Tip. Halqali chuvalchanglar - AnnellidaKenja tip.Belbog’sizlar - ClitellataSinf.Zuluklar-Hirudinea Kenja sinf. Xaqiqiy zuluklar - EuchirudineaTurkum. JagMi zuluklar - GnathobdellaAvlod.Zuluklar-Hurido Tur.Tibbiyotzulugi-Huridomedicinalis O'quv mashg 'ulotiningntaqsadi:tibbiyot zulugining tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar:tirik va fiksasiya qilingan zuluklar, mikroskoplar, binokulyarlar, qo’l lupalari, o’tkir uchli qaychilar, vannachalar, suv to’ldirilgan idishlar, Petri kosachasi, ninalar, 10 %spirt, preparatlar va ko’rgazmali vositalar.
Ishningmazmuni. Tibbiyot zuluklari chuchuk suvlarda-buloqlar, hovuzlar va sekin oqar suvlarda hayot kechiradi. Ular yirik zuluklar hisoblanib, tanasining uzunligi 12-20 sm.gacha boMadi (47-rasm). Tanasi sariq-qoramtir yoki biroz yashil tusda, yelka tomoni bo’ylab bir necha sariq (qovoq) rangli chiziqlar borligi bilan boshqa zuluklardan farq qiladi. Tanasi dorzoventral tomoniga qarab biroz yassilangan.
Yelka tomoni qavariq, qorin tomoni esa yassi. Tanasining oldingi uchida og’iz so’rg’ichi (so’rg’ichning o’rtasida og’iz teshigi joylashgan), keyingi uchida esa ancha katta anal so’rg’ichi mavjud. Anal teshigi anal so’rg’ichining ustki qismida joylashgan. Zulukning tanasi segmentlarga bo’lingan, lekin bu haqiqiy segmentlar emas, chunki tashqi segment-halqalarning soni (102ta) ichki segmentlar soniga (33ta) teng emas. Segmentlarida parapodiy, tukchalar, paypaslagichlar boTmaydi.
Tana segmentlarining dastlabki 4 tasi qo’shilib og’iz so’rg’ichini, oxirgi 7 ta segmentlar esa anal (keyingi)' so’rg’ichni hosil qilgan. Oldingi va keyingi so’rg’ichlar qorin tomoniga qaragan boTib, yopishish organi boTib ham xizmat qiladi. Bosh qismining yelka tomonida besh juft ko’zchalari mavjud. Zuluklar terisining ustki tomoni yupqa kutikula bilan qoplangan, uning ostidagi bir qavatli epiteliyda shilimshiq modda ajratadigan juda ko’p bezlar joylashgan. Ichki organlarining orasidagi bo’shliq biriktiruvchi to’qima- parenxima bilan toTgan. Haqiqiy tana bo’shlig'i mavjud
140
emas. Zuluklaming og’iz bo’shlig'ida bir-biriga qarama- qarshi joylashgan xitindan iborat uchta jag’i mavjud. Ulaming ustki qismi qirrali, o’tkirlashgan bo’lib, unda 80-90 ta mayda tishchalar mavjud. Bular yordamida xo’jayinining terisini kesib, qonini so’radi. Shuning uchun ham terida zuluk qon so’rganidan keyin 3 qirrali chandiq izlari qoladi. Zuluklar halqumi atrofida bezlar joylashgan. Bu bezlar qonni ivitmaydigan maxsus modda-gimdin (antifibrin) ishlab chiqaradi. Gimdin qonni ivib qolishidan saqlaydi, natijada qon bir necha oy davomida ichakda ivimay saqlanadi va asta- sekin sarflanadi. Og’iz, halqumdan keyin endodermadan hosil bo’lgan o’rta ichak boshlanadi. 0 ’rta ichak 10-11 juft yon o’simtalar, ya'ni uchi berk xaltachalar hosil qiladi. Ularning eng so’nggi juft o’simtasi uzun bo’lib, u tananing oxirgi uchigacha cho’ziladi. Bu xaltachalarda gimdin bilan aralashgan qon uzoq muddatga ivimasdan saqlanadi. Shuning uchun ham zuluk 1-1,5 yil davomida qon so’rmasdan yashashi mumkin. Orqa ichak to’g'ri nayga o’xshash va anal teshigi bilan tugaydi. Ayiruv vazifasini bo’g’imlar bo’ylab joylashgan 17 juft metanefridiylar bajaradi. Tibbiyot zulugining nerv sistemasi halqum usti va uning bilan qonnektivalar yordamida tutashgan halqum osti nerv tugunlaridan, shuningdek qorin nerv zanjiridan iborat. Barcha zuluklar kabi tibbiyot zulugi ham ikki jinsli (germafrodit).
Erkaklik jinsiy sistemasi 9 juft urug’don (tananing o’rta
qismida) dan boshlanadi. Urug’donlarning har biridan qisqa urug’ yo’li chiqib, tananing ikki yonidagi ikkita urug’ yo’llariga kelib tutashadi. Urug’ yo’llari esa tananing oldingi tomonida bitta umumiy umg’ to’kish nayini hosil qilib, qo’shilish organiga kelib ochiladi. Qo’shilish organi zuluklaming o’zaro qo’shilishi vaqtida tashqariga qayrilib chiqish xususiyatiga ega. Urg’ochilik jinsiy sistemasi bir juft tuxumdon, qisqa tuxum yo’li va tor qin yo’lidan iborat. Jinsiy teshik 12-segmentdan tashqariga ochiladi.
141
Zuluklarda tuxumning urugManishi organizm ichida kechadi, tuxumlarini pillaga o’rab (9-11-segmentlardagi bezlar ajralib chiqargan suyuqlikdan) suv tubidagi, suv o’tlariga yoki qirg’oqdagi nam tuproqqa qo’yadi.
Ishning bajarilishi: tirik tibbiyot zulugining harakatini, rangini suvli idishga solib kuzating. So’ngra uni spirtga solib jonsizlantiring va tashqi tuzilishini o’rganing. Ichki organlarini o’rganish uchun yomg’ir chuvalchangini ochish usullaridan foydalaning.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Zuluklarning tanasi doimiy ravishda nechta sigmentdan iborat bo'ladi?
A.28;B. 33; S. 36; D.42;
2. Zuluk so’rgan qonni ivittirmaydigan modda?
A. Girudin; B. Xitin; S. Kutikula; D. Melanin;
3. Zuluk nerv sistemasi qanday tuzilgan?
A. Qorin nerv zanjiri; B. Ortogon; S. Tarqoq tugunli;
D. To'rsimon;
4. Zuluklar ayiruv tizimi nimadan iborat?
A. Metanefridiylar; B. Fagotsitar hujayralar; S. Protonef- ridiylar; D. Malpigi naylari;
5. Zuluklar tana segmentatsiyasi?
A. Doimiy; B. 0 ’zgaruvchan; S. Geteronom; D. Ichki segmentatsiya tashqiga mos;
6. Zuluklarda qonni quyilishga yo'l qo'ymaydigan qanday sekret ishlab chiqariladi?
A. Etolamin; B. Formalin; S. Gimofilin; D. Erudin; Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Zuluklaming tashqi va ichki tuzilishi.
2. Zuluklaming ko’payishi va rivojlanishi.
2. Zuluklarning biologiyasi va amaliy ahamiyati.
142
3. Tibbiyot zulugining morfo-anotomik tuzilishi aks ettirilgan rasmlarni chizing.