23-MASHG’ULOT BOLALARGIJJASI,RISHTAVATRIXINELLANINGTUZILISHIVARIVOJLANISHI Tip.To’garakchuvalchanglar -Nemathelminthes Sinf. Haqiqiyto’garak chuvalchanglar yokinematodalar-Nematoda Kenjasinf.Sesernentlar-SecernenteaTurkum.Rabditida-RabditidaAvlod.Enterobiuslar -EnterobiusTur.Ostrisa-EnterobiusvermicularisAvlod.Drakunkuluslar-DracunculusTur. Rishta—Dracunculusmedinensis Kenjasinf.Adenoforealar-AdenophoreaTurkum.Enoplida-Enoplida Avlod.Trixosefalatlar - TrichocephalataTur.Trixinella-Trichinellaspiralis Ishningmaqsadi:ostrisa, rishta va trixinellaning tuzilishi va ko’payishini o’rganishdir.
Kerakli jihozlar:fiksasiya qilingan ostrisa, rishta va trixinellaning preparatlari, mikroskoplar, binokulyarlar, ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni.Bolalar gijjasi asosan kichik- yoshdagi bolalarda, ya'ni ingichka ichakning oxiri va yo’g'on ichakda parazitlik qiladi. Tashqi ko’rinishi askaridalarga o’xshaydi. Tanasi duksimon bo’lib, oldingi va keyingi uchlari ingichkalashgan (41-rasm).
Urg’ochisining uzunligi 9-12 mm, erkagi esa 2-5 mm keladi, biroq erkagining dum qismi gajaksimon qayrilgan boTib, urg’ochilarida aksincha ingichka va o’tkir uchli boTadi. Tanasining oldingi uchida og’iz teshigi joylashgan
Bolalar gijjasida qizilo’ngach oxiri sharsimon kengaygan. U bulbus deb ataladi. Erkaklarida qo'shilish organi - bir dona spikuladan iborat. Bolalar gijjasining voyaga yetgan urg’ochilari xo’jayinining to’g’ri ichagiga o’tib, kechasi uning anal teshigi atrofiga chiqadi, so’ng anus atrofidagi teri burmalari qatlarini teshib tuxum qo’yadi va o'zlari halok bo’ladi. Tuxum qo’yish davrida anus atrofida kuchli qichish yuzaga keladi. Ana shu vaqtda teri qashilganda parazitning tuxumlari tirnoq ostiga kirib qoladi. QoT orqali tuxumlar bolalar o’ynaydigan o'yinchoqlarga, idish-tovoqlarga va boshqa predmetlarga o’tishi mumkin. Shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarli rioya qilinmasa, bu tuxumlar og’izga tushadi va odamlar qayta zararlanadi (42- rasm).
123
42-rasm. Eojiajiap nnio K acH H H H r pHBoauiauHiu k h k j i h
Ichakka tushgan tuxumlardan 20-25 kun o’tgandan keyin jinsiy voyaga yetgan ostrisalar yetishadi. Bolalar gijjasi ko’pincha ichakning ko’r o’simtasi ichiga kirib qolib uning devorini yallig’laydi va appenditsitning qo’zg’alishiga sabab boMadi. Barcha yumaloq chuvalchanglar singari, ularda ham qon aylanish va nafas olish organlar sistemasi bo’lmaydi.
Rishta ayrim jinsli nematoda bo’lib, urg’ochilarining uzunligi 40-120 sm, erkak rishtaniki esa 12-30 sm. Biogelmint. Rivojlanish siklida ikki xo’jayin ishtirok etadi. Odam, maymun, mushuk, tulkilar va boshqa sutemizuvchilar oxirgi xo’jayini, chuchuk suvlarda yashovchi qisqichbaqasimonlarning vakili - sikloplar oraliq xo’jayini hisoblanadi. Jinsiy voyaga yetgan urg’ochi rishtalar
tirik lichinka tug’adi (43-rasm).