1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə54/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

II. Asosiy dizayn ta’limi
V-VII sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda dizayn ta’limini berish bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga asosan o‘quvchilarda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqdik(yog‘ochlarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi misolida).
V sinf: Materialni tejamli sarflash, texnik rasmi, loyihasi va chizmasi haqida tushunchalar. YOg‘ochga ishlov beruvchi kasblar. O‘ymakorlik.
Loyihalash, kompozitsiyalash, ishlov berish va iqtisodiy masalalarni hisobga olish. Buyumlarning maketini tayyorlash. Bezak elementlarini ko‘chirish hamda mustaqil ijodiy naqshlar tuzish. Mahsulotlarning badiiy
estetik xususiyatlarini tahlil qilish. Buyumlarning hajmli fazoviy tuzilishi. Praporsiya va marom. O‘zbekistonda badiiy hunarmandchilikni rivojlantirishning ahamiyati.
VI sinf: YOg‘ochga ishlov berish stanogi va parmalash stanogida dizayn buyumlar tayyorlash. Silindrik shakldagi buyumlar loyihasi. Naqsh turlari va ayrim xususiyatlar haqida tushunchalar. Naqsh turlari bo‘yicha eskizlar tayyorlash. Oddiy bezash ishlarini bajarish va buning uchun trafaretlar tayyorlash. Buyumlarni dizaynerlik echimlarini hal qilish mashqlari. Plastiklik. Rang va ranglar uyg‘unligi.
VII sinf: Konstruksiyalash elementlari, materiallarning xususiyatlari, yog‘och buyumlarning eskizlari va ularni tayyorlash, kompozitsiya tuzish. Assimmetriya haqida tushuncha, buyumlarga naqsh chizish. Loyihalar asosida buyum tayyorlash. Turli geometrik figuralardan tashkil topgan buyumlar loyihasi. YOg‘ochga ishlov beruvchi kasblarning umumiy xususiyatlari. Badiiy bezash ishlarida shakl, rang, tasvirlar va naqshlardan foydalanish. Badiiy harflar yozish, sayqal beruvchi bezatish asboblari bilan ishlash texnologiyasi. Mahsulotlarning sifati, estetik ko‘rinishi. Buyumning turlarini tahlil qilish. Dizaynerlik loyiha tuzish tartibini o‘rganish. Buyumning texnik mohiyati va go‘zalligi. Tayyor buyumlar sifatini tekshirish.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin