1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Metodikaning ishonchliligi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə23/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
6594 Majmua

Metodikaning ishonchliligi — m etodika yordam ida barqaror, qat’iy k o ‘rsatkichlami olish im koniyatlari bilan tavsiflanadi. Psixologik test natijalarini nazorat qilish m urakkab om illarga bog‘liq va bu quyidagilardir:
-asbob-uskunalarning o ‘Ichov sifati;
-psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi;
-sinaluvchining ko'rsaimalarni to‘g ‘ri tushunishi;
-sinaluvchining xulqi, xatti-harakati;
-sinaluvchining dolzarb psixologik holati.
Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o'zgarishi o ‘lchovning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu om illarning doimiyligini saqlab turishning imkoni y o ‘q, shuning uchun ham psixodiagnost m etodikaning yuqori darajada ishonchliligiga am in bo‘lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri m etodikaning o 'zin in g ishonchliligidir, chunki qolgan om illarning oJingan natijalar doim iyligiga ta'siri ancha kamdir. Psixodiagnostik m etodikalarning ishonchüligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish m umkin: U shbu m etodika yordamida har xil odam larda olingan natijalarni taqqoslash. A ynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash. M etodikaning aniqligi - psixodiagnostik tadqiqot paytida birorbir xususiyatni baholashda ozgina o;zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o ’lchov asbob uskunalarining aniqligi bilan izohlash mumkin. M asalan: santimetrga b o lin g a n metrdan kokra miJlimetrga bo‘lingan c h izg 'ich bilan aniqroq o ‘lchash mumkin. Psixodiagnostik m etodika qanchalik aniq bo‘lsa, o ‘lchovning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Ammo amaliy psixodiagnostikada ham m a vaqt ham o'lchovning aniqligi, baholashning yuqori darajasi talab qilinmaydi. M asalan, butun tadqiqotda tanlama sinaluvchilarni ikkiga bo'lish kerak bo‘lsa, u holda qoMlanilayotgan m etodika aynan shunga mos holda bo*linishi kerak, undan ko'pga ham, kamga ham em as. A gar sinaluvchilar beshta guruhga bo‘linishi shart bo‘lsa, u holda beshta o’lchov shkalasi bor metodikani qo‘llash maqsadga m uvofiq bo’ladi va ular beshta punktdan iborat boMishi kerak, m asalan «ha», «yo'qdan k o ‘ra ha», «yo ha, yo yo‘q», «yo‘q hadan ko‘ra». «yo'q» shaklida. M etodikanig bir sifatliligi ushbu metodika yordam ida olingan natijalar qay darajada, aynan b ir xususiyatga
taalluqli o'zgarishni oMchashi bilan tavsiflanadi. A gar o ‘rganilayotgan xususiyatlardan olingan ko'rsatkichlar, ushbu metodika bilan bog‘liq bo'lm agan boshqa bir xususiyat ko'rsatkichlarini namoyon qilsa, u holda ushbu m etodika bir sifatlilik mezoniga mos bo'lm aydi. Masalan, tadqiqotchini shaxsning xulq motivlarini baholash qiziqtirsa, u sinaluvchining xulq m otivlariga taalluqli to‘g‘ridan-to‘g ‘ri savollar berishi mumkin, u holda olingan javoblat bir xillik mezoniga mos tushishi kamdan-kam hollarda ro’y berishi mumkin. chunki sinaluvchi o’z xulq motivlarini anglagan holda eksperimentatorga xulq m otivlarining ijobiy tom onlarini ko'rsatishga harakat qiladi. o‘quvchi, talabaning faqat bilimlami o‘zlashtirishini baholash ham bir sifatlilik mezonini to 'liq qanoatlantira olm aydi, chunki bilimni o'zlashtirishga ham isha ham ob'ektiv baho q o ’yilmaydi, bunda o'quvchining bilim laridan tashqari, uning o ’qituvchi bilan m unosabati va o ‘quvchining xulqi ko'rinishi ham nam oyon bo‘ladi. Psixodiagnostikada biror-bir metodikani q o ‘llashdan oldin
tadqiqotchi ushbu metodikani validligi, ishonchliligi, aniqligi va bir sifatlilik talablariga javob bera olishiga to*liq ishonch hosil qilishi shart. Aytib o'tilgan m ezonlardan asosiylari: validlik va ishonchlilikdir, agar o ich o v uskunalari bu ikkala m ezonga mos kelm asa, u holda psixodiagnostikada bu vositalarni qo‘llash umuman m umkin emas.

Mabodo m etodikaning aniqligi va bir sifatliligi to'liq bo‘lmasa ham uni aniq shartlar asosida qo‘llash m um kin. Ammo quyidagilam i unutmaslik zarur:


-noaniq metodika, o‘tkazilayotgan eksperiment natijalari birorbir xususiyatdagi kichik O’ zgarishlam i aniqlash im konini bermaydi; metodika bir sifatliligining to 'liq emasligi, ham isha ham aynan baholanayotgan xususiyatdagi o'zgarishlar darajasi bilan olingan k o ‘rsatkichlarni taqqoslash im konini bermaydi. Psixodiagnostik natijalarga qollanilgan m etodikadan tashqari voqea hamda hodisalar ham ta'sir qiladi, ya'ni berilgan ko'rsatm alarni sinaluvchining to'g*ri tushunm asligi va test vaqtida sinovchining xulqi va shaxs xususiyatlari o‘z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. A gar voqelikni sinaluvchi imtihon sifatida qabul qilsa, o‘zini shu voqelikka mos tarzda tutadi. Yuqori xavotirli odarnni ham isha va ham m a payt yuqori «xavotirlik» holati qamrab oladi, har qanday hodisani xavf sifatida qabul qiladi. Kichik darajali xavotirli odam buning aksidir, ya'ni o'zini erkin tutadi. Sinaluvchilam ing xulqi, xatti-harakati va ularning ko‘rsatgan natijalari k o ‘rsatmalarni qanday tushunishi bilan bogiiqdir. Shuning uchun ham psixologik tashxisda k o 4rsatmalarning aniq tuzilishi va
ularning tez anglab olinishiga qat'iy talablar qo‘yiladi: k o 'rsatm a sodda va tushunarli boiishi; bir xil m a'nodagi so‘z va talaffuzlam i o‘ziga qamrab oimasligi; k o ‘rsatm aning iloji boricha yozma shaklda b o iish i (ko‘rsatma berayotgan shaxs, ko‘rsatmani har xil paralingvistik tarkibiy qismlar orqali ifodalashi mumkin: m im ika, talaffuz, temp, pauza va xattiharakatlar). B a'zan tadqiqot natijalariga sinovchining xulqi va xatti-harakati ham ta’sir qilishi mumkin. M asalan, eksperimentator haqida sinaluvchining fikri ijobiy b o isa , uning xatti-harakatida, munosabatida imkoni boricha sinovchiga yaxshi natija berishga harakat qiladi. Buning aksi bo‘lsa5 eksperim entatorga nisbatan sinaluvchida antipatiya b o ‘ladi.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar:
1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni`z ichiga oladi.
Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta`sir etuvchi
barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda
ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob
berishi zarur.
3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning
talablariga mos bo`lishi kerak.
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish
lozim.
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga
kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi.
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska,
lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi
zarur.
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri natijalarni
sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani necha marta bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.
Psixologik tadqiqotlarni to`g`ri tashkil etish uchun psixolog qanday bilim,
ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi kerak? Amaliy psixolog qanday
tadqiqotlarni tashkil etishi mumkin?

Har qanday metoddan foydalanish jarayonida quyidagi metodologik
tamoyillarga rioya qilish zarur:
• metod fanning predmetiga mos kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini aks
ettirishi kerak;
• psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart.
• genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak.
• individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan foydalanish
zarur.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin