yaqinlashtirishga imkon yaratdi. SHunday qilib, axborot xizmatlari axborot
mahsulotlar qatorida zamonaviy axborot- kommunikatsiyalari texnologiyasi
asosiy tavsiflovchilaridan boʻlib hisoblanadi.
Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor
kirishning amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal
rivojlanishiga va axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi.
Axborotlashtirish jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga faol
ta’sir eta boshlagan 1970 yillar boshida bu sohada tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Dunyoda 1990 yillar boshida ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi
yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar mavjud edi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va YAponiyada oxirgi
yillarda
«on-line» (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi iqti-sodiyotning
axborot tarmog’idan mustahkam oʻrin egalladi. Ommaviy foydalanuvchilar
uchun moʻljallangan «on-line» tarkibiga kiradigan ma’lumotlar bazasi 1979-1988
yillar oralig’ida 40 tadan 4000 tagacha etdi. Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan
ortib ketgan.
Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va
toʻliqligi darajalariga yuqori talablar qoʻymoqda, chunki busiz samarali
marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas.
Dunyo miqyosida axborot xizmatlarining shakllanishi 50-yillar boshiga
toʻg’ri keldi. SHu bilan birga dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bozorida asosan
akademik, professional, davlat korxonalari, oʻquv yurti, ilmiy-texnika jamiyatlari
notijorat axborot xizmatlarini takdim etishdi. Bir vaqtning oʻzida tijorat axborot
xizmatlari ham shakllana boshlandi.
1970 yillar oʻrtalariga kelib ma’lumotlarni uzatishning milliy va global
tarmoqlarining tarkib topishi, foydalanuvchilarga uzoq masofada joylashgan
ma’lumotlar bazasiga kirib muloqjt asosida kerakli axborotni qidirishga imkon
yaratib berdi. Axborot mahsulotlarining koʻp qismini iqtisodiy axborot egallay
boshladi. Ushbu davrda foqdalanuvchilarga tijorat asosida xizmat koʻrsatadigan
axborot vositachilari keng faoliyat koʻrsata boshladi.
1980 yil boshlariga kelib axborot xizmatlari bozorida ma’lumotlar bazasini
optik disklarda taklif etadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan
holda telematn va videomatn xizmatlarini keng koʻlamda koʻrsatuvchi axborot
markazlari paydo boʻla boshladi. SHu vaqtning oʻzida ma’lumotlar bazasini
shakllantirish yoʻlida axborot xizmatlari, yirik nashriyotlar va tadqiqot firmalari
oʻz ishlarini boshladi. Axborot xizmatlariga boʻlgan talab darajasining oʻsib
borishi, ularning yuqori darajadagi rentabelligi ushbu biznes sohasida hisoblash
texnikalari ishlab chiqarayotgan firmalar, nashriyotlar va davlat tashkilotlarining
tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirib yubordi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarning
markazdan
uzoqda
joylashgan
rayonlarida axborot va telekommunikatsiya xizmatlari darajasining oʻsib borishi
aniq ijtimoiy va iqtisodiy foyda olishga zamin yaratmoqda. Interaktiv xizmatlar
tarmoqlarga kirishga imkon boʻlgan fermerlar bozordagi qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari narxlari haqida aniq axborotga ega boʻlishga; qishlok sharoitida
yashayotgan kishilar esa teletibbiyot vositalari asosida shaharlik vrachlar
maslahatlarini olish va qishloq bolalari axborot tarmoqlari asosida oldin
ololmagan bilimlarga kirib, zarurlarini tanlab olish va foydalanish imkoniyatiga
ega boʻlishmokda. Bizning mamlakatimizda ham shunday imkoniyatga erishish
uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
a) milliy iqtisodning turli tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni jalb
qilishni rag’batlantirish;
b) barcha axborotdan foydalanuvchi va ularni etkazib beruvchilarga
global kompyuter tarmog’iga erkin kirishlariga imkon yaratish;
v)
axborot-kommunikatsiyalar
bozoridagi
dinamik
oʻzgarishlarga moslashadigan me’yoriy-huquqiy bazani tarkib
toptirish;
g) taqdim etilayotgan xizmatlarning xilma-xilligini ta’minlash;
d) intellektual mulk huquqini himoya qilish.
Axborot-kommunikatsiyalar bozoriga oʻz mahsulotlari bilan turli xildagi
tashkilotlar, davlat agentliklari, tijorat firmalari, savdo assotsiatsiyalari va
notijorat korxonalar ham chiqishi mumkin.
Oʻzining axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasini shakllantirgan
mamlakatlargina global iqtisodga kirib borishi mumkin. Ushbu jarayonlarga
toʻsqinlik qilgan mamlakatlar esa butun ishlab chiqarish faoliyatiga,
tadbirkorlarga va umuman jamiyat rivojiga turli shaklda zarar keltirishi mumkin.
SHuning uchun ham koʻpgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish, qishloq
xoʻjaligi yoki axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng koʻlamda
qoʻllashga qaror qildi. CHunki ular qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish va
xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb qiladigan «yadro»
boʻlib xizmat qiladi.
Koʻpgina
mutaxasisslar
telekommunikatsiya
industriyasini
keng
rivojlantirish kerakligi haqida fikr-mulohazalar berishmokda, lekin bu jarayon
katta moliyaviy mablag’larni talab qiladi. Butunjahon banki hisob-kitoblariga
qaraganda, XXI asr boshlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalari kerakli axborotni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va taqdim etish
uchun zarur boʻlgan butunjahon axborot infratuzilmasini barpo etishga har yili 60
mlrd. AQSH dollari kerak boʻladi.
Jahon amaliyoti tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohasida
mehnat resurslarining kundan-kunga axborot tarmog’iga koʻchib oʻtish ten-
dentsiyasi ortib bormokda. 1990 yil oxiriga kelib AQSH ning barcha mehnat bilan
band aholisining yarmi, ya’ni 60-70 mln. kishi axborotni yig’ish, qayta ishlash,
saqlash, tarqatish va interpretatsiya qilish bilan mashg’ul boʻlgan. G’arb
iqtisodchilari axborot mahsulotlariga erkin kirishni erkin raqobat bilan bir qatorga
qoʻyadilar. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bilan bog’liq boʻlgan faoliyatning
jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromaddagi ulushi 10 % ni tashkil
qilayotgani, shuning 90 % i AQSH, YAponiya va G’arbiy Evropa mamlakatlariga
toʻg’ri kelayotgani bejiz emas.
Axborot asri ish joylarini zamonaviy hisoblash vositalari bilan jihozlash va
tadbirkorlik muhitidagi iste’molchilarga aloqa xizmatlaridan joriy darajada
foydalanishga imkoniyat yaratib berishi lozim. CHunonchi:
a) har bir inson er sharining hoxlagan nuqtasidan turib ishdami, uy
sharoitida yoki transportdan turib boshqa kishi bilan ulanish imkoniyatiga ega
boʻlishi;
b) uzatilayotgan axborot turining qanaqa boʻlishidan qat’iy nazar «bir
kishi - boshqa kishi bilan» turidagi aloqaning amalga oshishi;
v) kengash a’zolarining hohlagan shahar yoki mamlakatda boʻlishidan
qat’iy nazar konferentsiya, ishbilarmonlik kengashlarini oʻtkazish imkoniyati;
g) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan
ma’lumotlar bankidagi turlicha axborotga kirish imkoniyatining tug’ilganligi;
d) uydan turib tibbiy yordam, koʻrsatishning mumkinligi;
e) elektron pochta va axborotni faksimil aloqa asosida uzatish.
SHunday qilib, jamiyatimizning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarini qoʻllash iqtisodiy oʻsish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va
aholi bandligini ta’minlash borasida katta imkoniyatlar tug’diradi. SHuningdek,
mamlakatni axborotlashtirish darajasi uning iqtisod borasidagi raqobatbardoshligini
va qudratini baholashning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: