Namunaviy non pishirish bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini bevosita
baholash usuli. Bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini baholash uchun, unning
kuchi, gaz hosil qilish qobiliyati va rangini aniqlashdan tashqari yana shu undan non
namunasini pishirish usulidan ham foydalaniladi.
Tegirmonlar
va
novvoylik
korxonalarining
laboratoriyalarida
odatda
tekshirilayotgan unning biroz miqdoridan, laboratoriyaviy namunaviy pishirishini
bajarib, non namunasi tayyorlanadi. Unning novvoylik xususiyatlari to’g’risida non
namunasining sifati - uning hajmi, shakli, qobig’ining rangi, mag’zining rangi,
g’ovakligi, elastikligi, ta’mi va hidi bo’yicha xulosa chiqariladi. O’z navbatida nonning
bu ko’rsatgichlari unning yuqorida bayon etilgan novvoylik xususiyatlari kompleksi bilan
belgilanadi.
Auerman L.Ya. va Vasiev M.G. lar tomonidan laboratoriyaviy namunaviy
pishirish nonining sifatini baholash uchun 100 ballik sistema ishlab chiqilgan. Sistema
non sifatini, barcha ko’rsatgich-larining baholari asosida, ballar bilan ifodalash
imkoniyatini beradi. Bu esa bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini baholashda, non
sifatini yaxshilash uchun tavsiya etiladigan texnologik tadbirlarni samaradorligini
aniqlashda yordam beradi.
Novvoylik korxonalarida laboratoriyaviy tekshiruv pishirish-lardan tashqari
zarur bo’lgan hollarda tekshiruv va tajribaviy ishlab chiqarish pishirishlari ham amalga
oshiriladi.
Nazorat savollari
1. «Unning novvoylik xossalarilari» tayanch iboraning ta’rifini keltiring.
2. «Unning gaz hosil qilish xossasi» tayanch iboraning ta’rifini keltiring.
3. Qaysi qandlar unning xususiy qandlarining tarkibiga kiradi va ular qaysi
miqdorlarda mavjud?
4. Unning xususiy qandlari qanday ahamiyatga ega?
5. «Unning qand hosil qilish xususiyati» tayanch iboraning ta’rifini keltiring. U
qaysi omillar bilan bog’liq?
6. Alfa-amilaza va betta-amilaza faolligi uchun qanday sharoit eng qulay
hisoblanadi?
7. «Issiqliqqa chidamli» degan tushuncha nimani bildiradi?
8. Melanoidinlar qanday ahamiyatga ega?
9. Unning gaz hosil qilish qobiliyatini manometrik va volyumomet- rik
usullarining mohiyati nimada?
10. Unning gaz hosil qilish qobiliyati qanday ahamiyatga ega?
11. «Unning kuchi» tayanch iboraning ta’rifini keltiring.
12. Kuchli va kuchsiz un qanday xususiyatlarga ega?
13. Unning oqsil-proteinaza kompleksining tarkibiga qaysi kompo-nentlar kiradi?
14. Proteoliz degan so’z nimani bildiradi?
15. Proteolizning faollantiruvchisi nimalarga va qanday ta’sir etadi?
16. Proteolizning ingibitori nimalarga va qanday ta’sir etadi?
17. Lipoksigenaza kaysi moddalarga ta’sir etadi va uning roli nimadan iborat?
18. «Oqsilning oksidlantirish-qaytarilish potenstiali»degan ibora nimani bildiradi?
19. Kleykovina – bu nima? Uning tarkibiga qaysi moddalar kiradi?
20. «Unni qorayish xususiyati» degan ibora nimani bildiradi?
21. Un zarrachalarinng o’lchami xamir xossalariga qanday ta’sir etadi?
22. Unning pnevmosepartorlash natijalarini o’rganish qanday xulo- salarga olib
keldi?
23. Namunaviy non pishirish qaysi maqsad uchun o’tkaziladi?
Dostları ilə paylaş: |