1 mavzu. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’limni boshqarish Reja


Pedagogik jarayonni boshqarish nimadan boshlanadi?



Yüklə 337 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü337 Kb.
#121974
1   2   3   4
1-mavzu Ta\'limni boshqarish

Pedagogik jarayonni boshqarish nimadan boshlanadi? Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv vaziyatlari bo‘yicha qaror qabul qilish, kafolatlangan natijani qo‘lga kiritish, nazorat qilish, kasbiy faoliyatni muvofiqlashtirish bilan belgilanadi. Respublikamiz taraqqiyotini hal etishda pedagoglar zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. O’qituvchining oldiga o‘z kasbining mohir ustasi, o‘quvchilar jamoasini boshqara olish qobiliyatlarini rivojlantirish kabi qator talablar qo‘yiladi.
Shunday qilib, ta’lim ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy rivojlanishing muhim elementigagina emas, balki shaxs va jamiyat ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishining bevosita qismiga ham aylandi. Shu tufayli ham ta’lim jarayonini boshqarish natijasi muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil hisoblanadi.


1.3. «Ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi» kursining mazmuni va vazifalari. Menejerlar inson faoliyatining har qanday sohasida. shu jumladan o‘quv yurtlarida ham boshqaruv funksiyalari va metodlarini amalda ta’riflashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadilar. Ammo ta’lim sohasida menejment o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Avvalambor, shuni qayd etish lozimki, ta’lim muassasalari menejmentni joriy etishga ancha kech kirishganlar. Masalan, AQShda oliy o‘quv yurtlari menejmentini ishlab chiqish va uni amalga joriy etish vazifalari 1980-yillarning oxiridagina amalga oshirila boshlangan.
Bugungi kunda o‘quv yurtlarida menejmentni joriy etish muammosi ayniqsa dolzarb tus olganligining sababi nimada?
Bizningcha, bu o‘zaro bog‘langan bir qancha omillar bilan bog‘liq:
- birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mamlakat ta’lim tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish bilan;
- ikkinchidan, ta’lim tizimini boshqarishni demokratlashtirish jarayoni va o‘quv yurtlariga ta’lim-tarbiya va xo‘jalik masalalarini yechishda keng mustaqillik berilgani bilan;
- uchinchidan, ta’lim sohasida iqtisodiy aloqalar kengaygani va O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan sharoitda o‘quv yurtlarini boshqarishning iqtisodiy dastaklari kuchaytirilgani bilan.
Ta’lim sohasida islohot o‘quv yurtlarining bir andozadagi eski tizimini qayta tashkil etish jarayoniga olib kelgani tufayli, ta’limning differensiatsiyalashuvi yuz bermoqda. Har xil tur va shakldagi o‘quv yurtlari paydo bo‘lmoqda, har bir oliy o‘quv yurti o‘z imkoniyatlaridan mumkin qadar to‘la foydalanishga harakat qilmoqda. Ta’limda menejmentning muhim jihati unda ikki alohida va o‘zaro bog‘langan tomonlar: pedagogik va iqtisodiy tomonlarning mavjudligi.
“Ta’lim iqtisodiyoti va rahbarning moliyaviy kopetentligi” kursining maqsadi iqtisodiyot va menejmentning umumiy nazariyasi sohasida talabalarning bilim darajasini oshirish, ularda mazkur bilimlardan amalda foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Qo‘yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi:

  • ijtimoiy, iqtisodiy va boshqaruv nazariyalarining vujudga kelish va rivojlanish tarixi bilan talabalarni tanishtirish;

  • ta’lim iqtisodiyoti va menejmentining eng yangi metodlari va prinsiplari haqidagi axborotlar bilan tanishish;

  • ta’lim xizmatlari boshqaruvi, marketingi va innovatsiyalari sohasida maxsus bilimlarni o‘zlashtirish.


Yüklə 337 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin