1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə52/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

4.5-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh buxgaltyer tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta'minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHM dan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (xafta, oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta'minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin