1– Ma’ruza. Sport turlari (engil atletika) bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi reja


Sakrashlar bo’yicha hakamlar brigadasi



Yüklə 114,2 Kb.
səhifə4/6
tarix09.09.2023
ölçüsü114,2 Kb.
#142131
1   2   3   4   5   6
1 маруза дарс

Sakrashlar bo’yicha hakamlar brigadasi (3-6 kishi) 1-2 brigadadan iborat bo’lishi yoki har bir sakrash turi uchun tashkil qilinishi mumkin. Katta hakam sakrashning to’g’ri bajarilganligini aniqlaydi, o’lchovchi hakamlar natijani o’lchaydilar, kerakli o’rinlarda to’siq o’rnatadilar. Kotib musobaqalar bayonnomasini yozib boradi va uni kotibiyatga topshiradi.
Hakamlarning ishchi brigadasi musobaqalarni o’tkazish joylarini tayyorlaydi, tegishli inventarlar, jihozlarni hozirlaydi va tozalaydi.
Musobaqa bosqichi. Bosh hakam vaqtning cho’zilib ketmasligi uchun musobaqalar borishini kuzatadi: musobaqalarning boshlanish vaqtini belgilaydi; katta hakamlar joylarda hal eta olmagan barcha bahsli masalalarni ko’rib chiqadi; hakamlar brigadasi ishini baholaydi; musobaqalarning har kunidan so’ng jamoalar vakillari ishtirokida hakamlar hay’ati kengashini o’tkazadi va musobaqa natijalarini tasdiqlaydi.
Uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash turlaridagi hakamlar urinishni bajarish uchun ruxsat beradilar, urinishga berilgan vaqtni nazorat qiladilar, qatnashchining chiziqni bosib olmasligini kuzatib turadilar, erga tushish nuqtasini aniqlaydilar, natijani o’lchaydilar. Muvaffaqiyatli urinishda oq bayroqcha ko’tariladi va natija inobatga olinadi, chiziq bosib olinganda ko’k bayroqcha ko’tariladi, urinish hisobga olinmaydi. Kotib har bir qatnashchi ko’rsatgan natijasini yozib boradi, muvaffaqiyatsiz urinishdagi natijalarni belgilab qo’yadi.
Balandlikka sakrash va langarcho’pga tayanib sakrash turlaridagi hakamlar boshlang’ich va keyingi balandliklarni o’rnatadilar, urinishni bajarishga ruxsat beradilar, urinishga beril­gan vaqtni nazorat qiladilar, balandlikning to’g’ri zabt qilinganligini aniqlaydilar. Muvaffaqiyatli urinishda oq bayroqcha, muvaffa­qiyatsiz urinishda ko’k bayroqcha ko’tariladi. Kotib musobaqalar bayonnomasini yuritadi, qatnashchilarni navbatdagi urinishga chaqiradi, bayonnomada muvaffaqiyatli urinishlarni “0” belgisi bilan va muvaffaqiyatsizlarini “X” belgi yordamida qayd qiladi, o’tkazib yuborilgan balandliklar yoki urinishlarni chiziqcha chizib qo’yish bilan belgilaydi.
Balandlikka sakrash sektori quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) yugurib kelish maydonchasi; 2) erga tushish joyi; 3) to’sin o’rnatiladigan ustunchalar.
Yugurib kelish maydonchasining yuzasi tekis bo’lishi kerak; yugurib kelish uzunligi kamida 15 m, maksimal yugurib kelish uzunligi cheklanmagan. Yugurib kelish maydonchasining yon tomonlaridagi va erga tushish joyining parametri bo’ylab kamida 1 m ga teng xavfsizlik zonasi bo’lish kerak.
Erga tushish joyi kamida 5x3 m (rejada) o’lchamli qalinligi 0,75-1 m ga teng bo’ladi. Ustunlarning balandligi 2,6 m. bo’lib, ular orasidagi masofa 4,00-4,04 m gateng. Ustunlar metaldan yoki istalgan boshqa yaroqli ashyodan tayyorlangan bo’lishi zarur.
Langarcho’pga tayanib sakrash musobaqalari sektori quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) yugurib kelish yo’lkasi; 2) erga tushish joyi; 3) langarcho’pni tirash uchun quti; 4) to’sin o’rnatish uchun ustunlar.
Yugurib kelish yo’lkasining eni 50 mm qalinlikdagi oq chiziqlar bilan chegaralangan, eni 1,22-1,25 m va uzunligi kamida 40 m li yo’lka. Yo’lkaning ikkala chetida kamida 1 m ga teng, erga tushish joyi atroftda esa kamida 1,5 m ga teng xavfsizlik zonasi bo’lishi zarur.
Erga tushish joyi yig’iladigan-ochiladigan bo’lishi va rejada kamida 5x5 m o’lchamlarga ega bo’lishi mumkin. Langarcho’pni tayantirish uchun mo’ljallangan qutining ikkala tomoni bo’ylab erga tushish uchun yozilgan to’shaklarga qarab xuddi o’shanday ashyodan to’shaklar zich qilib terib chiqiladi. Ular yugurib kelish yo’lkasi tomonga 1,3 m ga chiqib turadi. Langarcho’pga tayanish uchun mo’ljallangan quti metalldan, yog’ochdan yoki boshqa yaroqli ashyodan tayyorlanadi. Uning ogib turgan chuqurligi uzunligi 1,0 m ga teng.Yog’ochdan tayyorlangan quti tagiga keng qismidan boshlab qalinligi 2,5 mm va uzunligi 0,8 m bo’lgan tunuka mahkamlanadi. Quti yo’lka bilan teppa-teng o’rnatiladi. Ustunlar ixtiyoriy tuzilishga, 2 dan 6,5 m gacha balandlikda to’sinni o’rnatish hamda yugurib kelish yo’nalishida ko’pi bilan 0,4 m ga va erga tushish yo’nalishida ko’pi bilan 0,8 m ga (langarcho’pni tirash uchun mo’ljallangan qutining tayanch devorchasining ichki chetidan hisoblaganda) siljish imkoniga ega bo’lishi kerak. Har bir ustunga diametri 13 mm va uzunligi ko’pi bilan 75 mm bo’lgan, erga tushish tomonga qaratilgan dumaloq qoziqlar o’rnatilishi lozim.
Uzunligi 4,50q0,02 m ga teng to’siq qoziqlarda gorizontal holda yotishi kerak, uning uchlari bir xilda 50-100 mm qoziqdan chiqib turishi hamda to’sinning yassi qismining qoziqlariga tegib turishini taminlashi zarur. To’sin ogirligi 2,25 kg dan oshmasligi kerak. To’sinning qolgan o’lchamlari balandlikka sakrashdagiga o’xshash. Balandlikka sakrashlarda to’sin kamida 2 sm ga (ko’pkurashlarda 3 sm ga), langarcho’pga tayanib sakrashlarda mos ravishda 5 (10) sm ga ko’tariladi. Balandlikka sakrashlarda ko’tarishlar belgilangan tartibga ko’ra, masalan, 2 m gacha — 5sm, 2 m dan keyin 2 sm ga bajarilishi mumkin. Ishtirokchi musobaqalar boshlanishiga qadar sinov sakrashlarini boshlab beradigan boshlang’ich balandlikka talabnoma berishi kerak. Har bir balandlikda qatnashchi uchta urinishni bajaradi, ular bayonnomadagi yozuvga muvofiq navbatma-navbat bajariladi.
Balandlikka sakrash quyidagi holatlarda hisobga olinmaydi, agar qatnashchi:
-to’sinni urib tushirib yuborsa;
-to’sinni ustidan o’tmasdan ustunlar orasidan o’tuvchi vrrtikal tekislik orqasidan erga tushish uchun mo’ljallangan to’shaklar ustiga tegib ketsa;
-ustunlarning ikkala tomoni bo’ylab to’sin tekisligini davom ettiruvchi chiziqlarni bosib o’tsa;
-urinishni bajarish uchun ajratilgan vaqtni cho’zib yuborsa.
Langarcho’pga tayanib sakrashda quyidagi holatlarda natija hisobga olinmaydi, agar qatnashchi:
-tanasining istalgan qismi yoki langarcho’p bilan to’sinni urib tushirib yuborsa. Hakam langarcho’pni to’sindan yon tomonga qulab tushayotgan paytdagina olish huquqiga ega; langarcho’p to’sin tomonga qulayotgan bo’lsa, uni olishga hech kimga ruxsat etilmaydi. Agar katta hakam langarcho’p to’sinni urib tushirib yuborishi mumkin edi, deb hisoblasa, sakrash inobatga olin­maydi;
-to’sinni zabt etolmay, tanasining istalgan qismi yoki langarcho’p bilan erga tushish uchun mo’ljallangan to’shaklarga yoki tayanish yashigi tayanch devorchasining yuqori chekkasidan o’tuvchi vertikal tekislik orqasidagi sektor yuzasiga tegib ketsa;
-erdan uzilgandan so’ng yuqoridagi qo’lini (langarcho’pdagi holatiga ko’ra) ushlab olingan joyidan yuqoriroqqa o’tkazsa yoki pastdagi qo’lini yuqoridagi qo’lidan balandroqqa olib o’tsa;
-urinish uchun ajratilgan vaqtni cho’zib yuborsa.
Hakam musobaqalar belgilanishidan oldin langarcho’plarning quyidagi asosiy talablarga mosligini tekshirishi kerak:
- langarcho’pning tayanch uchi yumaloq qismga — “tiqinga” ega bo’lishi lozim;
- langarcho’pni buzilishdan ehtiyotlash maqsadida uning pastki qismini ko’pi bilan 700 mm ga o’rab chiqishga ruxsat beriladi;
- langarcho’pning ustki qismi silliq, hech bir moslamalarsiz bo’lishi kerak, ushlash joyini ko’pi bilan ikki qavat qilib yopishqoq tasma bilan o’rab chiqishga ruxsat beriladi. Langarcho’pning uzunligi, diametri, og’irligi va qanaqa materialdan ekanligi qat’iy belgilab berilmaydi.
Bu sakrashlar uchun mo’ljallangan sektor yugurib kelish yo’lkasidan, depsinish taxtachasidan va erga tushish uchun qumli chuqurchadan iborat. Yugurib kelish yo’lkasining uzunligi kamida 40 m, eni 1,22-1,25 m ga teng va 50 mm kenglikdagi chiziqlar bilan chegaralangan bo’lishi kerak. Depsinish uchun taxtacha yog’ochdan yoki boshqa yaroqli ashyodan tayyorlanishi kerak va uning o’lchamlari quyidagicha, eni 198-202 mm, uzunligi — 1,21-1,22 mm va maksimal qalinligi 100 mm. U yo’lka yuzasi bilan teppa-teng tuproqqa mustahkam o’rnatiladi va uning sirti oq rangga bo’yaladi.
Depsinish taxtachasi erga tushish chuqurchasining old chekkasidan quyidagi masofada joylashgan bo’ladi:
-uzunlikka sakrashda — 1 m dan 3 m gacha;
-erkaklar uchun uch hatlab sakrashda — kamida 13 m, ayollar uchun kamida 11 m.
Taxtacha va erga tushish chuqurchasining chekkasigacha bo’lgan masofa quyidagicha bo’lishi lozim:
uzunlikka sakrashda — kamida 10 m va uch hatlab sakrashda kamida 21 m.
“O’lchash chizig’i”ga mos keladigan taxtacha orqasida suratga olinadigan cheti indikatorli to’sin (taxtacha bosib olinganligini qayd qiluvchi moslama) o’rnatiladi. Uning uzunligi 1,21-1,22 m ga va eni 98-102 mm ga teng. Indikator 0,7 sm balandlikda yuzaga chiqib turadi, uning sirti yugurib kelish tomonidan va erga tushish chuqurchasi tomonidan 30° burchak ostidagi qiyalikka ega. Indikatorning chiqib turuvchi yuzasi yupqa qatlamda plastilin bilan qoplanadi va unda bosib olingan iz qayd qilinadi. Taxtachaning ikkala tomonida o’lchash chizig’i bo’ylab sektor yuzasiga eni 10 mm va uzunligi 50 sm bo’lgan oq chiziqlar chiziladi, 10 sm masofa narida ularga taxtachaning joyini bildirib turuvchi to’g’riburchakli ko’rsatkichlar (oq rangli qora yo’l chiziq bilan 45° burchak ostida) belgilanadi.
Uzunlikka sakrashlarda va uch hatlab sakrashlarda erga tu­shish uchun qum to’ldirilgan chuqurcha eni 2,75 m dan 3,00 m gacha bo’lishi va yugurib kelish yo’lkasi o’qiga nisbatan simmetrik tarzda joylashishi lozim. Chuqurcha qirralar bilan hoshiyalangan bo’ladi, ular yo’lka yuzasidan balandga chiqib turmasligi zarur, depsinish taxtachasiga yaqin bo’lgan qirra yo’lka darajasidan 3 sm ga past bo’lishi kerak. Chuqurchadagi qum nam, yumshatilgan va yo’lka yuzasi bilan bir xil darajada bo’lishi zarur.
Yugurib kelish yo’lkasining ikkala tomonida va chuqurchaning yon qirralari uzunasi bo’ylab xavfsizlik zonasi nazarda tutilishi kerak — kamida 1 m, chuqurchaning uzoq qirrasi orqasida esa — kamida 5 m. Bu zonaning yuzasi yo’lka yuzasi bilan bir xil darajada turishi lozim. Yugurib kelish yo’lkasining qoplamasi yugurish yo’lkalariga qo’yiladigan talablarga javob berishi zarur.
Sakrashlarda depsinish taxtachadan yoki yo’lka yuzasidan bir oyoqda bajariladi. Bunda indikatorni bosib olmaslik lozim. Uch xatlab sakrashda qatnashchi birinchi depsinishdan keyin o’sha oyoqning o’zi bilan, keyin boshqasi bilan erga tushishi, undan depsinib, chuqurchaga tushishi kerak. Sakrash natijalari tananing istalgan qismi (yoki qo’l) bilan qoldirilgan izdagi eng yaqin nuqtaga qarab o’lchash chizig’iga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq bo’ylab o’lchanadi.
Sakrash natijalari quyidagi holatlarda inobatga olinmaydi, agar sakrovchi:
-sakrashni bajarmay, taxtacha ustidan yoki uning yonidagi o’lchash chizig’i ustidan yugurib o’tib ketsa;
-depsinishda o’lchash chizig’idan o’tib ketsa yoki chiziqni bosib olsa;
-taxtachaning yon tomonidan depsinishni bajarsa;
-erga tushish paytida tananing istalgan qismi bilan chuqurchaning yon chekkasi tashqarisidagi sektor yuzasiga tegib ketsa, bunda erga tushishda qoldirilgan izga qaraganda depsinish taxtachasiga yaqinroq turib qolsa;
-sakrashni bajarib bo’lgandan so’ng erga tushish chuqurchasi bo’ylab orqaga qaytsa;
-sakrashda har qanday shakldagi saltodan foydalangan bo’lsa;
-urinish uchun ajratilgan vaqtni cho’zib yuborsa.
Uch hatlab sakrashda, agar sakrovchi depsinish chog’ida oyoqlarning navbatini buzsa, urinish inobatga olinmaydi.
Nayza, disk, bosqon uloqtirish, yadro itqitish, bosqon, sektor, “mo’ylov”, brusok, xavfsizlik to’ri, final musobaqasi, urinish, final kuch berishi, snaryadga tezlanish berish.
Uloqtirishlar bo’yicha hakamlar brigadasi (3-7 kishi) 1-2 brigadadan iborat bo’lishi yoki har bir uloqtirish turlari uchun tashkil qilinishi mumkin. Katta hakam uloqtirishlarning to’g’ri bajarilishini, uloqtirish paytida xavfsizlikka rioya qilinishini kuzatib boradi. O’lchovchi hakamlar natijalarni o’lchaydilar. Kotib bayonnoma yuritadi va uni kotibiyatga topshiradi. Turlardagi kotiblar musobaqalar bayonnomasiga qatnashchilar ko’rsatgan natijalarni yozib boradilar, yakuniy natijani aniqlaydilar va bayonnomalarni kotibiyatga topshiradilar.
Yakuniy bosqich. Bosh hakam jamoalar vakillari ishtirokida hakamlar hay’ati bilan yakuniy kengash o’tkazadi va bu erda musobaqalar natijalari uzil-kesil tasdiqlanadi; musobaqalar to’g’risida hisobot tuzadi, bu erda qatnashchilar soni, ishtirokchilar malakasi, jamoalarning egallagan o’rinlari, musobaqalar g’olib lar sovrindorlari ko’rsatiladi; hakamlar brigadasi va hay’ati ishini baholaydi. Uloqtirishlar turlaridagi hakamlar xavfsizlik texnikasini nazorat qiladilar; urinish to’g’ri bajarilishini, urinish uchun ajratilgan vaqtni kuzatib boradilar; muvaffaqiyatli urinishda natijani o’lchaydilar; snaryadlarni joyiga qaytaradilar. Maydondagi hakamlar urinishni bajarish uchun buyruq beradilar, shundan so’ng katta hakam qatnashchiga uloqtirishni bajarishga ruxsat beradi. Kotib qatnashchilarni navbatdagi urinishga chaqiradi, natijalarni bayonnomaga yozib boradi, muvaffaqiyatsiz urinishlarda chiziqcha qo’yib qo’yadi. Uloqtirish turlarida final musobaqalariga eng yaxshi natija ko’rsatgan sakkiz sportchi chiqadi. Ular yana uchta final urinishlarini bajarish huquqiga egalar. Agar ikkita yoki bir nechta ishtirokchilar, qaysi urinishda ekanligidan qat’iy nazar bir xil natija ko’rsatgan bo’lsalar, har bir qatnashchining kattaligi bo’yicha ikkinchi natijasi qaraladi va shunga qarab o’rinlar taqsimlanadi. Ikkinchi natija teng bo’lib qolganda uchinchi natija qaraladi. Agar hamma uchta natija bir xil bo’lsa, barcha qatnashchilar bir xil natija bilan finalga chiqadilar (9, 10 kishi). G’olib hamma oltita urinishdan eng yaxshi natijaga ko’ra aniqlanadi.

Yüklə 114,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin