1-mashg’ulot: Kirish


Muskullar – hayvonlar va odamning harakat faoliyatini ta’minlaydigan mushak to‘qimalar



Yüklə 30,32 Kb.
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü30,32 Kb.
#176257
1   2   3   4   5
Biologiya to\'garak namuna

Muskullar – hayvonlar va odamning harakat faoliyatini ta’minlaydigan mushak to‘qimalar.

Bo‘g‘imlarda harakatlar, masalan, qo‘l-oyoqlarni bukish va yozish harakatlari, antogonist muskullar-bukuvchi va yozuvchi muskullarning galma-gal qisqarishi tufayli yuzaga keladi, bu muskullar bir-biriga mos, uyg‘un holda ishlaydi, chunki ularga nerv tolalari beruvhi (ularni innervatsiya qiluvchi) nerv markazlari galma-gal navbat bilan qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga o‘tadi.


Muskullarning ishi energiya sarflanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi uchun zarur energiyani adinozintrifosfat kislota (ATF) beradi.
Muskullardan oqib o‘tadigan qon ularni zarur oziq moddalar, kislorod bilan ta’minlab turadi va krbonat angidrid gazi, suv hamda muskullar ishlayotganda organik moddalrning parchalanishidan hosil bo‘ladigan boshqa mahsulotlarni olib ketadi.
Shundauy qilib, muskullar nechog‘li samarali va uzoq vaqt ishlashi ularning qon bilan ta’minlanib borishiga va, demak, yurak-qon tomirlari tizimi ishiga bog‘liqdir.
Qon ta’minoti zo‘r berib ishlab turgan muskulning ortib ketgan ehtiyojiga to‘g‘ri kelmay qolganida, organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar qonda to‘planadi. Bular muskulni innervatsiya qiluvchi nerv markazlariga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida ish qobiliyati pasayib, charchash xodisasi ro‘y beradi.
Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo‘yin, gavda, qo‘l va oyoq muskullari. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo‘ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovial suyuqlik bo‘ladi.






Yüklə 30,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin