1– Ma’ruza. Sport turlari (engil atletika) bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi reja



Yüklə 114,2 Kb.
səhifə1/6
tarix09.09.2023
ölçüsü114,2 Kb.
#142131
  1   2   3   4   5   6
1 маруза дарс


1– Ma’ruza. SPORT TURLARI (ENGIL ATLETIKA) BO’YICHA TO’GARAKLARNI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISH METODIKASI
Reja:
1.1. Engil atletikaning rivojlanish tarixi
1.2. O’zbekistonda engil atletikaning rivojlanishi
1.3. Engil atletika turlarining tavsiflanishi
1.4. Engil atletika turlari bo’yicha musobaqa qoidalari va xakamlikni tashkil etish.


1.1. ENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISH TARIXI
Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yurish, yugurish sakrash va uloqtirishni tabiiy zarur harakatlar sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo’llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga qadar ko’p ming yillar o’tdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida engil atletika mashqlari odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo’la boshladi. Eng boy va uzoq umrli bunday sport to’rini topish qiyin. Yengil atletika tarixini va o’tmishini bilish bu engil atletikadir. Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish buning hammasi inson bilan birga tug’ishgandir. Birinchi o’yin va musobaqalar engil atletikadan boshlangan. Arxeologik qazilmalardan ko’rinib turibdiki, eramizdan oldin Osiyoda, Afrika, eski Misrda va yaqin Sharqda hamda Uzoq sharq o’lkalaridagi mamlakatlarida yengil atletika bilan shug’ullanganliklaridan so’z boradi. Uning qizil yulduzi qadimiy Gretsiya shaharlaridan yondi. Yurish, sakrash va uloqtirish Greyiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular harbiy jismoniy tayyorgarlikda katta o’rin egalladi va qabilalar hamda diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpia o’yinlari hisoblanadi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari, o’yin o’ziga xos jismoniy mashqlar ko’p bo’lganligidan dalolat beradi. Ko’p manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish va uchkurash mavjud bo’lgani ko’rsatiladi.
Gretsiya olimpia shaharchasi, Zevs xramm oldida stadionlar, gimnastlar, polestri jismoniy tarbiya to’garaklari o’z ishini boshladi. Usha davrdagi urush yillari qabila-qabila bo’lib urishadigan greklar stadionlarda ippadromlarda kelib shug’ullanib bir- birlari bilan urushlari ham to’xtab qoldi.
Birinchi Olimpiada o’yini 776 yil, eramizdan oldin bo’lib o’tdi. Uning dasturidan o’rin olgan bir xil yugurish, ya’ni bir stadiy (192 m 27 sm) yugurish bo’lib, bu yugurishni Greklar "Dromos" deb ataganlar, 724 yil eramizdan oldingi XIV olimpiadasida ikki xil yugurish (ikki aylanish) "diaulos"deb ataladi. Uning uzunligi esa 385 m ga teng bo’ladi. Start beruvchini "geroldom" deb atagan. Kim oldin, signaldan oldin chiqib yugursa startyor qattiq jazolagan. XIV Olimpiadasida uzoq masofalarga yugurishni "dolikos" (24 xil aylanish) deb ataganlar. 708 yil eramizdan oldingi XVIII olimpiadada besh kurash "Pentatlons" ya’ni u yugurish, otish va sakrashdan iborat edi. Shunday qilib qadimgi Gretsiyada engil atletikaning hamma turlari keng qo’llanila boshladi. Ularning tayyorgarlik ko’rishlari hozirgi zamondagidek oldin va kuchli tayyorgarlik ko’rar edilar. Start berilib, qoidasi bo’yicha yugurar edilar. Har bir sportchi o’z yo’lkasi orqali yugurar edilar. g’oliblarni aniqlashda yarim final va final yugurishlar bo’lar edi. Uzunlikka sakrash ham olimpiada o’yinlariga kiritilgan. Greklar disk va kopeni 3 kg dan 5,5 kg gacha uloqtirar edilar. Sparta shahrida jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan sparta maktabi ochilgan u yerda mashg’ulotlar harbiycha o’tar edi. Faqatgina kuchli janglarni tarbiyalar edilar; Ular etti yoshdan shunday usullarda tarbiyalab voyaga etkazar edilar. Afina shahrida boshqacha usulda tarbiyalar edi. Bu yerda ilm va fan bilan birgalikda sport bir xil tus olgan edi. 16 yoshdan gimnaziyalarda ko’p vaqtlarini jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Bu esa ularni musobaqada aktiv qatnashganlari, greklar kuchli sportchilar etishtirib berar edilar. Oxirgi asrlarda eramizdan oldingi yillarda sportchilarning "profitsional" yo’nalishlar ya’ni "gladiator" majburiy yugurishlarda odam o’ldirishga majbur qilar edi.
Gretsiyada olimpia o’yinlarining to’xtab qolish sabablari quyidagicha, Rimliklar qo’l ostiga o’tib ketishi "kollonozmdir" 393 yil eramizdan oldin rim imperatori Feodesey 1 buyrug’i bilan olimpiada o’yin bayrami qilindi. XVIII asrlarda yana engil atletika rivojlana boshlaydi. Olimpia o’yinlariga qiziqish uyg’ona boshladi. Greyiya olimpiadasi haqida o’z ta’ssurotlarini nemis olimlari, jismoniy tarbiya ustozlari I.M.Gute-Muts (1759-1830) yilda va G.Fit (1785-1846) usullarda o’z ta’ssurotlarini aytishdilar. Shavqatsiz eksplutastiya bo’sh vaqt va kerakligiga moddiy sharoit bo’lmaganligi sababli xalqga jismoniy mashqlarning taraqqiyot darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Shu sabab o’rta asr davrida hamma vaqt xalq jismoniy mashqlar an’anaviy o’yin kulgilar harakterida bo’lib, faqat bayram kunlari o’tkazilar edi. O’rta asrlarda yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik hayotda qo’llanilar edi. Lekin bu engil atletika sporti tashkil topishiga muhim ta’sir ko’rsata olmadi. Chunki gimnasika sistemasida bu mashqlarning asosiy bo’lmay, ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug’ullanishi esa mehnatkash ammo imkoniyati chegaralangani uchun engil atletika taraqqiyotiga to’la ta’sir ko’rsata olmadi. Yugurish sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va engil atletika sportining muhim elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga yoshlarning keng qatlamlari o’rtasida bunday mashqlarga qiziqish o’sganligi: burjuaziya ham o’z hukmronligini kuchaytirish vositasi sifatida, jismoniy tarbiyaga ko’proq qiziqa boshlagani sabab bo’ladi. Burjuaziya kapitalistik korxonalari uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi. Bunga eski gimnastika sistemalar allaqachonlar to’la yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya an’anaviy xalq o’yin kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e’tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportga yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, engil atletika sporti tarbiyaga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi.
Hozirgi zamon yengil atletika sporti Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq kirib keldi. 1837 yili bu yerda 2 km yaqin masofaga yugurishda Regbi shahri kolleji o’quvchilarining daslabki musobaqalari bo’ldi. Ko’p vaqt o’tmasdan boshqa shaharlarning kollej o’quvchilari ham ularning tashabbusiga qo’shilishdilar. Keyin musobaqalar dasturiga qisqa masofada yugurish, to’siqlar osha yugurish va og’ir narsalarni uloqtirish kiritilgan bo’lsa, 1851 yildan boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash kiritildi.
1864 yilda Oksford va Kembrech univerisitetlari o’rtasida birinchi bor yengil atletika musobaqasi bo’lib, keyinchalik har yili o’tkaziladigan bo’ldi. Musobaqa dasturiga yugurishning olti turi, sakrashning ikki turi kiritilgan edi. Keyinchalik programma bosqon uloqtirish va yadro itqitish bilan to’ldirildi.
60-yillarda yengil atletika mashqlari bilan kattalar ham qiziqa boshladilar. Yengil atletika bilan aristokratlar sport klublarida shug’ullana boshladilar. Angliya aristokratlari yengil atletika sporti bilan qiziqar edilar-u, lekin yugurish yo’lkalarida «oddiy xalq» bilan birga bo’lishni istamas edi. Ayniqsa ular, yurish va yugurishdan ochiq musobaqalar deb ataladigan musobaqalarda qatnashishga goho-goho muyassar bo’lib qoladigan «past» tabaqa vakillariga yutqizishga yo’l qo’ya olmas edilar.
Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari «havaskorlik» to’g’risida nizom qabul qilib, yugurish yo’lkalarida aristokratlar bilan mehnatkashlar uchrashmaydigan qilib qo’ydilar. Shu nizomga asosan jismoniy mehnat vakillari professionallar deb e’lon qilinib, ularning havaskorlar sport klubiga kirishlariga va havaskorlar bilan musobaqalarda qatnashishlariga yo’l qo’yilmaydigan bo’ladi.
1865 yilda London atletik klubi tuzilib, u yengil atletika sportini keng ommalashtira boshlaydi. Bu klub yengil atletikadan mamlakat birinchiliklari o’tkazar va havaskorlik to’g’risidagi nizomga rioya qilishni nazorat qilib turar edi.
1880 yil Angliyada havaskorlar yengil atletika assotsiatsiyasi tuzilib, u Britaniya imperiyasida yengil atletikadan eng oliy organ huquqini oladi. U Angliyadagi, uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha burjua yengil atletika klublarini birlashtiradi. Assosiasiya yengil atletika sportiga umumiy rahbarlik qiladi, angliya sportchilarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlaydi.
Fransiyada yengil atletika sport turi sifatida o’tgan asrning 70-yillarida, avvalo harbiy va grajdanlar liseylarida rivojlana boshlaydi. 80-yildan boshlab liseylarda yugurishdan musobaqalar muntazam o’tkaziladigan bo’ldi. 80-yillar oxirida Fransiya burjuaziyasi atletik sport fransuz jamiyatlarining assosiasiyasini tuzadi.
AQSHda yengil atletikaning ravojlanishi 1868 yildan, Nyu-York atletika klubi tuzilib, yengil atletikadan birinchi marta musobaqa o’tkazilgan vaqtdan boshlanadi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning taraqqiyot markazi bo’lib qoladi. 1874 yilda Gorvard universitetida yengil atletikadan birinchi musobaqa bo’lib o’tadi. 80-yillar oxirida AQSHda universitetlararo atletika ittifoqi bo’lgan «Amerika havaskorlar yengil atletikasi milliy assosiasiyasi» va mamlakatda yengil atletika rahbar organi – «Amerika havaskorlar yengil atletikasi ittifoqi» vujudga keladi.
Germaniyada birinchi yengil atletika musobaqalarini 1888 yilda Berlindagi kroket va futbol klublari tashkil qilgan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90-yillarda paydo bo’ladi. 1898 yilda yengil atletika rahbar tashkiloti – Germaniya yengil atletika boshqarmasi tuziladi.
Skandinaviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887 yilda Shvesiyada, 1897 yilda Norvegiyada va 1906 yilda Finlyandiyada rasm bo’la boshladi.
Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya va boshqa Markaziy Evropa mamlakatlarida yengil atletika sporti o’tgan asrning 90-yillarida rivojlana boshladi.
Ko’p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX asr oxirlarida qabul qilinadi.
Yengil atletika sporti taraqqiyotida qadimiy grek Olimpia o’yinlarning 1896 yilda qayta yo’lga qo’yilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik Olimpia o’yinlari sportning eng muhim turlaridan, shu jumladan, yengil atletikadan xalqaro kompleks musobaqalar bo’lib qoldi.
1965 yilgacha Olimpia o’yinlari faqat 15 marta o’tkazilgan edi. Harbiy harakatlar va boshqa sabablar bilan 1916 yilda Berlinda, 1940 yilda Tokioda, 1944 yilda Xelsinkida o’tkazilishi mo’ljallangan Olimpia o’yinlari bo’lmay qolgan edi.
Olimpia o’yinlarida yengil atletika musobaqalarining programmasi har doim o’zgarib kelgan.
1928 yilda Amstyerdamdagi IX olimpiadada birinchi marta ayollar uchun yengil atletika musobaqalari o’tkaziladi. Shundan keyingi barcha o’yinlarda ham bu musobaqalarda o’tkazib kelinadi.
Hozirgi zamon Olimpia o’yinlari birinchi marta 1896 yilda Afinada bo’lgan edi. Yengil atletika musobaqalarida atigi 12 mamlakat vakillari qatnashgan edi. Bu o’yinlar ko’pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari past edi.
1912 yilda Stokgolmda (Shvesiya) bo’lib o’tgan V Olimpia o’yinlari yengil atletika taraqqiyotida muhim bosqich bo’ldi. O’shanda yengil atletikaning ko’p turlaridan qator yillardan beri o’zgarmay kelayotgan jahon va Olimpia rekordlari yangilangan edi.
1912 yilda yengil atletikani rivojlantirishga va xalqaro musobaqalar o’tkazishga rahbarlik qiladigan organ – Xalqaro yengil atletika havaskorlari federasiyasi (IAAF) tashkil qilingan. Federasiyaning maqsadi – federasiya a’zolari o’rtasida hamkorlik o’rnatish, ustav va xalqaro musobaqalar o’tkazish qoidasini ishlab chiqishdan iborat edi.
Birinchi jahon urushidan keyin ko’p mamlakatlarda sport tushkun holatda edi. Shuning uchun ko’p mamlakatlar 1920 yilda o’tkazilgan XII Olimpia o’yinlarida qatnashmadi.
Bu o’yinlarda urushga qatnashmagan va mamlakatlarning vakillari (amerikaliklar, shvedlar va finlar) tuzukroq natijalarga erishdilar.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o’rtasidagi qariyb hamma olimpiadalarda yengil atletikadan Amerika Qo’shma SHtatlarining sportchilari katta muvaffaqiyatlarga erishib keldilar. Fransiya, Angliya, Germaniya, Shvesiya va Finlyandiya yengil atletikachilari ular bilan jiddiygina bellashar, ayrim turlarda esa ulardan tuzukroq natijalar ham ko’rsatar edilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin yengil atletika sporti taraqqiyotida anchagina o’zgarishlar bo’ladi. Bu davrda hamma mamlakatlar yengil atletikachilarning yutuqlari darajasi sezilarli yuksalgan, bu sport turida kuchlar nisbati o’zgardi. Sovet Ittifoqi boshchiligidagi sosialistik lager mamlakatlari sportchilari ayniqsa katta yutuqlarga erishdilar.
Jahon yengil atletikasi taraqqiyotida Xelsinkida o’tkazil-gan XV Olimpia o’yinlaridagi (1952 yil) musobaqalarning ahamiyati katta bo’ldi. Unda 70 mamlakat ishtirok etdi. Birinchi o’rinni AQSH yengil atletikachilari oldilar. Olimpia musobaqalarida birinchi marta qatnashgan sovet yengil atletikachilari ular bilan qattiq bellashib, ikkinchi o’rinni oldilar. Uchinchi o’ringa Angliya sportchilari chiqdilar. Chexoslovakiya yengil atletikachilari ancha yaxshi yutuqlarga erishdilar: E.Zatopek uzoq masofalarga yugurishda uch marta (5000, 10000 m va marafoncha) g’alabaga erishdi. D.Zatopkova nayza uloqtirishdan jahon rekordi qo’ydi. Vengriyalik sportchi I.Chermak bosqon uloqtirishdan yangi jahon va Olimpia rekordlari qo’ydi.
Melburndagi XVI olimpia o’yinlarida (1956 yil), ob-havo noqulayligiga qaramasdan, yengil atletika sportida, shubhasiz, o’sish borligi namoyish qilindi. Erkaklar yengil atletikaning 24 turidan 19 tasida, ayollar esa 9 turdan 8 tasi yangi Olimpia rekordlari (bundan 4 tasi jahon rekordlari) o’rnatdilar. Birinchi o’ringa AQSH yengil atletikachilar, ikkinchi o’ringa sovet sportchilari, uchinchi o’ringa Avstraliya yengil atletikachilari chiqdilar.
Jahon yengil atletika taraqqiyotida Rimda XVII Olimpia o’yinlari (1960 yil) kulminasion moment bo’ldi. SSSR va AQSH sportchilaridan tashqari, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi va Ruminiya sportchilari kuchlilar qatoriga o’tib oldilar. Hindiston va Afrikaning ba’zi mamlakatlaridan kelgan yengil atletikachilar ham yaxshigina yutuqlarga erishdilar. 1960 yilda SSSR sportchilar bosh Evropa mamlakatlarning yengil atletikachilari AQSH sportchilariga etib bo’lmaydi deb yurilgan turlarda (100 metrga, 200 metrga va 800 metrga yugurish, balandlikka sakrash) birinchilikni qo’lga kiritdilar. Ayollar yengil atletikasida-ku evropa sportchi ayollarining amerikalik ayollardan ustunligi aniq edi. Rimdagi Olimpia musobaqalarida amerikalik yengil atletikachilar birinchi marta mag’lubiyatga uchradilar va ikkinchi o’rinni egalladilar. Hammadan oldingi sovet yengil atletkachilari edilar.
Tokiodagi XVIII Olimpia o’yinlaridagi yengil atletikachilar musobaqalari yengil atletika tarixida nihoyatda katta voqea bo’ldi. Musobaqalar hamma qit’alar yengil atletikachilarning mahorati juda ham o’sib ketganini ko’rsatdi. 11 ta jahon rekordi qo’yildi va 70 dan ortiq Olimpia rekordlari yangilandi. Ko’p davlatlarning milliy yutuqlari jadvaliga 20 dan ortiq tuzatishlar kiritilgan.
Evropa mamlakatlarida yengil atletikani ommalashtirish va rivojlantirish, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish, maqsadida Osiyo atletik assosiasiya (OAA) tuzilgan edi. Bugungi kunda esa 42 davlatni birlashtirib turibdi.
Bunday musobaqalar, Osiyo va jahon kuboklari qiziqarli o’tganligi sababli musobaqalarga qiziqish juda katta.
Butun dunyo yengil atletikachilari uchun Osiyo va jahon chempionatlarini o’tkazib borish katta ahamiyatga ega.



Yüklə 114,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin