1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Hisob siyosatini o‘zgartirish



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə49/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

4.3. Hisob siyosatini o‘zgartirish
Hisob siyosati, qoidaga ko‘ra, hisobot davri davomida o‘zgartirilmasligi lozim.
Hisob siyosatini o‘zgartirishga quyidagi shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi:

  • O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi davlat organi me’yoriy hujjatlarining o‘zgarishi;

  • korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida buxgalteriya hisobini yuritishning yangi usullari ishlab chiqilishi;

  • korxona faoliyatining jiddiy o‘zgarishi.

Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo‘llash to‘g‘risida moliyaviy ahvolni, pul oqimlarini yoki moliyaviy natijalarni ishonchli baholash mumkin bo‘lmagan, buxgalteriya hisobini yuritish usullari muhim deb e'tirof etiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag‘larining xarakati yoki faoliyatining natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsata oladigan hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlaripul ifodasida baholanadi. Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini pul ifodasida baholash buxgalteriya hisobining o‘zgartirilgan usuli qo‘llanila boshlagan sanaga, korxona tomonidan chiqarilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini aks ettirish hisobot davri uchun tegishli ma’lumotlarni hisobot davridan oldingi davrdagi moliyaviy hisobotga kiritishdan iborat. Ko‘rsatilgan tuzatishlar faqat moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech qanday buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi.
Hisob siyosatini o‘zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nisbatan pulda ifodalash unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda buxgalteriya hisobini yuritishni o‘zgartirilgan usuli faqat bunday usul kiritilgan xo‘jalik faoliyati faktlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta'minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirishlar yilning 1-yanvaridan ya'ni moliya yilining boshidan kiritilishi lozim.
Hisobot yilidan keyingi yil uchun hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar moliyaviy hisobotni tushuntirish xatida izoh beriladi. Korxona faoliyatida birinchi marta vujudga kelgan yoki oldin mavjud bo‘lgan faktlardan mohiyatan farq qiladigan xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobida yuritish usulini tasdiqlash hisob siyosatining o‘zgartirishi hisoblanmaydi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin