Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari
Sertifikatlashtirish
asoslari
O’zbekiston
Respublikasining
Qonuni
≪
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
≫
da keltirilgan. Qonunda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi O’zbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (
≪
O’zstandart
≫
) sertifikatlashtirish
bo’yicha milliy organ va sertifikatlashtirish tizimi ishtirokchilarini akkreditlash
bo’yicha organ deb belgilangan.
Qonunga muvofiq, sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiklanadigan Majburiy sertifikatlanishi lozim bo’lgan
mahsulotlar va xizmatlar ro’yxati bo’yicha va shuningdek, boshka qonunchilik
aktlarida ko’zda tutilgan xollarda amalga oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirishni
o'kazish bo’yicha ishlarni tashkil etish
≪
O’zstandart
≫
agentligi zimmasiga
yuklangan.
Sertifikatlashtirishni birjinsli mahsulotlarni majburiy akkreditlash bilan
sertifikatlashtirish bo’yicha organlar amalga oshiradi. Majburiy sertifikatlashtirish
subʼektlari
≪
O’zstandart
≫
agentligi, sertifikatlashtirish bo’yicha organlar, sinov
laboratoriyalari (markazlari), nazorat organlari,
mahsulotni tayyorlovchilar
(sotuvchilar)dan iborat bo’ladi. Sertifikatlashtirish bo’yicha organlarga bir jinsli
mahsulotni sertifikatlashtirish tizimini yaratish, sertifikatlashtirish sxemalarini
tanlashni amalga oshirish va buyurtmachilarga sertifikatlashtirilgan mahsulotga
muvofiqlik nishonini qo’llash huquqini berish huquqi berilgan.
Qonun import va eksport kilinadigan mahsulotni sertifikatlashtirish shartlarini
belgilab bergan. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotga uning
belgilab qo’yilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat va muvofiqlik
nishoni ilova qilinishi lozim. Muvofiqlik sertifikati yuk bo’lgan holda bojxona nazorat
organlari o’tkazilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishni Milliy sertifikatlashtirish
tizimi qoidalari bo’yicha o’tkazish masalasi hal etilguniga qadar to’xtatib turadilar.
Qonun, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusi bo’yicha
ixtiyoriy sertifikatlashtirishni ham ko’zda tutadi, unga kura istalgan mahsulot o’zining
normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirilishi
mumkin.
Qonun tayyorlovchilarning (tadbikorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning)
majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilganligi uchun javobgarligini va
shuningdek, sertifikatlashtirish bo’yicha organlarning asoslanmagan sertifikat berishi
va buyurtmachining tijorat sirini oshkor kilganligi uchun javobgarligini ko’zda tutadi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni sotganlik uchun sotilgan
mahsulotning qiymati mikdorida jarima solinadi. Jarima
≪
O’zstandart
≫
agentligining
davlat inspektori tomonidan undiriladi. Jarimaning undirilishi sertifikatlashtirishni
o’tkazishdan ozod etmaydi.
Respublika Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan
≪
Isteʼmolchilarning
)^kuklarini
xdmoya
qilish
to’g’risida
≫
gi
Qonun
sertifikatlashtirishning qo’shimcha huquqiy asosini berdi. Xususan, qonunda majburiy
sertifikatlashtirilishi
lozim
bo’lgan tovarni sotishda isteʼmolchiga uning
sertifikatlashtirilganligi haqidagi axborot takdim etilishi lozimligi aytib utilgan. O’zoq
muddatli tovarlar va xizmatlarga tayyorlovchi kafolat muddatini belgilashi lozim.
Qonun isteʼmolchining - tovarni, ishni yoki xizmatni shaxsan isteʼmol qilish
yoki shaxsiy xo’jalikda foyda olish bilan bog’liqmas foydalanish maqsadlarida sotib
olayotgan, buyurtma berayotgan yoki sotib olish yoki buyurtma berishni
muljallayotgan fuqaroning (jismoniy shaxsning) manfaatlarini x,imoya qilishga
qaratilgan. Isteʼmolchi huquqlarining bo’zilishi uchun javobgarlik bu qonunga
muvofiq tovarni sotish uchun ishlab chiqaradigan tayyorlovchi, ishni bajaruvchi yoki
xizmat kursatuvchi ijrochi, isteʼmolchiga tovarni sotayotgan sotuvchi zimmasiga
yuklatilgan.
Isteʼmolchi bunda quyidagi huquqlarga ega:
- tovar (ish, xizmat) va shuningdek, tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) hakida haqqoniy
va tuliq axborot olish;
- tovarni (ishni, xizmatni) erkin va kerakli sifatini tanlash;
- tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi;
- hayot, sog’lik va mulk uchun xavfli kamchiliklarga ega bo’lgan tovar (ish,
xizmat)ning kamchiliklari va shuningdek, tayyorlov chining (ijrochining,
sotuvchining) noqonuniy amali (amal qilmasligi) bilan yetkazilgan moddiy, maʼnaviy
zararni to’la hajmda to’ldirish;
- bo’zilgan huquqlarini va qonun bilan muxofaza qilinadigan manfaatlarini himoya
qilish uchun sud va vakolatli davlat muassasalariga murojaat qilish;
- isteʼmolchilarning ijtimoiy birlashmalarini to’zish.
Qonun isteʼmolchiga tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) haqida ham (5-modda),
tovar hakida xam (6-modda) to’liq axborot berilishini belgilab qo’ygan. Majburiy
sertifikatlashtirilishi
lozim
bo’lgan
tovarni
nisbatan
isteʼmolchiga
sertifikatlashtirilganligi hakida axborot berilishi lozim. Tovar (ish, xizmat) hakidagi
zaruriy axborotning yo’qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni tegishli davlat organining
buyrug’iga muvofiq u kursatilguniga qadar sotilishini tuxtatib qo’yilishiga olib keladi.
O’zoq muddatli foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarning barcha turlariga
tayyorlovchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilashi lozim. Tayyorlovchi (ijrochi)
tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati
davomida uning xavfsizligini taʼminlashi yoki u belgilanmagan bo’lsa, tovarni (ishni)
isteʼmolchiga sotilgan kunidan boshlab o’n yil davomida taʼminlashga majburdir.
Isteʼmolchilarning hayoti, sog’ligi va mulki hamda atrof muhit uchun xavfli
bo’lgan tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarganlik uchun qonunchilikka asosan
quyidagilar javobgardirlar:
- tayyorlovchi (ijrochi);
- normativ xujjatlarni tasdiklagan organ;
- muvofiqlik sertifikatini bergan tashkilot;
- xavfli tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chikarish yoki sotuvga ruxsat etgan sog’liqni
saqlash, tabiatni qo’riqlash, veterinariya xizmati organlari yoki boshka organlar.
Davlat isteʼmolchilarga tovarni (ishni, xizmatni) sotib olish va undan
foydalanishda ularning huquqlarining va qonun bilan muxofaza qilinadigan
manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Isteʼmolchilar huquqlarining davlat
ximoyasini davlat xokimiyati va boshkaruv organlari, sudlar taʼminlaydi. Tovarlar
(ishlar, xizmatlar)ning xavfsizligi va sifatini taʼminlash maqsadlarida
≪
O’zstandart
≫
agentligi, Davlat arxitektura-qurilish, Davlat tabiatni qo’riqlash qo’mitasi, Sog’likni
saqlash vazirligi va davlat boshkaruvining boshka organlari o’z vakolatlari
chegaralarida tovarlar (ishlar, xizmat- lar)ning xavfsizligi, sifati ustidan nazoratni
amalga oshiradilar.
Tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchilarning huquqlarini ximoya qilish
haqidagi qonunni bo’zgan xollarda javobgardir. Qonunning 26-moddasining birinchi
qismida sanab o’tilgan
≪
O’zstandart
≫
agentligi va davlat boshkaruvining boshqa
organlari quyidagi xollarda jarima solish huquqiga egadirlar:
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini tayyorlovchi
(ijrochi) tomonidan bo’zilishi;
- ularning buyruklarini tayyorlovchi (sotuvchi) ijro qilishdan bo’yin tovlaganida, o’z
vaqtida va lozim darajada ijro etmaganda;
- normativ xujjatlar talablariga javob bermaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan
isteʼmolchilarga zarar yetkazganida.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida yuridik va jismoniy shaxslarning
mahsulot ishlab chiqarilishi va xizmat ko’rsatilishida normativ hujjatlar talablarini
sertifikatlashtirish qoidalarini bo’zganliklari uchun javobgarligi ko’zda tutilgan.
Qonunchilikda xo’jalik yurituvchi subʼektlarning quyidagi javobgarlik choralari
ko’zda tutilgan:
- jarima sanktsiyalari;
- huquqiy choralar;
- og’ir oqibatlarga olib kelgan bo’zilishlarga yo’l qo’ygan amaldor shaxslarning jinoiy
javobgarligi;
- fuqarolik javobgarligi.
Xo’jalik yurituvchi subʼektlarga jarima sanktsiyalari majburiy talablar bo’yicha
normativ
xujjatlarga
mos
kelmaydigan
tovarni
sotganlik,
majburiy
sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni muvofiqlik sertifikatisiz sotganlik,
mahsulotni taqiqlashga karamasdan sotganlik uchun qo’llaniladi. Sertifikatlashtirish
soxasidagi qonunchilikning bo’zilishi uchun javobgarlikning normativ-huquqiy asosi
O’zbekiston Respublikasining qonunlari, qonunosti aktlari va normative hujjatlarni o’z
ichiga oladi. Bular jumlasiga quyidagilar taalluqlidir;
≪
Standartlashtirish
to’g’risida
≫
gi,
≪
Metrologiya to’g’risida
≫
gi,
≪
Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida
≫
gi,
≪
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida
≫
gi,
≪
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida
≫
gi qonunlar,
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 martdagi
≪
O’zbekiston
Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil etish to’g’risida
≫
gi 92-sonli
qarori,
1994 yil 12 avgustdagi
≪
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan
mahsulotlar ro’yxatini, sertifikatlashtirishni o’tkazish, xavfsizligi tasdiklanishi lozim
bo’lgan tovarlarni olib kirish, O’zbekiston Respublikasi hududiga va uning hududidan
olib ketish tartibini tasdiqlash to’g’risida
≫
gi 409-sonli Qarori,
1994 yil 12 avgustdagi
≪
O’zbekiston Respublikasi hukumatining baʼzi
qarorlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish haqida
≫
gi 410-sonli Qarori,
2004 yil 6 iyuldagi
≪
Mahsulotni sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish
bo’yicha qo’shimcha choralar hakida
≫
gi 318-sonli Qarori. qonunlar va qonunosti
aktlari talablarining ijro etilishi uchun majburiy bo’lgan normativ hujjatlar ishlab
chiqilgan bo’lib, huquqni buzgan subʼektlarni javobgarlikka tortish tartibini ko’zda
tutadi.
Sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka
≪
O’zstandart
≫
agentligi tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini o’tkazish bo’yicha akkreditlangan
sertifikatlashtirish bo’yicha organlar, sinov va shuningdek, tayyorlovchilar
(tadbirkorlar) javobgardirlar. Sertifikatlashtirish bo’yicha organ tomonidan
sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilishi ularning akkreditlanganligi haqidagi
guvoxnomaning tuxtatib kuyilishi yoki bekor qilinishi turidagi jazoga olib keladi.
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) quyidagilar uchun javobgardirlar;
- muvofiqlik sertifikatisiz va shuningdek, muvofiqlik nishoni bilan nohuquqiy
nishonlangan mahsulotni sotish;
- muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lmagan mahsulotni reklama qilish;
- nazorat organining buyrugi bo’yicha tuxtatib qo’yilgan yoki takikpangan mahsulotni
sotish.
Sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilishi sertifikatning va muvofiqlik
nishonining amal qilinishini to’xtatib quyilishi va bekor qilinishini ko’zda tutadi.
Nazorat savollari:
1.
Sertifikatlashtirish xalqaro savdoni rivojlantirishga qanaqa xizmat qiladi?
2.
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari qaysilar?
3.
Sertifikatlashtirishni birjinsli mahsulotlarni majburiy akkreditlash bilan
kim shu g’ullanadi?
4.
Isteʼmolchilarning hayoti, sog’ligi va mulki hamda atrof muhit uchun
xavfli bo’lgan tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarganlik uchun
qonunchilikka asosan kimlar javobgardir?
Dostları ilə paylaş: |