1– Ma’ruza. Sport turlari (engil atletika) bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi reja


ENGIL ATLETIKA TURLARINING TAVSIFLANISHI



Yüklə 114,2 Kb.
səhifə3/6
tarix09.09.2023
ölçüsü114,2 Kb.
#142131
1   2   3   4   5   6
1 маруза дарс

1.3. ENGIL ATLETIKA TURLARINING TAVSIFLANISHI
Yengil atletika musobaqa mashqlari turli tumanligi bilan tavsiflanadi va ularni bajarishning har–xil usullari hamda variantlari mavjud.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushirish uchun uni besh bo’limga bo’lib (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 47 turi Olimpia o’yinlari dasturiga kiritilgan(1-rasm).
1-jadval
Yengil atletikaning Olimpia o’yinlari dasturiga kiritilgan turlari



Bo’limlar

Turi

O’tkazilish joylari

Variantlar, usullar
va masofalar

Erkaklar

Ayollar



YURISH

Sportcha yurish

O’yingoh yo’lkalarida va shosselarda



20, 50 km.

20 km.

YUGURISH

Qisqa masofalarga yugurish

O’yingoh yo’lkalarida

100, 200, 400 m.

100, 200,
400 m.

O’rta masofalarga yugurish

O’yingoh yo’lkalarida

800, 1500 m

800, 1500 m

Uzoq va o’ta uzoq masofalarga yugurish

O’yingoh yo’lkalarida

5000 m,
10 000 m

5000 m,
10 000 m

Marafon yugurish

O’yingoh yo’lkalarida va shosselarda

42 195 m

42 195 m

Sun’iy to’siqlardan osha yugurish

O’yingoh yo’lkalarida

110 m g’/o,
400 m g’/o

100 m g’/o,
400 m g’/o

Tabiiy sharoitlarda yugurish

O’yingoh yo’lkasida to’siqlari osha yugurish

3000 m to’siqlar o/yu

3000 m to’siqlar o/yu

Estafetali yugurish

O’yingoh yo’lkalarida

4x100 m,
4x400 m

4x100 m,
4x400 m

SAKRASH

Yugurib kelib vertikal to’siqlardan sakrash

O’yingoh sektorida

Yugurib kelib balandlikkasakrash

Yugurib kelib balandlikkasakrash

Yugurib kelib balandlikka Langarcho’p bilan sakrash

Yugurib kelib balandlikka Langarcho’p bilan sakrash

Yugurib kelib gorizontal to’siqlardan sakrash

O’yingoh sektorida

Yugurib kelib Uzunlikka sakrash,

Yugurib kelib Uzunlikka sakrash,

Yugurib kelib Uzunlikka uch hatlab sakrash

Yugurib kelib Uzunlikka uch hatlab sakrash

ULOQTIRISH

Bosh ortidan boshlab uloqtirish

O’yingoh sektorida

Nayza

Nayza

Aylanib uloqtirish

O’yingoh sektorida

Bosqon uloqtirish,

Bosqon uloqtirish,

Disk uloqtirish

Disk uloqtirish

Itqitish

O’yingoh sektorida

Yadro itqitish

Yadro itqitish

KO’PKURASH

O’yingoh yo’lkalarida va sektorlarida

O’yingoh sektorida

O’nkurash (100 m, uzunlikkasakrash, disk uloqtirish, balandlikka sakrash, 400 m yugurish, 110 m g’/o yugurish, yadro itqitish, langarcho’p bilan sakrash, nayza uloqtirish va 1500 m yugurish (2 kunda).

Ettikurash (100 m, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, balandlikka sakrash, 100 m g’/o, yadro, nayza uloqtirish va 800 m yugurish (2 kunda).

Yuqorida keltirilgan jadvaldagi tasnifda bizning vatanimiz va xorijiy mamlakatlarda faqat ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalarga kiritiladigan asosiy turlar berilgan, yopiq sport saroylarida esa qisqartirilgan masofalarda musobaqalar tashkil qilinadi.


Olimpia o’yinlari, Jahon va Evropa birinchiligiga yengil atletikaning ko’p turlaridan faqat “klassik” turlari (1938 y.) kiritilgan.


1.4. ENGIL ATLETIKA TURLARI BO’YICHA MUSOBAQA QOIDALARI VA XAKAMLIKNI TASHKIL ETISH.
Tegishli federatsiyaning hakamlar hay’ati musobaqalar o’tkazish uchun bosh hakamlar hay’atini (BHH) tayinlaydi, u bosh hakam, bosh kotib, ularning o’rinbosarlari va yordamchilaridan iborat bo’ladi. BHH ishi uchta bosqichga bo’linadi: dastlabki bosqich, musobaqa va yakuniy bosqich.
Dastlabki bosqich. Bosh hakam vaziyatni o’rganadi, oldda turgan musobaqalarning o’tkazilish joyini tekshiradi, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar beradi.
Musobaqa bosqichi. Bosh hakam vaqtning cho’zilib ketmasligi uchun musobaqalar borishini kuzatadi: musobaqalarning boshlanish vaqtini belgilaydi; katta hakamlar joylarda hal eta olmagan barcha bahsli masalalarni ko’rib chiqadi; hakamlar brigadasi ishini baholaydi; musobaqalarning har kunidan so’ng jamoalarvakillari ishtirokida hakamlar hay’ati kengashini o’tkazadi va musobaqa natijalarini tasdiqlaydi.
Yakuniy bosqich. Bosh hakam jamoalar vakillari ishtirokida hakamlar hay’ati bilan yakuniy kengash o’tkazadi va bu erda musobaqalar natijalari uzil-kesil tasdiqlanadi; musobaqalar to’g’risida hisobot tuzadi, bu erda qatnashchilar soni, ishtirokchilar malakasi, jamoalarning egallagan o’rinlari, musobaqalar g’oliblari va sovrindorlari ko’rsatiladi; hakamlar brigadasi va hay’ati ishini baholaydi.
Yugurish brigadasi start beruvchi, xronometrist va marra guruhidan iborat. Xronometrist hakamlar guruhi (6-10 kishi) har bir qatnashchining masofani bosib o’tish vaqtini aniqlaydi. Marra guruhi (6-9 kishi) qatnashchilarning marraga etib kelish tartibotini, vaqt natijalariga tuzatishlar kiritish uchun (sprintda) qatnashchilar orasidagi masofalarni aniqlaydilar. Marradagi kotib natijalarni musobaqalar bayonnomasiga yozib boradi va uni kotibiyatga topshiradi. Bu brigadaga marradagi katta hakam mas’ul hisoblanadi.
110 m gacha bo’lgan masofalarga yugurish to’g’ri yugurish yo’lkasi bo’ylab o’tkaziladi, qolgan masofalarda yugurish va yurish aylanma yo’lka bo’ylab soat millariga qarama-qarshi yo’nalishda o’lkaziladi. 400 m gacha bo’lgan masofalarda har bir qatnashchi alohida yo’lka bo’ylab yugurishi lozim. 800 m masofalarga yugurishda qatnashchilar startdan birinchi burulish oxirigacha alohida yuguradilar. Alohida yo’lkalar bo’ylab yugurish musobaqalarida qatnashchilar soni yo’lkalar soniga qarab aniqlanadi, lekin 200 m gacha va undan uzoqroq masofalarga yugurishda ishtirokchilar soni 8 kishidan ortiq bo’lmasligi zarur. Yurish va yugurish musobaqalari shunday o’tkazilishi kerakki, g’olib va sovrindorlar finalda, bir-biri bilan bevosita kurashda aniqlanishi lozim. Ishtirokchilar soni juda ko’p bo’lganda musobaqalar bir necha davrada o’tkaziladi:
a) yugurishlar;
b) nimchorak final musobaqalari;
v) yarim final musobaqalari;
g) final musobaqalari.
Eng yaxshi natijalarga qarab ham g’oliblar aniqlanadi va hamma yugurishlar final musobaqalari deb e’lon qilinadi. Eng yaxshi natija ko’rsatgan va keyingi davra musobalariga yo’l olganlar qur’a tashlashda qatnashadilar: eng yaxshi natija ko’rsatgan 4 sportchi 3, 4, 5, 6-chi yo’lkalarda, qolgan 4 sportchi esa mos ravishda 1, 2, 7, 8-chi yo’lkalarda ishtirok etadi. Yugurish bo’yicha g’olib, final natijasiga ko’ra aniqlanadi. Yugurishlar orasidagi (bir nechta davra musobaqalari) tanaffus vaqti 200 m gacha (birga qo’shib) masofalarda oxirgi yugurish musobaqasi tugagandan so’ng kamida 45 minut, qolgan masofalarda (100 m gacha) kamida 1,5 soat bo’lishi kerak. Undan ham uzoqroq masofalardagi musobaqalar ertasi kuni o’tkaziladi.
Musobaqalarni o’tkazish uchun hakamlar brigadasi tuziladi: sakrashlar bo’yicha hakamlar brigadasi, stil (uslub) bo’yicha hakamlar brigadasi, mukofotlash va tantana marosimlari bo’yicha hakamlar brigadasi, axborot bo’yicha hakamlar brigadasi, ishchi brigada va ba’zi boshqa brigadalar.

Yüklə 114,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin