51-rasm. Daryo qisqichbaqasi - Astacus astacusning ichki tuzilishi (urg’ochisi)
1-ko’z; 2-oshqozon; 3-jigar; 4-qorinning yuqori arteriyasi; 5-yurak; 6-oldingi arteriyalar; 7-jabralar; 8-tuxumdon; 9-qorin nerv zanjiri; 10-qorin muskuli; 11-antennullalar; 12-antennalar; 13-orqa ichak.
Daryo qisqichbaqasining gavdasi 20 ta segmentdan, ya'ni bo’g’imlardan iborat bo’lib, bosh qismi 5 ta, ko’krak qismi 8 ta va qorin qismi 7 ta segmentlardan tashkil topgan. Bosh qismining birinchi segmenti akron, tanasining oxirgi segmenti esa telson deb ataladi. Bu segmentlaming har birida bir juftdan o’simtalar bo’lib, ular turli xil vazifalarni bajarishga moslashgan va o’z shakli jihatidan o’zgargan oyoqlar bo’lib hisoblanadi (52-rasm).
153
Qisqichbaqaning bosh qismida ikki juft mo’ylovlari bo’lib, birinchi segmentda joylashgan bir juft o’simtani antennula deyiladi. U ikkiga shoxlangan va bo’g’imlardan iborat bo’lib, kimyoviy sezgi organidir. Ikkinchi segmentdagi uzunjuft o’simta antenna deb ataladi. U tuyg’u organi hisoblanadi. Uchinchi bo’g’imdagi qalin xitin bilan qoplanib, ichki qirrasida tishchalari boMgan.
52-rasm. Daryo qisqichbaqasining tana o’simtalari (urg’ochisi)
1-antennullalar; 2-antennalar; 3-mandibulalar; 4-birinchi maksillalar;
5-ikkinchi maksiiialar; 6,7,8-jag’ oyoqlari; 9-qisqichi; 10,11,12,12-yurish oyoqlari; 14,15,16,17,18-qorin oyoqlari; 19-dum suzgichi.
Mandibulalari bo’lib, ular qisqichbaqa yordamida ovqat moddalarini tishlab bo’lakchalarga boMadi. Bosh qismning to’rtinchi segmentida joylashgan o’simtalar birinchi tartibli, beshinchi segmentidagisini esa ikkinchi tartibli maksillalar deb ataladi. Qisqichbaqaning ko’krak qismi 8 segmentdan tashkil topgan boMib, ularda uch juft jag’ oyoqlari va besh
154
juft yurish oyoqlari joylashgan.
Yurish oyoqlarining birinchi jufti boshqa oyoqlarga nisbatan uzun, yo’g'on va qisqichi kuchli rivojlangan bo’ladi. Qisqich ovqatni ushlab og’izga olib kelish va boshqa hayvonlardan himoya qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Ko'krak qismidagi 2-3 juft oyoqlarida ham kichik qisqichlar mavjud.
Yurish oyoqlarida (5 juftdan tashqari) jabralari bo’lib, nafas olishda ishtirok etadi. Jag’oyoqlari turli xil vazifalami bajaradi. Ular orasida 2 va 3 juftlari ancha rivojlangan. Bularning asosida ham jabralar joylashgan.
Qisqichbaqaning qorin qismi 7 segmentdan iborat bo’lib, shunga muvofiq holda har bir segmentda bir juftdan oyoqlar mavjud. Oxirgi segment-telsonda 5 ta plastinkalar bo’ladi. Ular bo’g’imlarga bo’linmagan va ancha yassilangan. Ular suzish jarayonida ishtirok etib rul vazifasini bajaradi. Erkaklarida 1-2 juft qorin oyoqlari qo’shilish organ vazifasini bajaradi.
Urg’ochilarida 1-2 juft qorin oyoqlari esa reduksiyalangan. Oxirgi qorin segmentida anal teshigi joylashgan. Daryo qisqichbaqasi ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm aniq ifodalangan.
Oldingi mashg’ulotda daryo qisqichbaqasining tana qoplag’ichlari ochib olingani bo’lgani uchun ana shu materiallardan foydalanib, uning ichki organlar sistema- larining tuzilishini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
a) Qon aylanish sistemasi ochiq, ya'ni aralash tana bo’shlig'i-miksotsel bo’lganligi uchun qon tomirlar sistemasi tutashmagan. Shunga ko’ra, qon tana bo’shlig'ining qismlari bo’lgan sinuslarda ham aylanib yuradi. Shuning uchun bunday aralash qon gemolimfa deb ataladi. Qisqichbaqaning yuragi yelka tomonda yurak oldi xaltachasida joylashgan. Yurakdan oldinga uchta, orqa tomonga bitta yurak arteriyasi chiqadi. Har qaysi qon tomiri bir qancha mayda tomirlarga ajraladi va tana bo’shlig'iga kelib qo’shiladi. Bu tomirlar
155
orqali oqib kelgan gemolimfa to’qimalarga kislorod beradi (53-rasm).
53-rasm. Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi
1-yurak; 2-yurak oldi xaltasi; 3,4-oldingi arteriyalar; 5-ustki qorin arteriyasi; 6-ko’krak arteriyasi; 7,8-oldingi va keyingi qorin arteriyalari; 9-qorin vena sinusi; 10-qon olib keluvchi jabra tomirlari; 11-qon olib ketuvchi jabra tomirlari.
To’qimalarda hosil bo’lgan karbonat angidridli venoz qon esa maxsus tomirlar orqali jabralarga boradi va u yerda kislorod bilan boyiydi. Jabralardan gemolimfa vena tomirlari orqali yana yurak oldi bo’linmasiga kelib quyiladi.
b) Qisqichbaqaning nafas olish organlari jabralardan iborat. Ularda jabralar uch qator bo’lib, jag’oyoqlari va yurish oyoqlari asosida joylashgan. To’xtovsiz harakatlar tufayli jabralarga suv kelib turadi. Natijada patsimon yupqa jabra tolalari suvda erigan kislorodni o’zlashtirib qonga o’tkazib beradi.
g) Ovqat hazm qilish sistemasi 3 bo'limdan, ya'ni oldingi, o'rta va keying ichakdan iborat. Oldingi va keyingi ichak ektodermadan hosil boTgan. Shuning uchun ulaming ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Oldingi ichak qizilo’ngach va kardial oshqozondan iborat boTib, uning ichki yuzasi ham xitinli kutikula bilan qoplangan boTadi.
v) Qisqichbaqaning ovqat hazm qilish sistemasi boshning
156
ostki qismida joylashgan og’iz teshigidan boshlanadi. Ichagi oldingi, o’rta va keyingi bo’limning keyingi qismida xitin, tishchalar va boshqa turdagi ovqatni maydalovchi moslamalari bo’lib, u «oshqozon tegirmoni» deb ataladi. Kardial oshqozonda maydalangan ovqat pilorik oshqozonga o’tadi. Bu yerda ovqat zarralari siqiladi va yirik zarralardan ajratilib, suyuq moddalar sizib o’rta ichakka o’tkaziladi. Maydalanmasdan qolgan ovqat zarralari pilorik oshqozonning maxsus tuzilishga ega bo’lganligi uchun o’rta ichakka tushmasdan to’g’ridan-to’g’ri orqa ichakka o’tadi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Qisqichbaqaning o’rta ichagi juda qisqa, unda ovqat hazm bo’ladi. Ovqatni so’rishda jigar ham muhim vazifani bajaradi.
g) Qisqichbaqaning ayiruv organlar shakli o’zgargan metanefridiylar, ya'ni juft ayirish bezlaridan iborat. Bu bezlar antennalarning asosida joylashgan va shu yerda tashqariga ochiladi. Bezning bir uchi kengayib qovuqqa aylangan. Gemolimfadan ajralgan suyuqliklar diffiiz yo’l bilan qovuqqa
yiqilib tashqariga chiqariladi.
d) Qisqichbaqalar ayrim jinsli bo’lib, erkaklarida bitta urug’don va undan chiquvchi urug’ yo’lidan iborat bo'ladi. Bu yo’lIar beshinchi juft yurish oyog'ining asosidan tashqariga ochiladi. Urg’ochilarida tuxumdon toq bo’lib, uning juft tuxum yo’llari uchinchi juft ko’krak oyoqlarining asosidan tashqi muhitga ochiladi.
e) Nerv sistemasi tomoq’ usti, tomoq’ osti nerv tugun- laridan va qorin nerv zanjiri (6 ta ko’krak va 6 ta qorin)dan iborat.
Ishning bajarilishi: qisqichbaqalami vannachada joylashtirib urg'ochi va erkaklarini farqlangan va tana bo’limlari chegaralarini aniqlang. Pinset yordamida qisqichbaqaning ko’krak va qorin qismidagi o’simtalarini ajratib oling. Keyin ularni bir varaq karton qog’ozi ustiga tartib bilan qo’yib chiqing. Qisqichbaqaning bosh qismidagi antennula, antenna, mandibula va jag’ oyoqlarini ajratib olib,
157
qo’l lupasi yordamida qarang.
Qisqichbaqaning ichki organlari tuzilishini o’rganish uchun uni qorin tomoni bilan chap qo’lning kaftiga qo’yib, qorin qismini biroz cho’zish kerak. Keyin jarrohlik pichog’i bilan boshko’krak qalqoni bilan qorin qismini birlashtirib turadigan yupqa parda kesiladi. Boshko’krak qalqoni ostiga qaychining uchi kirgizilib, uni ikkala yon tomonidan ko’zning oldiga qadar kesing. Undan keyin qalqonning oldingi tomonida kesishni ko’ndalang ravishda davom ettiring. Natijada boshko’krak qalqoni tanadan ajraladi. Shundan keyin qisqichbaqaning bosh qismini o’zingiz tomonga qaratib aylantiring va uning qorin qismidagi tana qoplag'ichini yon tomonidan telsonga qadar kesing. Telsonga yetgandan keyin qorin qismining oxirida yelka tomonidan qirqishni ko'ndalang davom ettiring. Shundan keyin qisqichbaqani vannachaga to’g’nag’ich yordamida joylashtirib, uning kesilgan tana qoplag’ichini olib tashlang. Buning uchun terining kesilgan qismini eng oxirgi segmentdan boshlab qisqich yordamida ajratib oling. Boshko’krak qalqonining keyingi qismidan sekin ko’tarib,
' uning ostidagi muskullami qaychi bilan qirqing. Qisqichbaqaning xitin qoplag’ichi olingach, uning ostida yupqa parda-gipoderma ko’rinadi. Uni ham kesib olib tashlagandan keyin qisqichbaqaning ichki organlari tuzilishini o’rganishga kirishing. Eng avvalo, qisqichba- qaning yelka tomonidagi yuragini kuzating, so’ngra tananing oldingi va orqa tomonlariga yo’nalgan qon tomirlariga e'tibor bering. Jabra qopqog’ini biroz qirqib, uning ostidagi jabra tolalarining tuzilishini o’rganing. Asosiy jabralar joylashgan oyoqlardan birini ajratib olib buyum oynasiga qo’ying, so’ng esa jabra tolalaridan birini olib binokulyar orqali kuzating. Ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni ajratib olish lozim. Buning uchun oshqozon atrofidagi muskullami kesib, uning ostki tomonidan qaychi bilan qirqish kerak bo’Iadi. Oshqozonning kardiai bo’limini ochib, ichidagi
158
xitindan iborat «tishcha»lariga e'tibor bering. Nerv sistemasini ko’rish uchun oldin o’rganilgan hamma ichki organlar olib tashlangandan so’ng qorin nerv zanjirini ko’rish mumkin.
2-ISH
Dostları ilə paylaş: |