Nafas olish organlari jabraiardan iborat bo’lib, ular raantiya bo’shlig'ida, ya'ni oyog'ining ikki yonida joylashgan. Jabralarda gaziar almashinuvi jarayoni kechadi.
Tishsizning qon aylanish sistemasi ochiq tipda boTib, bu sistemasi yurak va qon tomirlaridan iborat. Yurak tananing yelka tomonida, ya'ni yurak oldi xaltasida joylashgan. Yurak bitta qorincha va ikkita boTmachadan iborat. Yurak qorinchasidan oldingi va orqa tomonlarga aortalar chiqadi. Qon aortadan arteriyalarga o’tib, kapillyarlar yordamida butun tanaga tarqaladi. Karbonat angidrid bilan boyigan qon lakunlardan o’tib, venalar orqali jabraga keladi va oksidlanib yurakning boTmachalariga, undan yurak qorinchalariga o’tadi va aortalar orqali yana tanaga tarqaladi
Nerv sistemasi uch juft (bosh, oyoq, vitseral) nerv tugunlaridan iborat boTib, ular nerv tolalari bilan o’zaro tutashgan boTadi. Ayiruv sistemasi bir juft buyrak (tanasining keyingi ikki yonida joylashgan) va uning elementlaridan tashkil topgan. Tishsiz mollyuskasi ayrim
‘ jinsli hayvon hisoblanadi.
IshningbajarUishi:tirik tishsizni suvli akvariumga solib kuzating. Muskulli oyoqning harakatiga diqqat qiling, sifonlardan suvning kirishi va chiqishini kuzating. Buning uchun akvariumdagi tishsizning orqa tomoniga birorta rangli eritma (tush, yoki karmin) tomizing. Rangli eritmani sifonlar orqali kirishi va chiqishini aniqlang. Mollyuskaning ichki tuzilishini o’rganish uchun chig’anoq pallalari orasiga issiq suv qo'ying. Keyin jarrohlik pichog'ini tishsiz chig’anog'i pallalari orasiga tiqib, yopishuv muskullarini kesing. Yorilgan mollyuskani vannachaga solib ichki organlarini kuzating.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Baqachanoqning gavda bo'limlari?
150
A. Bosh, tana; B. Tana, oyoq; S. Bosh, oyoq; D. Qorin, oyoq;
2. Ikki pallali mollyuskalaming hozirgacha qancha turi fanga ma'Ium?
A. 5000; B. 10000; S. 15000; D. 20000;
3. Ikki pallalilarning lichinkasi nima deb ataladi?
A. Mirasidiy; B. Onkosfera; S. Serkariya; D. Troxofora;
4. Boshoyoqlilarning gavdasi necha bo'Iimdan iborat?
A. Bosh va oyoq; B. Bosh va tana; S. Tana va oyoq;
D. Tana va bosh;
5. Boshoyoqlilar tuxumlarini qayerga qo'yadi?
A. Mantiya bo'shlig'ida saqlaydi; B. Toshlar osti va substratlarga qo'yadi; S. Toshlarning ustiga qo'yadi; D.Tuxum qo'yib ko'paymaydi;
6. Boshoyoqli mollyuskalar sinfming lotincha nomi qanday?
A. Cephalopoda; B. Loricata; S. Gastropoda; D. Bivalvia;
7. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfining lotincha nomi qanday?
A. Bivalvia; B. Loricata; S. Cephalopoda; D. Gastropoda;
8. Boshoyoqli mollyuskalar yuragi tuzilishi qanday?
A. Qopchasimon kamerali; B. Naysimon kamerasiz;
S. Qopchasimon kamerasiz; D. Naysimon ko’p kamerali;
9. Qaysi lichinka oddiy tishsiz uchun xos?
A. Troxofora; B.Veliger; S. Gloxidiy; D.Planula;
10. Oddiy tishsiz qanday usulda oziqlanadi?
A. Yirtqichlik; B. Biofiltrlik; S. Parazit; D. Avtotrof;
11. Mollyuskalaming ichki organlarining qaysi qismi perikardiy deyiladi?
A.Yurak oldi xaltasi; B. Mantiya bo’shlig’i; S. Jabra bo’shlig’i; D. Oldingi ichak;