1 mavzu. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’limni boshqarish Reja


Ta’limda iqtisodiyot va rahbarning moliyaviy kopetentligi o‘quv kursi quyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 337 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü337 Kb.
#121974
1   2   3   4
1-mavzu Ta\'limni boshqarish

Ta’limda iqtisodiyot va rahbarning moliyaviy kopetentligi o‘quv kursi quyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘quv yurtlari faoliyatini, iqtisodiyoti va moliyaviy imkoniyatlarini prognoz qilish va rejalashtirish, hamda maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rganish;

  • kadrlarni joy-joyiga oqilona qo‘yish, vazifalarni taqsimlash, kichik tizimlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik aloqalari o‘rnatishni o‘rganish;

  • ta’limga oid axborot tizimini tashkil etish va undan foydalanishning samaradorligini ta’minlashni;

  • har tomonlama nazorat, tahlil, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni;

  • ta’lim muassasalari menejerlarining iqtisodiy va moliyaviy savodxonligi, malakasi va mahoratini oshirish tizimini.

1.4. «Ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi» kursining predmeti va uni o‘rganish metodlari. Jamiyatda amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ta’lim sohasidagi faoliyat sharoitlari o‘zgarishiga olib keldi.
O‘zbekistonda iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga o‘tilishi ta’lim sohasi muassasalarini bozorga qarab mo‘ljal olishga da’vat etadi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda pedagogik jarayon va boshqaruv faoliyatining mazmuni rivojlanishini ta’minlovchi boshqaruv zarur. O‘quv yurti bozordan saboq ola boshlagan taqdirdagina samarali ishlashi mumkin. Uning marketing faoliyati va marketing tadqiqotlari, strategik boshqaruv, yagona komanda sifatidagi pedagogik jamoa kabi unsurlari, ta’lim xizmatlari buyurtmachilari, eng avvalo ota-onalar, ta’lim oluvchilar va ishlab chiqarishning individual ehtiyojlariga qarab mo‘ljal olish o‘quv yurti rahbari faoliyatining mazmunini yangilashni nazarda tutadi.
Boshqaruv prinsiplarini ro‘yobga chiqarish turli xil metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Menejment metodlari - tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob’ektga ta’sir ko‘rsatish usullari. Mazkur metodlar menejmentning muayyan vazifalarini yechish orqali maqsadlarni qo‘yish va amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va boshqa resurslarni qisqartirishga yordam beradi.
Menejmentning mazkur metodlari jamoaga va ayrim xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ularni mehnat jamoasi va insonga boshqaruv ta’siri ko‘rsatish usullari sifatida tushunish o‘rinli bo‘ladi.
Boshqaruv metodlari muayyan yo‘nalishi, mazmuni va tashkiliy shakli bilan tavsiflanadi. Menejment amaliyotida quyidagi metodlar farqlanadi:
- tashkiliy-ma’muriy metodlar;
- iqtisodiy metodlar;
- ijtimoiy-psixologik metodlar.
Menejmentning tashkshiy-ma’muriy metodlari boshqarilayotgan ob’ektga yozma yoki og‘zaki tarzda beriladigan buyruq, farmoyish, operativ ko‘rsatmalar, ularning bajarilishi ustidan nazorat orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bu metodlar mehnat va xo‘jalik qonunchiligining huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Tashkilotda mazkur metodlar namoyon bo‘lishining uch shakli farqlanadi:
1) majburiy ko‘rsatma (buyruq, taqiq);
2) kelishuv taomillari (maslahatlashish, murosaga kelish);
3) tavsiya, istaklar (maslahat, tushuntirish, taklif).
Mazkur metodlar ko‘rsatmalar mazmunining aniqligi, buyruqlar va farmoyishlarni bajarishning majburiyligi bilan ajralib turadi. Ko‘rsatmalar, buyruqlar va farmoyishlarni bajarmaslik ijro ingtizomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish deb qaraladi va muayyan jazolar tayinlanishiga sabab bo‘ladi. Buyruq va ko‘rsatmalar belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Mohiyat e’tibori bilan, bu majburlov usullaridir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlariga rahbar va xodimning bevosita aloqasi kiradi.
Iqtisodiy metodlarga markaziy o‘rin ajratiladi, chunki boshqaruv munosabatlari eng avvalo iqtisodiy munosabatlar, odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.
Mazkur metodlar qo‘llanganida qo‘yilgan maqsadga xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishiladi. Iqtisodiy metodlarga real yovdashuv tashkilotning mustaqilligi sharoitidagina mumkin. Iqtisodiy metodlar ishlab chiqarish zahiralarini aniqlashga ko‘maklashadi va xodimlarning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tizimini o‘zgartirishni talab etadi.
Tashkiliy-ma’muriy metodlardan farqli o‘laroq, iqtisodiy metodlar umumiy rejalarni va ularni amalga oshirish vositalarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu xo‘jalik munosabatlarida iqtisodiy mexanizmni faollashtiradi.
Ijtimoiy-psixologik metodlarning bosh maqsadi - jamoada tarbiyaviy, tashkiliy va iqtisodiy vazifalarni yechishga yordam beradigan ijobiy psixologik muhitni yaratish. Rahbar faoliyati muvaffaqiyatining 15% ni kasbiy bilimlar va 85% ni - odamlar bilan ishlash ko‘nikmasi belgilaydi. Har bir inson fe’li va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlarini bilgan holda, uning jamoa uchun zarur yo‘nalishdagi xatti-harakatlarini prognoz qilish mumkin. Ijtimoiy-psixologik metodlar mehnatga ma’naviy stimullardan foydalanishga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishga va ma’muriy vazifani insonning ongli burchiga aylantirishga yordam beradigan boshqa jarayonlarga asoslanadi. Odamlarga ta’sir ko‘rsatishning asosiy vositasi - ishontirish. Jamoatda ijtimoiy-psixologik rahbarlik ob’ekti xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ularning mehnat vositalariga bo‘lgan munosabati hisoblanadi.
Menejerning bosh vazifasi qarorning bajarilishini tashkil etish, mazkur jarayonni muvofiqlashtirish va uning ustidan nazoratni ta’minlashdir. Ya’ni nazorat boshqaruvning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U ikki tomonlama aloqa shaklini kasb etadi va qarorni bajarish, qo‘yilgan maqsadlarga erishish haqida axborot olish uchun imkoniyat yaratadi.
Ba’zan menejment - iqtisodiy fan degan fikr ilgari suriladi. Albatta, menejment nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotni bilishni taqozo etadi. Shu ma’noda u iqtisodiy fan hisoblanadi.
Shu bilan bir vaqtda hozirgi bosqichda menejment bilimning pedagogika, psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, sotsiologiya kabi va boshqa mustaqil tarmoqlariga tayanadi. Ayni shu sababli menejment fanlararo fan hisoblanadi.
Menejmentning turli xil muammolari bilimning turli tarmoqdari vakillari tomonidan tadqiq etiladi. Bunda muayyan fan yutuqlaridan muayyan vaziyatga tatbiqan foydalaniladi.
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy munosabatlar hisoblangani bois, menejment ijtimoiy fanlarga kiradi.
Ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi amaliy fan hisoblanadq chunki inson faoliyatining muayyan amaliy vazifalarini hal qiladi, ijtimoiy-amaliy muammolarni yechishda fundamental fanlarning natijalaridan foydalanadi. Bu bilan ta’limda menejment vazifasi tabiat, jamiyat va tafakkurning o‘zaro aloqasini belgilovchi qonunlarni bilishdan iborat bo‘lgan nazariy fanlar (falsafa, axloq va b.)dan farq qiladi.
O‘quv yurti faoliyatining maqsadlarini belgilash falsafa, axloq, siyosatshunoslik, milliy iqtisodiyot, geosiyosat, tashkilot nazariyasi yutuqlariga asoslanadi.
Axborotni qidirish, yig‘ish, tizimlashtirish, qayta ishlash va saqlash kabi funksiyalarni o‘rganishda bilimning informatika, axborot texnologiyalari, matematika kabi tarmoqdari, shuningdek iqtisodiy fanlar ishtirok etadi.
Boshqaruv vaziyati va ish sharoitining tahlili psixologiya, huquq, mantiq, kibernetika, ehtimollik nazariyasi kabi fanlarning yutuqlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Boshqaruv qarorini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonini tahlil qilishda axloq, mantiq, psixologiya, huquq kabi fanlardan foydalaniladi.
Qarorlarni bajarishni tashkil etishda pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, valeologiya, iqtisodiy va moliyaviy fanlar ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
Shunday qilib, ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi asosan amaliy fan hisoblanadi, chunki inson faoliyatining muayyan amaliy vazifalarini hal qiladi, ijtimoiy-amaliy muammolarni yechishda fundamental fanlarning natijalaridan foydalanadi.




Yüklə 337 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin