Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim? YUqorida qayd qilinganidek, sellar mavsumiy vaqtlarda sodir bo‘ladigan jarayonlardan ekan, shu vaqtlarda sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat ko‘rsatishning ayrim talablariga rioya qilish zarur. Ko‘p holatlarda aholining ma’lum qismi dam olish vaqtlarini tog‘li o‘lkalarda, daryo bo‘ylarida o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu bejiz emas, albatta. Lekin daryo bo‘ylarida vaqginchalik chodir qurishdan oldin joyning tabiiy sharoiti, relefi, atrof muhitning tuzilishi to‘g‘risida fikr yuritilib, so‘ng to‘xtash joyini belgilash kerak. YOg‘ingarchilik miqdori asta-sekin ortib borishi turgan joyni zudlik bilan o‘zgartirish lozimligiga bildirilgan birinchi ishoradir. CHunki suv miqdorining daryo va soylarda ortib ketishi dam oluvchilarga ortiqcha tashvish tug‘diradi. Mabodo shunday vaziyatda sel oqimlari belgisi sezilgudek bo‘linsa, tezlik bilan daryo o‘zanidan iloji boricha uzoqroq balandroq yonbag‘irga chiqib kegish zarur. YOg‘ingarchilik o‘tib ketgandan so‘ng vodiyga tushishga hech vaqt shoshilmaslik kerak, chunki birinchi sel oqimidan so‘ng keyingilari takrorlanishi mumkin.
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3-5 soat davom etadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, sellarning (keyingi bo‘limda berilayotgan toshqinlar kabi) yana bir xususiyati ular qo‘shni davlatlar hududida boshlanib boshqa davlat xududida katta talafotlar keltirishi mumkin. Farg‘ona vodiysining daryolarida, Zarafshon daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday manzaraga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. Albatta, bunday holatlarda ham, oldindan sel oqimlari keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha sel omborlari, ularni yo‘naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, sel xavfi bor joylarda yirik nisbatdagi, ayniqsa kichik xo‘jaliklarda 1:5000 va 1:10000 nisbatdagi xaritalar bo‘lishi kerak. SHu xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va aholining barcha tabaqalari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur.
SHu o‘rinda bir tarixiy voqeani keltiramiz. 1969 yili, bahor fasli. Toshkent viloyatining Pskom daryosi quyi oqimida joylashgan Sijjak, Bog‘iston, Nanay qishloqlarining aholisi yog‘ingarchilik ko‘p yog‘ishi oqibatida sel va ko‘chkilardan ko‘p zarar ko‘rishgan. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlari etishtiriladigan maydonlarda eroziya rivojlanib sel oqimlari ostida qolib ketgan. Pskom daryosining hayqirib, yirik-yirik xarsang toshlarni «po‘kak» kabi oqizib ketishini ham hayrat, ham qo‘rquv bilan kuzatganmiz.
Muammoning eng muhim tomoni o‘sha paytda maktab o‘quvchilariga tabiiy ofatlar to‘g‘risida kerakli ma’lumot berilmas edi. Go‘yo doim shunday bo‘lgan va bundan so‘ng ham shunday davom etadigandek. Vaholanki, bu jarayonlarga qarashli ma’lum chora-tadbir ko‘rish yo‘llari mavjudligiga hozirgi kunda guvoh bo‘lib turibmiz.
Bunday vokealarni Toshkent viloyatining Oqsok-Ota, Parkent, Ohangaron, Qorabau, Bo‘zsuv; Namangan viloyatining G‘ovasoy, Uyrursoy, Sumsar, Podsho Ota, Qashqadaryoning Oqsuv, Jinnidaryo, Tanxizdaryo, G‘uzor va boshqa havzalari misolida ko‘p keltirish mumkin.
Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo‘lmasin, ularning tarkibiy qismi, yo‘nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda barcha fuqarolar faol yashtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq etishlari va xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas’ul bo‘lishimizni davriing o‘zi taqozo etib turibdi.
Toshqin Tabiiy ofatlar ichida katta talafotlar keltiradigan, aholini og‘ir tahlikaga soladigan va qiska vaqt ichida shiddatli bo‘ladigani suv toshqinlaridir. Toshqin - turli sabablar natijasida daryolar, soylar, dengizlar, ko‘llarda suv sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelib, er yuzasining katga maydonlarini vaqtincha suv bosishiga aytiladi. Toshqinlar ko‘p holatlarda kuchli jala, harorat ko‘tarilishi bilan qor va muzliklarning keskin erishi natijasida havzalardagi suv miqdorining ko‘payishidai paydo bo‘ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag‘irlarda ko‘chki sodir bo‘lishi qoyalardan tog‘ jinslari o‘pirilishi bilan havzadagi suv toshib chiqishi va to‘g‘onlarning bexosdan buzilib ketishi oqibatida ham sodir bo‘lishi mumkin. Odatda bunday toshqinlar juda xavfli bo‘ladi. Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, dengiz suvini qirg‘oqlarga ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo‘ladi. Lekin, toshqinning bu turi mamlakatimiz hududlarida uchramaydi.