Ekonometrik model – bu ehtimollik - stoxastik model. Bu model yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini matematik ko‘rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko‘rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko‘rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi:
Ekonometrik modelda – asosiy endogen ko‘rsatkich, modelda o‘zgarish qonuniyatlarini yordamida o‘rganish mumkin.
– ta’sir etuvchi, ekzogen ko‘rsatkichlar.
Ekonometrik modelda fiktiv ko‘rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko‘rsatkichlar – bu sifatli ko‘rsatkichlar miqdoriy ko‘rsatkichlarga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlar.
Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko‘rinishda tuzilishi mumkin:
Chiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funktsiya, ko‘rsatkichli funktsiya, trigonometrik funktsiya va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga; ma’lumotlarning aniqlik darajasiga; tadqiqotchining malakasiga; modellashtirish jarayoniga; echiladigan masalaning xarakteriga bog‘liq.
4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Ekonometrik modellashtirish bosqichlari: Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo‘yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to‘planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
Mustaqil o‘rganish uchun savollar Ekonometrika faning maqsadi nimalardan iborat?