1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə51/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Tip. Mollyuskalar - Mollusca
Kenja tip. Chig’anoqIilar - Conchifera
Sinf. Plastinkajabraiilar yoki ikki pallalilar Lamellibranchiata bivalvia
Kenja sinf. Oldjabralilar - Prosobranchia
Turkum. Haqiqiy plastinkajabralilar - Eulamelli branchia
Avlod. Anadontalar - Anadonta
Tur. Oddiy tishsiz (anadonta) - Anadonta cygnea
Ishning maqsadi: oddiy tishsizning tuzilishini o’rganish.
Keraklijihozlar: vannachalar, tirik va fiksasiya qilingan tishsiz, chig’anoqlar, skalpellar, qaychilar, ninalar, pent- setlar, suv va ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Oddiy tishsiz (anadonta) chuchuk suv havzalari-ko’llar, hovuzlar, sekin oqar daryo va soylaming tubida tanasining oldingi tomonini loyga botirib yashaydi. Tanasi cho’zinchoq, yumshoq tanasi ikki palladan
147



iborat chig’anoqning orasida joylashgan. Boshi bo’lmaydi, ya'ni reduksiyalangan. Oyog’i ponasimon bo’lib, qorin tomondan chiqib turadi. Oyog'ini suv tubiga tirab, gavdasini asta-sekin tortib olishi orqali juda sekin harakat qiladi. Chig’anoq pallalari bir-biri bilan maxsus muskullar bilan (yelka tomondan) birikkan bo’ladi. Tishsiz chig’anog’i uch qavatdan iborat. Ustki qavati shoxsiraon modda-qonxiolin, o’rta qavat-oxakli va ichki qavat-sadafdan tashkil topgan (49- rasm).

49-rasm. Ikki pallali mollyuskalar chig’anog’i va mantiya kesmasi
1-chig’anoqning konxiolin qavati; 2-chig’anoqning chinni qavati;
3-chig’anoqning sadaf qavati; 4-mantiyaning ichki epiteliysi; 5-mantiyaning o’rta biriktiruvchi to'qima qavati; 6-mantiyaning tashqi epiteliysi.
Konxiolin qavatida yillik halqalar, ya'ni chiziqlar bo’ladi. Chig’anoqlar mollyuska tanasini o’rab turgan mantiya qavatidan shakllangan. Mantiya pardasi bilan tana oralig'ida mantiya bo’shlig'i hosil boTadi. Bu bo'shliq tananing oldingi qismida, qorin tomonida va keyingi uchida ochiq boTadi. Mantiya bo'shliqg'ida jabra va oyoq joylashgan.
14S



Tishsiz tanasining orqa tomonida mantiya ikkita naycha yoki sifon hosil qiladi. Ularning yuqorisidagi silliq devorli bo’lib, u chiqarish yoki kloaka sifoni deyiladi. Bu sifon orqali suv va qoldiq moddalar tashqariga chiqariladi. Uning pastida joylashgan naycha kirish yoki jabra sifonidir. U orqali esa mantiya bo’shlig'iga suv va oziq (mayda suv o’tlari, organik chirindilar) moddalar kirib turadi. Og’iz teshigi gavdaning oldingi uchida, ya'ni oyog'ining ostida joylashgan. Og’izning ikki yonida ikkita kurakchalari bo’lib, oziq zarralari kurakchalar yordamida og’iz teshigiga keladi va qizilo’ngach oraali oshqozonga o’tadi. Oshqozonga jigar yo’li ochiladi. Oshqozondan boshlanadigan o’rta ichak bir necha marta buralib orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak yurak qorinchasini teshib o’tadi va kloaka sifoni yonida anal teshigiga ochiladi (50-rasm).



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin