Un zarrachalarining o’lchami_Un zarrachalarining o’lchami xamirda boradigan
biokimyoviy va kolloid jarayonlarning tezligiga, shundan kelib chiqib, xamirning
xossalariga, nonning sifatiga va chiqishiga ta’sir qiluvchi omildir.
Oliy va birinchi navli un zarrachalarining o’lchami bir necha mikrometrdan (mkm)
180...190 mkm gacha o’zgarib turadi.
Odatdagi novvoylik unida zarrachalarning taxminin yarmisining o’lchamlari
40...50 mkm dan kichik, qolganlari esa 40...50 dan 190 mkm oralig’ida bo’ladi.
Yumshoq bug’doydan olingan un zarrachalari qattiq bug’doydan olingan un
zarrachalariga qaraganda kichik o’lchamli bo’ladi.
Unning keragidan kam yoki ortiqcha maydalanishi uning novvoylik xususiyatlarini
yomonlashtiradi. Juda katta zarrachali undan tayyorlangan nonning hajmi kichik,
g’ovaklarining pardalari qalin, qobig’i oq rangda bo’ladi. Keragidan ortiqcha
maydalangan undan tayyorlangan nonning hajmi kichik, qobig’i qoraygan, mag’zi qora
bo’ladi. Bunday undan tayyorlangan tagdonli non yoyilgan bo’ladi.
Optimal o’lchamdagi undan sifati yaxshi non olinadi. Un zarrachalarining
optimal o’lchami dondagi kleykovinaning miqdorli va sifatiga ko’ra belgilanadi.
Kleykovina qanchalik kuchli bo’lsa un shunchalik ko’p maydalanishi kerak. Novvoylik
nuqtai nazaridan o’lchamlari bir xil bo’lgan undan foydalangan ma’qul.
Pnevmoseparatorlash yordamida un zarrachalarini o’lchamlariga qarab ajratish
shuni ko’rsatdiki, kichik o’lchamli frakstiyalar oqsilga boy, yuqori kullikga, qand va
gaz hosil qilish qobiliyatiga ega ekan. Bunday unda kleykovinaning miqdori ko’p va
cho’ziluvchanligi past bo’ladi.
Unning katta zarrachali frakstiyasi tarkibida oqsil miqdori ancha kam bo’ladi.
Shunday qilib un zarrachalarini pnevmoseparastiyalab, birgina bug’doy donining
o’zidan unli qandolat mahsulotlari, kekslar va pechenelar uchun oqsili kam un ham,
oddiy un kuchini oshirish uchun ishlatiladigan oqsilga boy un ham, olish mumkin ekan.