1– Ma’ruza. Sport turlari (engil atletika) bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi reja


Nayza, granata, to’pcha uloqtirish



Yüklə 114,2 Kb.
səhifə5/6
tarix09.09.2023
ölçüsü114,2 Kb.
#142131
1   2   3   4   5   6
1 маруза дарс

Nayza, granata, to’pcha uloqtirish. Turgan joyidan yoki yugurib kelib (burilishlarsiz) uloqtiruvchi qo’lning elkasi yoki bilaki ustidan baja­riladi. Nayzani o’ralgan joyidan ushlash lozim. Nayza uloqtirish usulida hech qanday o’zgartirishlarga ruxsat berilmaydi. Final kuchlanishi fazasida qatnashchiga sektorga orqasi bilan burilishga ruxsat berilmaydi. Nayza erga borib tushmasdan yo’lkani tashlab chiqib ketishga ruxsat berilmaydi. Agar nayza erga tushish vaqtida boshqa qandaydir qismi bilan emas, uchi bilan erga tegsa, uloqtirish to’g’ri bajarilgan hisoblanadi. Granata va koptok uloqtirish ham nayza uloqtirish singari bajariladi. Nayza, koptok, granata uloqtiruvchilar yugurib kelish yo’lkasi cheti bo’ylab o’zlarining yugurib kelish joylarini belgilab olishlari mumkin, lekin yo’lkaga belgilar qo’yish man qilinadi. Qatnashchi belgini chamalab olish uchun musobaqa tashkilotchilari taqdim qilgan yopishqoq tasmadan yoki fishkadan foydalanishlari mumkin.
Nayza, koptok, granata uloqtirishlarda yugurib kelish joyi — bu gorizontal tekislikdagi yo’lka: uning uzunligi 30 dan 36,5 m gacha, eni — 4 m (butun uning uzunligi bo’ylab). Yo’lka oq chiziqlar bilan chegaralanadi. Chiziqning eni 5,0 sm bo’ladi va u yo’lka o’lchamiga kirmaydi; uning ikkala tomonidan kamida 1 m ga teng xavfsizlik zonasi bo’lishi kerak.
Uloqtirish egri chiziqli to’singa nisbatan 29° burchakli sektorga qarata bajariladi. Eni 7 sm bo’lgan to’sin yog’ochdan tayyorlangan bo’lishi yoki tuproqda oq rangli chiziq bilan belgilab qo’yilishi kerak. To’sin 8 m radius bo’ylab (ichki tomonidan) qayrilgan bo’lishi, uning xalqa bo’ylab uzunligi 4 m ga teng bo’lishi kerak. To’sinning ikkala tomonidan uzunligi 75 sm bo’lgan chiziqlar (“belgi” lar) belgilanadi.
Disk uloqtirish. Aylana ichidan, qatnashchi statik holatni egallab olgandan so’ng turgan joyidan yoki burilib (bir yoki bir necha marta), bir qo’lda bajarilishi kerak. Qatnashchi snaryad erga tushmagunga qadar aylanadan chiqib ketmasligi lozim. Qo’lqoplardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Bosqon uloqtirish. Qatnashchi statik holatni egallagandan so’ng aylana ichidan turgan joyida yoki burilib (bir yoki bir necha marta), ikkala qo’lda bajariladi. Barmoqlari ochiq qo’lqoplardan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar qatnashchi bosqonni aylantirayotganda aylana tashqarisidagi erni bosib olsa va otishni bajarmay turib aylanishni to’xtatsa, urinish inobatga olinmaydi; agarda u uloqtirishni bajarsa, urinish hisobga olinadi. Harakatlarni boshlashdan oldin qatnashchi bosqonni aylana tashqarisiga yoki ichiga qo’yish huquqiga ega. Bosqon uloqtirishda natija shar qoldirgan izning yaqin nuqtasiga nisbatan o’lchanadi
Yadro itqitish. Qatnashchi statik holatni egallab olgandan so’ng aylana ichidan turgan joyidan yoki harakatlanib bir qo’lda elkadan oshirib bajarilishi kerak. Yadro ushlab turgan qo’l elka darajasidan pastroq tushirib yuborilmasligi lozim. Agar yadro elka chizig’idan yon tomonga yoki orqaga chiqarib yuborilsa, urinish inobatga olinmaydi.
Uloqtirish sektorlarining yuzasi tekis va begona buyumlardan holi bo’lishi kerak. Yadro itqitish sektori chim yotqizilgan yoki yadro erga qulaganda iz qoldirishi mumkin bo’lgan qoplamadan iborat bo’lishi lozim. Qolgan hamma uloqtirish turlarida sektor chim yoki tuproq yotqizilgan bo’lishi zarur. Sektor yon tomondan kengligi 50 mm ga teng chiziqlar bilan chegaralanadi, u sektor maydoniga kirmaydi. Kengligi 50 mm yoysimon chiziqlar bilan uloqtirish joyidagi halqaning yoki egri chiziqli to’sinning ichki tomonidan boshlab masofa belgilab chiqiladi. Ularning eni belgilangan o’lchamga kiradi. Disk, bosqon uloqtirishda, yadro itqitishda sektor burchagi 40° ga teng; nayza, granata, koptok uloqtirishda 29° ga teng, sektor burchagining yuqori qismi uloqtirishlar uchun aylana markazida va nayza uloqtirish uchun egri chiziqdan 8 m narida turadi.
Disk, bosqon uloqtirish va yadro itqitish aylana bilan chegaralangan maydondan turib snaryad erga qulash sektoriga qarata bajariladi. Aylana yuzasi qattiq ashyodan tayyorlangan va tekis bo’lishi lozim. Bosqon uloqtirishda va yadro itqitishda aylananing ichki diametri 213,5 sm ga, disk uloqtirishda 250,0 sm ga teng. Halqa metalldan yoki istalgan qattiq ashyodan tayyorlanadi, halqaning balandligi 20 mm ga, eni 30 mm ga teng. Halqa oq rangga bo’yaladi. Yadro itqitishda halqaning oldingi qismi markazi bo’ylab sektorga qarata taxtacha o’rnatiladi, u halqani uning ichki chekkasigacha yopib turadi. Taxtachaning balandligi — 100 mm, eni — 114 mm, halqaning ichki yoyi bo’yicha uzunligi — 122 mm; taxtacha oq rangga bo’yaladi. Halqadan tashqaridagi yuzada aylana diametri davomida sektorning o’q chizig’iga perpendikulyar tarzda oq chiziqlar — “belgi”lar chiziladi, aylananing har bir tomonidan ularning eni — 5 sm va uzunligi — 75 sm. “ Belgilar aylanani old va orqa qismlarga bo’lib turadi.
Bosqon va disk uloqtirishlarda xavfsizlik maqsadida baland panjara o’rnatiladi, u xavfsizlik me’yorlariga javob berishi va 25 mG’s tezlik bilan uchib kelayotgan 2 kg li diskni va 29 mG’s tezlikda uchib kelayotgan 7,257 kg og’irlikdagi bosqonni to’xatib qolishga qodir bo’lishi lozim. Sektor chiziqlariga taqalgan panjara bo’g’imlari qo’zg’aluvchan bo’lishi kerak, ya’ni chap va o’ng tomondan uloqtirishlar uchun, darvoza ochilishi uchun mo’ljallangan bo’lishi zarur. Panjara olinadigan yoki statsionar bo’lishi mumkin. Panjara to’rining pishiqligi har yili tekshirib turilishi lozim. Halqa atroflda begona buyumlardan holi bo’lgan xavfsizlik zonasi bo’lishi kerak; yadro itqitishda — kamida 1 m bosqon va disk uloqtirishlarda — panjara to’rigacha bo’lgan oraliq atrofida. Erga qulash joyida xavfsizlik zonasi bo’lishi lozim: yadro itqitishda — kamida 1 m, bosqon va disk uloqtirishda — kamida 2 m.
T ayanch iboralar.

  1. Sport turlari

  2. Stadion

  3. Sportchi

  4. Murabbiy

  5. Stadionda yurish

  6. Ko’cha yo’llarida yurish

  7. Tabiiy sharoitda yugurish

  8. To’siq osha yugurish

  9. O’rta va uzoq masofaga yugurish

  10. Estafeta




Yüklə 114,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin