1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə50/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Tarixga nazar (Germaniya misolida)
Germaniya dizayn sohasida eng ilg’or mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu mamlakat dizaynida funksionalizm milliy meros sifatida tilga olinadi. Texnika, ishlab chiqarishda dizaynni tatbiq etishga alohida e’tibor, xavfsizlik, ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi, sanoat tejamkorligi, qo’llashning qulayligi ana shular jumlasidan. Nemis dizayni tarixini saqlanib qolgan plakat uslublaridan ham yaqqol sezish mumkin. Plakatstil – Germaniyadagi dastlabki modernism namunasidan tortib to birinchi buyumlar aks etgan Sachplakat, muallif dizayner Lyusyen Bernxard (Lucian Bernhard) tomonidan yaratilgan quvnoq reklama qiyofalari va ideallashtirilgan iste’molchilar obrazi Lyudvig Xolvayn (Ludwig Hohlwein) tomonidan chizilgan suratlarda o’z aksini topgan. “Plakat” (Das Plakat) jurnali va Yevropa mamlakatlariga plakat uslubini keng yoygan. Texnika buyumlariga bo’lgan alohida munosabatni XIX-XX asrlarda yashab ijod qilgan G.Zemper, F.Relo, G.Mutezius asarlarida ham uchratish mumkin. Odamlar ongida yangi texnikaviy buyum nafis ko’rinishi bilan o’z funksiyasi va ashyosini namoyon qiladi, degan tushuncha paydo bo’lgan edi. “Bauxauz” uslubini meros qilib olgan nemis dizayni shakl yaratish borasida modernizmning minimalizmga yo’naltirilgan an’anasiga amal qilar edi. Ulmansdagi shakl yaratish oliy maktabini “qayta tiklangan “Bauxauz” deb nomlashgan.
Ulmans maktabida to’rtta fakultet mavjud edi:
- sanoat-loyihalash;
- qurilish;
- vizual aloqalar (bosmaxona, grafika, fotografiya, ko’rgazmalar,
upakovkalar, film va televideniye);
- so’z aloqalari ( bu yerda radio, kino, televideniye – matbuot uchun so’z
axboroti bo’yicha mutaxassisliklar).
O’qish muddati to’rt yil qilib belgilangan. O’quv dasturlari loyihalash uchun
muhim bo’lgan fan va texnikaning yangi yutuqlari asosida tuzilgan edi. Barcha fakultetlarda kombinatorlik tahlili, statistika, tizimli dasturlash, fiziologiya va psixologiya hamda tarixiy va sotsiologiya fanlaridan bilimlar berilgan”.Har tomonlama chuqur ta’lim, nazariy fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy metodlarni bilish Ulmans maktabida loyihalashning asosiy shartlari sifatida belgilangan edi. Talaba o’z fikrini nafaqat tasvirlarda, balki chizmalarda, suratlarda, modellarda hamda og’zaki va yozma tarzda aks ettira olishi lozim edi.
Germaniyani avtomobilsozlik vatani deb ataydilar. Hammasi ikki muhandis– Karl Bens va Gottleb Daymler o’rtasidagi raqobatdan boshlangan edi. 1886 yilda har ikkala ixtirochi ham benzin bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini bir-biridan mustaqil tarzda yaratdi va patent oldi. Daymlerning birinchi avtomobili benzinda ishlaydigan 1,5 l.s quvvatga ega bo’lgandvigatelli kareta-aravani eslatar edi. U to’rtta g’ildirakni rement yordamida aylantirib, soatiga 16 kilometr tezlikda yurardi. Ammo bu mashina faqat ishlab chiqarishga tatbiq etilmagan namuna sifatida tarixda qoldi. 1889 yili Gottleb Daymler o’z yordamchisi Vilgelm Maybax bilan hamkorlikda yangi avtomobilni yaratishga muvaffaq bo’ldi va Parij ko’rgazmasida namoyish qildi.
Bugungi kunda mamlakat avtomobil sanoati dunyoda eng yuqori o’rinda turadi. Die Welt e’lon qilgan ro’yxatga ko’ra, Germaniya Federativ Respublikasidagi 500 ta katta daromad olgan firmalar ichida 5 ta ulkan konserndan uchtasi avtomobilsozlik korxonalaridir. Yetti yildan buyon birinchi o’rinni Volkswagen, uchinchi o’rinni Daimler, BMW esa bir yil ichida 6 o’rindan 4 o’ringa ko’tarildi. BMW esa 5 yil ichida yetti pog’onaga ko’tarildi, u hozir 5 o’rinda kelayotgan Siemens, korxonasidan ko’proq daromad qilmoqda. Ammo uning ishchi xizmatchilari bu elektrotexnika gigantining dunyodagi 336 ming ishchisidan uch marotaba kamdir. Undan tashqari mamlakatdagi eng kattaish beruvchilardan biri Deutsche Post DHL pochta-logistik konserni(mazkur ro’yxatda 11-o’rinda, ishchi xizmatchilar soni 480 ming nafar)sanaladi. Volkswagen ham ana shunday ulkan kompaniyadir. Yevropadagi eng ulkan avtomobilsozlik konsernining yillik daromadi 200 milliard yevroni tashkil etadi, ishchilar soni esa 573 ming nafar atrofida. Ulardan 260,5 ming nafari mamlakat ichkarisida va 312,5 minggi xorijiy mamlakatlarda ishlaydi. Volkswagen kompaniyasi guruhiga kiruvchi Audi, MAN va Porsche umumiy reytingda 15-, 45- va 55-o’rinlarni egallagan. Oltmishinchi yillarning oxirlariga kelib, davlatning sezilarli e’tibori natijasida dizaynerlik faoliyati tizimi umum millat miqyosida tashkiliy jihatdan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mavjud “Shakl yaratish markazlari” bilan birgalikda 1969 yili IKSID xalqaro axborot markazi tashkil etilib, uning maqsadi zamonaviy dizaynning dolzarb muammolari bo’yicha xalqaro axborotlarni jamlash va qayta ishlashdan iborat edi. Undan tashqari dizaynni zarur axborotlar bilan ta’minlovchi bir qator davlat institutlari tashkil etildi. Ular orasida bozor va reklama instituti, uy xo’jaligi instituti, mahsulot sifati instituti, rang psixologiyasi instituti va boshqalar bor.
1970 yili Frankfurt-na-Mayne va Darmshtadt shaharlarida muhitini loyihalash bo’yicha ilmiy institutlar tashkil etildi. Ularning vazifasi atrof muhitni muhofaza qilish sohasini tadqiq etish va rejalashtirish hamda uning yangi modellarini ishlab chiqishdan iborat edi. Endilikda nemis dizaynini moliyalashtirish borasida boshqa davlatlarga qaraganda kam e’tibor berilmoqda. Eng ko’p tarqalgan dizayn faoliyati sanoat korxonalarida tashkil etiladigan dizayn xizmatlaridir. Gannover xalqaro dizayn forumi – Germaniyadagi eng keksa dizaynerlik institutlaridan va xalqaro ahamiyatga molik eng nufuzli dizayn markazlaridan biri hisoblanadi. Uning xalqaro maydondagi nufuzi 1954 yildan buyon har yili tashkil etilib kelinayotgan dizayn bo’yicha ko’rik tanlov tufaylidir. Ko’plab sanoat firmalari va dunyodagi bir qator mamlakatlarning dizaynerlari uchun ushbu tashkilot ta’sis etgan sovrin eng nufuzli mukofot sanaladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin