1-mavzu: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Ekologiyaning predmeti, maqsadi va vazifasi. Autekologiya va sinekologiya



Yüklə 29,24 Kb.
səhifə3/5
tarix11.07.2023
ölçüsü29,24 Kb.
#136359
1   2   3   4   5
1- ma\'ruza

Ekologiyaning predmeti, maqsadi va vazifasi. Autekologiya va sinekologiya.
Ekologiya yunoncha "oikos" (eykos) – yashash joyi, makon va «logos» – fan, soʻzidan olingan boʻlib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muhit bilan oʻzaro munosabatini oʻrganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining oʻsimlik va hayvonlar organizmiga taʼsirini, organizm va populyatsiyaning muhit omillariga koʻrsatadigan reaksiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlarni (jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosistemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani oʻrganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson taʼsiriga qanday javob beradi, bu­larning bar­chasi ekologiyaning predmetidir.
Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha in­jiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat inʼomla­ri­dan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni koʻzlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki koʻpincha salbiy taʼsir koʻrsatishi mum­kin.
Kishilar oʻzlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu­ni atrof-muhitning oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qandaydir sal­biy taʼsiri boʻladi, natijada tabiat kambagʻallashib boradi. Inson qu­rilish materiallari sifatida tabiiy oʻrmonlarni keragidan or­tiqcha ke­sadi, demak oʻsimlik dunyosi qisqarib, u oʻz navbatida atmo­sfera havosini mu­saffo boʻlishiga raxna tugʻdiradi, tuproq eroziyaga uch­raydi, yer osti suvlari kamaya boradi, koʻchkilar paydo boʻlib, sel nati­jasida jarliklar hosil boʻlishi mumkin. Bu lavha inson­ning tabiatga koʻrsatgan taʼsiri­dan bir parcha xolos. Tabiatga nisba­tan koʻr-koʻrona yondashish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida ogʻir asorat qoldirishi mumkin.
Bizni oʻrab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir boʻlagiga yetkazilgan ozor boshqa boʻlaklariga ham salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Ta­biatga taʼsir etishda baʼzi jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin ekanli­gini Orol fojiasi misolida yaqqol koʻrsatish mumkin.
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera oʻrtasidagi oʻzaro mu­no­sabat masalalarini jadal oʻrganmoqda.
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati taʼsi­rida tabiat oʻzgarishlarini oldindan koʻra bilish, tabiatda kechayotgan jara­yon­larni boshqarish yoʻllarini oʻrganish, zararkunandalarga qarshi ku­rash­ning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonala­rida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.
Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli boʻladi. Umumiy ekolo­giya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosi­stemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsi­plarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan oʻzaro munosabatini, turlarning muhitga koʻproq va uzviy moslashganligini oʻrganadi. Xususiy ekologiya – oʻsimlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.
Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining taʼsiri natijasida ekologiya tushunchasi oʻta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan tushuncha paydo boʻldi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil Amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga koʻrsatayotgan taʼsirini oʻrgatadi. Insonning tabiatga koʻrsatayotgan taʼsir doirasi beqiyosdir, chunki hozirgi kunda insonning tabiatga nisbatan oʻtkazayotgan salbiy taʼsirlari natijasida unumdor yerlar eroziyaga uchrab unumsiz yerlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli yoʻqolib bormoqda, inson qoʻli tegmagan oʻrmonlar ham juda kam qolgan. Yer yuzi quruqligidagi oʻrmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan.
Agar yashil oʻsimliklar maydoni kengaytirilmasa, gidroenergiya va atom energiyasidan keng foydalanishga oʻtilmasa, yana 100 yildan soʻng atmosferada kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori koʻpayib kishi organizmining yashashi uchun xavf tugʻdiradi.
Qurgʻoqchil mintaqalarda kishilarning xoʻjalikdan notoʻgʻri foydalanishi natijasida qayta choʻllanish hodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir Yer kurrasi boʻyicha choʻllashgan maydonlar 30 mln km2 ga yetgan boʻlib, bu sayyoramiz quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga taʼsir etish yoʻllari va shakllari koʻpayib, ular tabiatda boʻladigan miqdor oʻzgarishgagina emas, balki sifat oʻzgarishlarga ham olib keladi.
Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bogʻlanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofazasi” fanining prinsiplari.
Ekologiyada uning predmetlarini obektini oʻrganishning quyidagi 5 ta prinsipi ishlatiladi:

Yüklə 29,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin