0130-“Mashina v uskunalar» schoti
D-t K-t
|
|
1010-“Xom-ashyo va Materialar»
D-t K-t
|
01.12.2011 ga qoldiq -310000
|
|
01.12.2011 ga qoldiq– 90000
|
|
1a) 80000
|
Oborot–
|
Oborot–
|
Oborot80000
|
Oborot–
|
01.01.2012 ga qoldiq 31000
|
|
01.01.2012 ga qoldiq 170000
|
|
2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti 1
D-t K-t
|
|
5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari»
D-t schoti K-t
|
01.12.2011 ga qoldiq -100000
|
|
|
01.12.2011 ga qoldiq 6000
4) 5000
|
|
Oborot –
|
Oborot –
|
|
Oborot5000
|
Oborot –
|
01.01.2006 ga qoldiq -100000
|
|
|
01.01.2012 ga qoldiq–11000
|
|
5110-“Hisob-kitob schoti»
D-t K-t
|
|
2010-“Asosiy ishlab chiqarish» schoti
D-t K-t
|
01.12.2011ga qoldiq175000
|
4) 5000
5) 80000
|
|
01.12.2011 ga qoldiq –
|
|
|
|
2) 47000
3) 15510
|
Oborot –
|
Oborot – 85000
|
|
Oborot62510
|
Oborot–
|
01.01.2012 ga qoldiq –90000
|
|
|
01.01.2012 ga qoldiq62510
|
|
8300-“Ustav kapitali” schoti
D-t K-t
|
|
01.12.2011 ga qoldiq46000
|
|
Oborot –
|
Oborot –
|
|
01.01.2012 ga qoldiq 46000
|
6010-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»
D-t K-t
|
|
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schoti
D-t K-t
|
5) 80000
|
01.12.2011 ga qoldiq 75000
|
|
|
01.12.2011 ga qoldiq 94000
|
1) 80000
|
2) 47000
|
Oborot – 80000
|
Oborot 80000
|
|
Oborot –
|
Oborot 47000
|
|
01.01.2012 ga qoldiq
75000
|
|
|
01.01.2012 ga qoldiq 141000
|
6520-“Davlatning maqsadli fondlariga
to‘lovlar” schoti
D-t K-t
|
|
6410- “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schoti
D-t K-t
|
|
|
01.12.2011 ga qoldiq
40000
|
|
|
01.12.2011 ga qoldiq 12000
|
|
3) 15510
|
|
|
|
|
Oborot –
|
Oborot15510
|
|
Oborot –
|
Oborot –
|
|
|
01.01.2012 ga qoldiq
55510
|
|
|
01.01.2012 ga qoldiq 12000
|
|
Hisoblab chiqarilgan yakuniy qoldiqlarga asosan «Sharq» fermer xo‘jaligining 2012 yil 1 yanvar holatiga balansini tuzamiz.
«Sharq» fermer xo‘jaligining 2012 yil 1 yanvar holatiga balansi
Aktiv
|
Satr kodi
|
Hisobot davri
oxiriga
|
Passiv
|
Satr kodi
|
Hisobot davri
oxiriga
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Asosiy vositalar (mashina va uskunalar)
|
012
|
310
|
Ustav kapitali
|
410
|
460
|
Tovar-moddiy zaxiralar
|
140
|
333
|
Kreditor qarzdorlik
|
601
|
284
|
Shu jumladan:
|
|
|
Shu jumladan
|
|
|
Xom-ashyo, Materiallar va boshqa shunga o‘xshash qiymatliklar
|
150
|
170
|
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzdorlik
|
610
|
75
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari
|
160
|
63
|
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik
|
680
|
12
|
Tayyor mahsulot
|
170
|
100
|
Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlari bo‘yicha qarzdorilk
|
700
|
56
|
Kassadagi pul mablag‘lari
|
330
|
11
|
Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari
|
340
|
90
|
Mehnat haqi bo‘yicha qarzdorlik
|
720
|
141
|
Balans
|
400
|
744
|
Balans
|
780
|
744
|
Rahbar_________________ Bosh buxgaltyer
3.7. Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi
Buxgalteriya hisobida schotlar yordamida korxonalar mablag‘larining holati, shu mablag‘lar manbalari, shuningdek, mablag‘larning xo‘jalik jarayonlaridagi harakatlari tezkor ravishda umumlashtirilib hisobga olib boriladi. Masalan, «Xom-ashyo va Materiallar» schotida xo‘jalikdagi jami xom-ashyo va Materiallarning harakati, «Asosiy ishlab chiqarish» schotida hamma turdagi xarajatlar va mahsulotlarning harakati, shuningdek, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida barcha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan olib boriladigan hisoblashuvlar va hokazolar umumlashtirilib aks ettiriladi. Lekin korxonalar mablag‘larni but holida saqlashni ta'minlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish uchun, ularning har bir turi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ham bo‘lishi zarur. Chunki «Asosiy ishlab chiqarish» schotida umuman qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga ma'lum vaqtga xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, urug‘lik, amortizatsiya va hokazolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha (paxta, don, sut, tuxum va hokazolar) xarajatlar summasi va turlari bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida korxonaning ma'lum bir davrga mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz summasi ko‘rinib turishi bilan birga har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan hisoblashuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Sintetik schyotlar deb xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlarga aytiladi.
Analitik5 schotlar deb xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul, natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Shunga ko‘ra buxgalteriya hisobida ikki xil, ya'ni sintetik va analitik schotlar qo‘llaniladi.
Analitik schotlar va ularga tegishli sintetik schotlar orasida doimo o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Chunki sintetik schotlarga yozilgan barcha qoldiq va xo‘jalik muomalalari shu sintetik schotlarga tegishli analitik schotlarga ham yoziladi.
«Xom-ashyo va Materiallar», «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar», «Boshqa debitorlar» va «Boshqa majburiyatlar» schotlarining analitik schotlari bo‘yicha 2012 yil 1 iyulga quyidagi qoldiqlar bo‘lgan:
a) «Xom-ashyo va Materiallar» schotida: - 2 820 000 so‘m, shundan:
Ammiak selitrasi – 34 tonna 1 020 000 so‘m.
Supyerfosfat – 50 tonna 1 800 000 so‘m.
b) «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida -6 600 000 so‘m, shundan:
Amudaryo «Agrokimyota’minot» OAJ – 4 800 000 so‘m
«Qipchoq MTP» OAJ – 1 800 000 so‘m.
B) «Boshqa debitorlar qarzlari» - 3 400 000 so‘m, shu jumladan:
Amudaryo «Matlubotsavdo» OAJ – 1 400 000 so‘m,
«Qipchoq don» OAJ – 2 000 000 so‘m.
g) «Boshqa majburiyatlar» schoti – 140 000 so‘m, shundan:
- Yusupova D.U. – 60 000 so‘m;
- Muratbaeva E.Q. – 80 000 so‘m.
Bu schotlar bo‘yicha iyul oyida quyidagi xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan:
3.8. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
Korxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish hisob yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib turish uchun joriy hisob ma’lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib turiladi. Amalda bunday joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish har oyda oborot qaydnomalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oborot qaydnomalari sintetik schotlar bo‘yicha ham, analitik schotlar bo‘yicha ham tuziladi.
Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun oborot qaydnomasi quyidagicha tuziladi. Bu oborot qaydnomasi sintetik schotlardan boshlang‘ich qoldiqlar, jamlangan oylik oborotlar va oxirgi qoldiqlarni bevosita ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bilan tuziladi
Nаzоrаt sаvоllаri
Buxgalteriya balansining mohiyati mohiyati?
Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati.
Buxgalteriya yozuvini tushuntirib bering.
Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini tushuntirib bering
4-mavzu. BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH VA HISOB SIYOSATI
REJA
4.1. Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti
4.2. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish bosqichlari va tamoyillari.
4.3. Buxgalteriya hisobini tashkil etishga quyiladigan talablar
4.4. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi
Tayanch iboralar
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi, hisob siyosati, hisob siyosatining texnik ta’minoti, ehtiyotkorlik, oqilonalik, muvofiqlik, to’liqlik, o’z vaqtidalik, buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi.
4.1. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish bosqichlari va tamoyillari
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga quyish usullarining tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va Kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schotlar va ikkiyoqlama yozuB) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, Kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash yerkinligini bildiradi.
Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada ob’ektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta'minlashi lozim:
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili);
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili);
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezyervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili);
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili).
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obekt uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi mumkin. Har ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab – buxgalteriya hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi: tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilganlari ham qo‘llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar boshqachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul – tovarlarni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish me’yoriga qarab aniqlanadi.
Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat (5.1 rasm).
Dostları ilə paylaş: |