1-Ma’ruza: Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari Reja: 1



Yüklə 157,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.08.2023
ölçüsü157,83 Kb.
#139397
  1   2
1-Ma’ruza Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari



1-Ma’ruza: Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari 
Reja: 
1.
 
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari.
 
2.
Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari. 
3.
 
Qonunchilikda xo’jalik yurituvchi subʼektlarning javobgarlik choralari.
 
4.
 
Xo’jalik yurituvchi subʼektlarga jarima sanktsiyalari majburiy talablar.
 
Sertifikatlashtirish lotin tilidan tarjima qilinganda 

to’g’ri ishlangan

maʼnosini anglatadi. Mahsulot 

to’g’ri ishlangan

ligiga ishonch hosil qilish uchun u 
qanday talablarga javob berishi va bu muvofiqlikning ) haqiqiy isbotlarini qanday Qilib 
olish mumkinligini bilish lozim. 

Sertifikatlashtirish

atamasining taʼrifi 0‘zDSt 5.5:1999, 

Milliy 
sertifikatlashtirish tizimi, asosiy atamalar va taʼriflar

da bunday berilgan: 

uchinchi 
tomon mahsulot, jarayoi yoki xizmat berilgan talablarga muvofiqligini yozma ravishda 
tasdikdaydigan muolajadir

. Bunday tasdiqlashning tan olingan usuli bo’lib 
muvofiqlik sertifikati xizmat qiladi. Umumiy holda 

muvofiqlik

atamasi 

mahsulotga (jarayonga, xizmatga) oid berilgan talablarga rioya qilinishi

sifatida 
taʼriflangan. 
Muvofiqlikni sertifikatlash orkali tasdiqlash maʼlum muolaja qoidalari bo’yicha 
uchinchi tomonning majburiy ishtirok etishini nazarda tutadi. Uchinchi tomon, bu 
yetkazib beruvchiga (birinchi tomon) xam, isteʼmolchiga (ikkinchi tomon) xam bog’liq 
bo’lmagan shaxs yoki organdir. 
Sertifikatlashtirish xalqaro savdoni rivojlantirishga ko’mak berishi lozim. Biroq 
sertifikatlashtirish tizimi texnik to’siq bulishi xam mumkin. Savdodagi texnik 
to’siqlarni bartaraf etishda sertifikatlashtirish bo’yicha ish natijalarini o’zaro tan olish 
haqidagi bitimlar yordam beradi, ular boshka tomon faoliyati natijalarini tan oluvchi 
mamlakatlar soniga bog’liq ravishda bir tomonlama, ikki tomonlama, Ko’p tomonlama 
bo’ladi. Mohiyati bo’yicha, bu sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olishdir. Tan 
olish bo’yicha bitimlar milliy, hududiy va xalqaro darajalarda to’ziladi. 
Bir tomonlama bitim bir tomonning boshka tomon ishining natijalarini qabul 
etishidan iboratdir. Ikki tomonlama bitim — bu o’zaro tan olish bo’yicha bitim bo’lib, 
u o’z ichiga har bir tomonning ikkinchi tomon ishini tan olishini o’z ichiga oladi. 
Ko’p tomonlama bitim - bu ikkitadan ortik tomonlarning ish natijalarini o’zaro 
tan olishdir. Bu kabi bitim jumlasiga MDX, mamlakatlarining 1993 yili 
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akreditlash bo’yicha YevroOsiyo 
davlatlararo kengashi doirasida qabul qilingan bitim taalluqlidir. 
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari quyidagilardan 
iborat: 


- sertifikatlashtirish obʼekti x,akidagi axborotning haqqoniyligini taʼminlash; 
- xolislik (obʼektivlik) ?samda tayyorlovchi va isteʼmolchiga bog’liqmaslik; 
- xorijlik buyurtmachilarga nisbatan kamsitishni istisno etish; 
- buyurtmachining sertifikatlashtirish bo’yicha organni va sinov laboratoriyasini 
tanlash huquqi; 
- sertifikatlashtirish ishtirokchilari va ekspertlarning javobgarligi
- sertifikatlashtirish natijalari haqidagi yoki sertifikatning, muvofiqlikning (muvofiqlik 
nishonining) muddati tugaganligi (bekor qilinganligi) haqidagi axborotning ochiqligi; 
- sinovlarning sertifikatlashtirish obʼektining, uni ishlab chikarish va isteʼmolchining 
xususiyatlarini xisobga olgan holda metodlarning xilma-xilligi va professionalligi 
(kasbiyligi); 
- sertifikatlashtirish bo’yicha faoliyatda NSO/XEKda va boshka xalqaro hujjatlarning 
tavsiyalari va qoidalaridan foydalanish; 
- xorij sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari, sertifikatlari va 
muvofiqlik nishonlarining akkreditatsiyasini O’zbekiston ishtirok etayotgan turli 
bitimlar asosida tan olish; 
- tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning maxfiyligiga rioya qilish; 
- zarur bo’ladigan x,olatlarda isteʼmolchilar jamiyatlarini sertifikatlash bo’yicha jalb 
etish. 

Yüklə 157,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin