4.6. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh buxgaltyer boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan (5.6-rasm).
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita bosh buxgaltyerga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi.
4.6-rasm. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi
Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining funksional belgisi bo‘yicha tashkil etilganida bo‘limlar (guruhlar) tuziladi. Masalan, mehnat haqi hisoblash bo‘limi; moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi kabilar bo‘lib, ularga katta buxgaltyer boshchilik qiladi.
Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etilganida har bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik va ishlab chiqarishlar va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu holda, bunday buxgalteriyaga katta buxgaltyerlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida hisobni tashkil etish bilan mustaqil shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli juda katta korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi.
4.7-rasm. “Mehnat” agrofirmasi buxgalteriyasining funksional belgi bo‘yicha tuzilishi
Buxgalteriya apparatining ishi korxonaning barcha bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq. Buxgalteriya xodimlari ulardan hisobni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan u yoki bu ma’lumotlarni oladilar (5.8-rasm).
Dostları ilə paylaş: |