1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə47/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

5.1-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Hisob siyosatini shakllantirishning birinchi bosqichida uning predmeti aniqlanadi. Chunki har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘zining buxgalteriya hisobi obektlari to‘plamiga ega. Ikkinchi bosqichda hisob obektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi. Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda aniqlangan, yo‘l quyilgan qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi.To‘rtinchi bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning muqobil usullaridan maqbulini tanlashdan iborat. Beshinchi bosqichda muayyan korxona uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi, oltinchi bosqichda tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.

korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami);



  • tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani kengaytirish, qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish, raqobatbardoshlikni mustahkamlash va b.);

  • faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi, ishlatiladigan resurslar), tijorat (ta’minot va sotigshni tashkil etish, hisob kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq inspeksiyasi bilan o‘zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzilmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi, ularga hisobot taqdim etish tartibi);

  • kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;

  • xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi, buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligining ahvoli.

Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning muayyan xo‘jalik vaziyatiga mos kelishini ta'minlaydigan, ma'lum tamoyillardan kelib chiqish zarur (4.2-rasm).
To‘liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari korxonadagi barcha xo‘jalik faoliyati faqtlarini aks ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish vap hisobda aks ettirish yo‘li bilan ta'minlanadi.
O‘z vaqtidalik moyili xo‘jalik faoliyati faktlarini sodir bo‘lgan paytda aks ettirish lozimligini bildiradi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo‘llaniladigan usullar buxgalteriya hisobida daromadlar va aktivlarni aks ettirishga qaraganda, yo‘qotishlar va passivlarni aks ettirish imkoniyatini ko‘proq ta'minlashi lozim. Bu hisobga faqat olingan daromadlar qabul qilinishini, ayni paytda barcha kutilayotgan majburiyatlar va potensial zararlar hisobga olinishi lozimligini bildiradi.
Mazmunning shakldan ustuvorligi. Buxgalteriya hisobining tanlangan usullari sodir bo‘lgan xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.



Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin