1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/18
tarix06.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#141695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
01-mavzu

Jahon axborot resurslari tushunchasi mohiyatini anglash uchun mavjud qonun va standartlar asosida asosiy tushunchalar mazmuniga aniqlik kiritish darkor. «Axborot resurslari», «axborot-kutubxona resurslari», «axborot ilmiy-ta’limiy resurslar» kabi tushunchalarni farqlash lozim.
Axborot resurslari matn ko‘rinishidagi materiallar, ovozli yozuvlar va tasvirlardir. Bu umumiy tushuncha bo‘lib, resurs axborotdan yaratiladi, lekin uning aniq bir shaklini anglatmaydi. Bu shunchaki tartibsiz ko‘rinishdagi, turli xil formatdagi hujjatlarning to‘plami, ya’ni ma’lumotlar massivi bo‘lishi mumkin.
Axborot-kutubxona resursi moddiy ob’yektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. Bu yerda «identifikatsiyalash uchun rekvizitlar» tushunchasi muhim o‘rin tutadi, chunki, mazkur ko‘rsatkichlar asosida hujjatni topish (identifikatsiyalash) mumkin. Rekvizitlar qat’iy qoidalar va kutubxonachilik standartlari asosida qo‘yiladi. Bu an’anaviy hamda elektron, virtual kutubxonalardagi ma’lumotlar qidiruv jarayonini shakllantirishda muhim jihatdir.
Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari – litsenziyalangan va taqrizdan o‘tgan ilmiy-ta’limiy axborotlar (jurnallar, maqola, kitoblar, multimedia va boshqalar). Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari muhim qiymatga ega bo‘lgan intellektual manbadir. Odatda har bir hujjat ma’lumotlar bazasi, jurnallar, tegishli to‘plamlarga kiritilishidan avval yetakchi olimlar, mutaxassislar tomonidan saralashdan o‘tadi. Bu hujjatlar tizimlashtiriladi, kataloglashtiriladi va operativ foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-ta’limiy axborotlarning ma’lumot bazalariga joylashtiriladi. Asosiy foydalanuvchilarni ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar tashkil etadi.
Jahon axborot resurslari – dunyoning yetakchi nashriyotlarining axborot resurslaridir. Bu axborot qidiruv tizimiga ega jamiyat tomonidan tan olingan, tizimlashtirilgan va tuzilmalashgan ilmiy-ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalaridir. Jahon axborot resurslari ro‘yxatiga yuqori impakt faktorli jurnallar, eng ko‘p iqtibos keltirilgan ilmiy monografiyalar, darsliklar, maqolalar va boshqa resurslar kiradi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin