Avtomatlashtirilgan loyixalashtirish;
Tashkiliy- boshqaruv;
Texnologik jarayonlarni boshqarish;
kabi turlarga boʻlinadi.
Ilmiy AT ilmiy xodimlar
faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni
taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun moʻljallangan.
Loyixalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar
va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan.
Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funkstiyalarini avtomatlashtirish
uchun moʻljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxona) xam nosanoat ob’ektlari (bank
birja, sugurta kompaniyasi) va ayrim offislar(ofislar tizimlari)ni
boshqarishning
axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan (metallurgiya, energetika).
Xar qanday axborot tizimining ishlash jarayonini quyidagi sxema bilan
ifodalash mumkin.
Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi
Qoʻllash soxasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini
qayta
ishlashning deyarli barcha tizimlari taminlash turlari deb ataladigan tarkibiy
qismlar toʻplamini oʻz ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, xukukiy,
axborot
tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga ajralishi qabul kilingan.
Axborot taminoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni
tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikastiyalashgan
tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini rastional xolga
keltirishni oʻz ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil kilish buyicha
uslublar va vositalar yigindisidir.
Dasturiy ta’minot - xisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash
tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir.
Texnik ta’minot ma’lumotlarini kayta ishlash tizimini
funktsiyalashtirish
uchun qoʻllanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta
ishlovchi namunaviy operastiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni oʻz
ichiga oladi.
Xuquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va funkstiyalashtirishni tartibga
soluvchi xuquqiy meyorlar yig’indisini oʻzida namoyon etadi.
Axborot
tizimini qayta ishlashning xuquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va
tayyorlovchi oʻrtasidagi shartnomaviy oʻzaro munosabatlar meyoriy aktlari,
chetga chiqishlarining xuquqiy tartibga solinishini oʻz ichiga oladi.
Lingvistik ta’minot inson va EXM muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash
samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish
va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini
oʻzida namoyon etadi.
Axborot tizimlarini xayotda qoʻllab qanday natijalar olish mumkin
Matematik metod va intellektual tizimlarni qoʻllab, boshqarishning optimal
variantlarini olish.
Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish.
Dostları ilə paylaş: