1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


-MAVZU: O‘QUVCHILARDA DIZAYNGA OID BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI HOSIL QILISH JARAYONI



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə52/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

16-MAVZU: O‘QUVCHILARDA DIZAYNGA OID BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI HOSIL QILISH JARAYONI
BOSQICHLARI VA MAZMUNI

Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning texnik ijodkorligini rivojlantirishning kompetentli yondashuv mazmuni uch darajada: tayanch kompetentlik (o‘quv rejasidagi barcha blok fanlari uchun); umumkasbiy kompetentlik (o‘quv rejasidagi pedagogik-psixologik xamda umummuhandislik fanlari to‘plami uchun); maxsus kompetentlik (o‘quv rejasidagi kasbiy va ixtisoslik fanlari uchun) shaklida keltirilgan.


Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat turlariga ko‘ra barcha talablarni, ya’ni ularning kompetentlik, ijodkorlik darajasini quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin:
1) umummuhandislik va ixtisoslik fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy masalalarni hal etishda zarur bo‘ladigan maxsus kompetentlik va bu masalalarga ijodiy yondashish;
2) tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga imkon beruvchi kompetentlik;
3) ta’lim oluvchilarni pedagogik va metodik faoliyatga tayyorlashni ta’minlovchi pedagogik­metodik ijodkorlik va kompetentlik.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi avvalo ta’lim mazmunini loyihalash bilan bog‘liq quyidagi ko‘nikma va malakalar tizimini egallab olishi kerak:

  • o‘qitish maqsadlarini, ya’ni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirishni konstruktiv tasvirlash;

  • ta’lim oluvchilarda ma’lum kasb faoliyati bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;

  • bu ko‘rsatkichlarning aks etishiga imkon beruvchi chizmalar, sxemalar, loyihalar, texnik-texnologik hamda tashkiliy-iqtisodiy mashqlar va ta’lim metodlari, shaklini to‘g‘ri tanlash;

  • ularning ketma-ketligini aniqlash;

  • ta’lim oluvchilarda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarning shakllantirilishi va hokazolar borasidagi zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash.

Bizningcha, ijodkorlikni aniqlashda S.L. Rubenshteynning fikrlari aniq va lo‘nda bayon etilgan: uning ta’kidlashicha, «Ijodkorlik u qandaydir yangilik yaratuvchi faoliyatdir. U ijodkor yuksalishi tarixiga yangilik olib kiradi. SHu bilan birga, fan va madaniyat taraqqiyoti tarixida ham o‘z izini qoldiradi».
Ijodkorlik – «qayta shakllantirish», «mavjud shakl unsurlari yordamida yangi shakl yaratish demakdir». «Qayta shakllantirish» ijodkorligi o‘z ichiga oldindan ma’lum bo‘lgan shaklga o‘xshagan yangi shaklni kashf etishdir, ya’ni bu jarayon munosib bo‘lmagan shaklni, munosibrog‘i bilan almashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu degani, oldingiga qaraganda mukammalroq tarkibiy qismlarni joylashtirish demakdir. SHu kabi ijodkorlikni o‘rganish imkoniyatlarini isbotlash uchun qanday evristik, ya’ni yangi taklif va yo‘riqnomalarimiz borligini ko‘rsatishimiz zarur. Imkoniyatlarni, yangi yo‘llarni faol izlashimiz, narsalarni o‘rganish, chalg‘ituvchi va taxminiy fikrlarni aniqlay bilishimiz darkor. Bu holda o‘rganish imkoniyatlari asosiy yo‘nalishlarni idrok qilish, yo‘l va choralarni faol bilishga intilishni taqozo qiladi. Albatta, topilgan shakl– qoidalarimizga bo‘ysundirilishi darkor.
Ijodkorlik «bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkazish» – bu jarayonda qoidalarning yangi qolipi, chizmasi, ma’lum tuzilmalarning yangi turi yuzaga keladi. YAngi yaratilgan shakllar eski shakllarning yangicha talqini bo‘lmaydi. Lekin narsalarni anglashning haqiqatan yangi usullari va yangi shakllari sifatida paydo bo‘ladi, metaforalarning qo‘llanilishi – bu bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tkazish «transformatsion» ijodkorlikka misol bo‘ladi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishni tashkil etish metodikasi bevosita B.Blumning bilim olish sohasidagi o‘quv maqsadlari taksonomiyasi asosida quyidagi olti toifadagi asosiy o‘quv maqsadlaridan iborat holda qarab chiqildi:



Qo’llash

Tushunish

Baholash

Sintez

Tahlil

Bilish

O‘quv maqsadlarining ushbu olti asosiy kategoriyasining texnologik jarayonlarda va texnik ob’ektlarni qo‘llashda, kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini yurita olish kompetentligini shakllantirish jarayonidagi ko‘rinishlari tadqiq qilindi:


1. Bilish – ushbu kategoriya bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini yurita olish kompetentligini shakllantirish jarayonida egallangan texnik hamda texnologik ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish, mustaqil tafakkur yuritish natijasida qayta esga tushirish, ijodiy erkin fikrlash, mustaqillik xususiyatlarini namoyon etish kabi o‘quv maqsadlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
2. Tushunish – ta’lim olish turlarining bir turdan ikkinchisiga o‘zgarishi, bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ishlarni tushuntirishi, natijalariga ta’sir qiluvchi takliflar kiritish, texnik vaziyatlarning o‘zgarishini nazarda tutadi.
3. Amaliyotda qo‘llash – ta’lim jarayonida amaliy faoliyat bilan shug‘ullanish, texnologik jarayon hamda texnik ob’ektlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Ushbu faoliyat davomida texnologik jarayon va texnik ob’ektlarni qo‘llash qoidalari, usullari, shakllari nazariyalari sinab ko‘riladi.
4. Tahlil – texnologik jarayon hamda texnik ob’ektlar unsurlarini tahlil etib ular orasidagi munosabatni o‘rganish. Mustaqil ta’limni tashkil etish asoslarini bilish, tushunish va qo‘llashga qaraganda, yuqori intellektual darajali tavsiflanganligi sababli mustaqil bilim olish mazmunini hamda uning tarkibiy tuzilmasini bilishni talab qiladi.
5. Sintez – ta’lim natijalari talaba o‘quv faoliyatida mustaqillikka erishishni, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishini, mustaqil ijodiy ta’lim olishning adekvat usullarini, shakllari, ko‘rinishlari va tizimlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi.
6. Baholash - talabalar tomonidan mustaqil ijodiy ta’lim olish jarayonida egallangan bilimlar, metodlarni qabul qilingan maqsadni hisobga olgan holda baholash.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin