1-mavzu. Buxgalteriya hisobi faniga kirish reja



Yüklə 48,46 Kb.
səhifə5/13
tarix20.11.2023
ölçüsü48,46 Kb.
#164473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBI FANIGA KIRISH

Germaniya maktabi
XX asrning birinchi yarmida Germaniya buxgalterlar maktabi ustunlik qila boshlagan. Ularning yorqin namoyondalaridan biri I.F.Sher bo‘lib, u buxgalteriya hisobining asosini schyotlar emas, balki balans tashkil etadi deb hisoblagan. U buxgalteriya hisobining tuzilishi va mazmunini umumiylikdan xususiylikka qarab o‘rgangan.
Italiya maktabi ham, frantsiya maktabi ham xususiylikdan umumiylikka tomon harakatlangan. I.F.Sher tomonidan yaratilgan hisob nazariyasi balans nazariyasi deb atalgan.
I.F.Sher kapital tenglamasini ishlab chiqqan:
A-M=K (Aktiv – Majburiyat = Kapital)
Ushbu tenglama Sher postulati deb ataladi. Uning mazmuni korxona kapitali uning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishini bildiradi. Bundan balans tenglamasi keltirib chiqarilgan.
A=K +M (Aktiv = Kapital + Majburiyat)
Ikkiyoqlama yozuv tizimidan asosiy hisob tengligini ko‘rib chiqishimiz mumkin:5
Aktivlar= Passivlar+ Xususiy kapital
Iogan Fridrix Sher (1846-1924) – shveytsariyalik buxgalter, buxgalteriya amallarini ikki qator sschyotlarning (aktiv va passiv) shaklan nazariyasidan kelib chiqqan holda matematik bayon qilgan. U hisob balansdan boshlanadi va undan schyotlar kelib chiqadi; sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar analitik schyotlar bo‘yicha yozuvlarga qaraganda katta ishonchga sazovor deb hisoblagan. Balansni, xususan oborot mablag‘larini tahlil qilish, «zarar ko‘rmaslik nuqtasi»ni topish, xarajatlar sig‘imini hisoblab chiqarish va boshqalar ustida ham ulkan izlanishlar olib borgan. U hisobchilikning kartochka shaklini tashviqot qilgan.
Shunday qilib, I.F.Sher nazariyasiga ko‘ra, har qanday hisobchilikning asosini balans tashkil etadi. Schyotlar balansga munosabatiga ko‘ra aktiv va passiv schyotlarga bo‘lingan. Ularning tomonlari qarama-qarshi hisoblangan: aktiv schyotning debetida – ko‘payish, kreditida kamayish, passiv schyotlarda esa aksincha. Shuningdek, germaniya maktabida G. Niklish, E. Shmalenbax, F.Gyugli va boshqalar buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Genrix Niklish (1876-1946) – nemis buxgalteri, statik balans nazariyasining asoschisi. Ushbu nazariyaga muvofiq, balans korxona ixtiyoridagi mol-mulklarning qiymati aniq hisoblab chiqariladi. Bu mol-mulklar balans tuziladigan sanada sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda taqdim etilgan bo‘lishi lozim. G.Niklish balans faqat shundagina korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettiradi deb hisoblagan. U balansning asosiy vazifasi kreditorlar manfaatini himoyalash deb faraz qilgan. Bunda u korxona foydasini nafaqat o‘z kapitalini, balki tashqaridan jalb qilingan kapitalni ham ishlatishning natijasi sifatida o‘rgangan.
Eygen Shmalenbax (1873-1955) – nemis buxgalteri, dinamik balans nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga muvofiq balans moliyaviy natijalarning aniq hisoblab chiqarilishini va kapitalning harakatini takror ishlab chiqarishning turli bosqichlarida aks ettiradi. Shmalenbax korxonada sarf qilingan, mablag‘larning doiraviy aylanish bosqichlarini ko‘rsatadigan, detsimal davr bo‘yicha tuzilgan yagona schyotlar rejasini yaratgan. U xarajatlar va daromadlar o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘ygan, grafik va sxemalarni ishlab chiqqan va keng qo‘llagan. Ushbu grafik va sxemalardagi har xil figuralar schyotlarning u yoki bu guruhlarini, chiziqlar esa ular o‘rtasidagi bog‘lanish (korrespondentsiya)larni ifodalaydi deb hisoblagan.
Fridrix Gyugli (1833-1902) – shveytsariyalik buxgalter, kameral buxgalteriyani eng to‘liq bayon qilgan va uni buxgalteriya hisobi digrafik patrimonal tizimining an’anaviy qoidalari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Uyg‘unlashtirishning mohiyati pul mablag‘larini hisobga olish tizimiga, ularning tayinlanish (rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar) va bajarilishi (haqiqiy daromadlar va xarajatlar)ni bir-biridan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat muomalalarini kiritishdan iborat. Ushbu yondashuv konstant buxgalteriya nomini olgan. Gyugli birinchilardan bo‘lib hisobchilik shakllarini tahlil qilgan.
Shunday qilib, Germaniya maktabida balansshunoslik yo‘nalishi vujudga kelgan, iqtisodiy tahlil rivojlangan, tannarx hisoblash bo‘yicha qoidalar shakllangan va buxgalteriya hisobining markazlashgan va markazlashmagan turlari vujudga kelgan.

Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin