1-ma’ruza. Respublikada non mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojlanishi,non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyo


Namunaviy non pishirish bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini bevosita



Yüklə 449,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix31.10.2022
ölçüsü449,24 Kb.
#66994
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma\'uza (4)

Namunaviy non pishirish bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini bevosita
baholash usuli. Bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini baholash uchun, unning 
kuchi, gaz hosil qilish qobiliyati va rangini aniqlashdan tashqari yana shu undan non 
namunasini pishirish usulidan ham foydalaniladi. 
Tegirmonlar 
va 
novvoylik 
korxonalarining 
laboratoriyalarida 
odatda 
tekshirilayotgan unning biroz miqdoridan, laboratoriyaviy namunaviy pishirishini
bajarib, non namunasi tayyorlanadi. Unning novvoylik xususiyatlari to’g’risida non 
namunasining sifati - uning hajmi, shakli, qobig’ining rangi, mag’zining rangi, 
g’ovakligi, elastikligi, ta’mi va hidi bo’yicha xulosa chiqariladi. O’z navbatida nonning 
bu ko’rsatgichlari unning yuqorida bayon etilgan novvoylik xususiyatlari kompleksi bilan 
belgilanadi. 


Auerman L.Ya. va Vasiev M.G. lar tomonidan laboratoriyaviy namunaviy
pishirish nonining sifatini baholash uchun 100 ballik sistema ishlab chiqilgan. Sistema 
non sifatini, barcha ko’rsatgich-larining baholari asosida, ballar bilan ifodalash 
imkoniyatini beradi. Bu esa bug’doy unining novvoylik xususiyatlarini baholashda, non 
sifatini yaxshilash uchun tavsiya etiladigan texnologik tadbirlarni samaradorligini 
aniqlashda yordam beradi. 
Novvoylik korxonalarida laboratoriyaviy tekshiruv pishirish-lardan tashqari 
zarur bo’lgan hollarda tekshiruv va tajribaviy ishlab chiqarish pishirishlari ham amalga 
oshiriladi. 
Nazorat savollari 
 
1. «Unning novvoylik xossalarilari» tayanch iboraning ta’rifini keltiring. 
2. «Unning gaz hosil qilish xossasi» tayanch iboraning ta’rifini keltiring. 
3. Qaysi qandlar unning xususiy qandlarining tarkibiga kiradi va ular qaysi 
miqdorlarda mavjud? 
4. Unning xususiy qandlari qanday ahamiyatga ega? 
5. «Unning qand hosil qilish xususiyati» tayanch iboraning ta’rifini keltiring. U 
qaysi omillar bilan bog’liq? 
6. Alfa-amilaza va betta-amilaza faolligi uchun qanday sharoit eng qulay 
hisoblanadi? 
7. «Issiqliqqa chidamli» degan tushuncha nimani bildiradi? 
8. Melanoidinlar qanday ahamiyatga ega?
9. Unning gaz hosil qilish qobiliyatini manometrik va volyumomet- rik 
usullarining mohiyati nimada? 
10. Unning gaz hosil qilish qobiliyati qanday ahamiyatga ega? 
11. «Unning kuchi» tayanch iboraning ta’rifini keltiring.
12. Kuchli va kuchsiz un qanday xususiyatlarga ega? 
13. Unning oqsil-proteinaza kompleksining tarkibiga qaysi kompo-nentlar kiradi? 
14. Proteoliz degan so’z nimani bildiradi? 
15. Proteolizning faollantiruvchisi nimalarga va qanday ta’sir etadi? 
16. Proteolizning ingibitori nimalarga va qanday ta’sir etadi? 
17. Lipoksigenaza kaysi moddalarga ta’sir etadi va uning roli nimadan iborat? 
18. «Oqsilning oksidlantirish-qaytarilish potenstiali»degan ibora nimani bildiradi? 
19. Kleykovina – bu nima? Uning tarkibiga qaysi moddalar kiradi? 
20. «Unni qorayish xususiyati» degan ibora nimani bildiradi? 
21. Un zarrachalarinng o’lchami xamir xossalariga qanday ta’sir etadi? 


22. Unning pnevmosepartorlash natijalarini o’rganish qanday xulo- salarga olib 
keldi? 
23. Namunaviy non pishirish qaysi maqsad uchun o’tkaziladi? 

Yüklə 449,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin