turli spirtlar, aromatik birik­malar, tarkibida oltingugurt tutuvchi moddalar, steroidlar, polifenollar va pigmentlar uchraydi.
Saponinlar – murakkab tuzilishga ega bo’lgan glikozidlar, ular suv bilan chayqatilganda turg’un ko’pik hosil qiladi. “Sapo” – lotincha – sovun degan mahnononi bildiradi. Parchalanganda kandlar va aglikon – sarogenin moddasini hosil kiladi. Mana shu birikma dorivorlik xususiyatini namoyon kiladi va medistinada saponin tutuvchi dorivor o’simliklar balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Oshlovi moddalar yoki tanidlar.O’simliklar tarkibida oshlovchi moddalar yoki tanninlar deb ataladigan birikmalar ko’p uchraydi. Bular molekulyar massasi 500 dan 3000 gacha bo’lgan polioksifenol birikmalarning geterogen gruppasidan iborat. Xom teri ana shu moddalar bilan oshlansa, suv va bakteriyalarga chidamli bo’lgan pishik va elastik holatga keladi. Shuning uchun ular oshlovchi moddalar deb ham yuritiladi. Oshlovchi moddalar suvda va spirtda yaxshi eriydi. Ular o’simliklarning bargi va tanasidagi g’urra va shishlarda ko’p to’planadi. Oshlovchi moddalar ko’p o’simliklarning, jumladan, eman, akastiya, okkayin, kashtan, tol kabi daraxtlar pustlog’ida, shovul, rovoch va zanjovul kabi o’simliklar ildizida ko’p tup­lanadi. Ular tarkibidagi fenol halkalar tipiga va ularning uzaro bog’lanishiga karab ikki guruhga bo’linadi.

Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin